Bodring tuzlamasi.  ( 22852 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  07 Oktyabr 2012, 18:17:18

 :asl3:



Bu ta'rif Johida opaga oid. Nasib bo'lsa shu ta'rif bo'yicha men ham tuzlama qilmoqchiman.



Masalliqlar: (1 kg-lik banka uchun)

600 gr tuzlamalik bodring, bu yerlarda tuzlash uchun alohida bodring bo'ladi.
1 stakan (200 ml) sirka
2 qoshiq to'la to'la tuz
1 ovqat qoshig'i shakar
2-3 bo'lak sarimsoq
Olganichalik suv

Tayyorlanishi:


Bodringlarni yaxshilab yuving. Sop qismini unchalik chuqur qilmasdan kesing. Bankaga bodringlarni joylashtiring. Oralariga tozalangan va ikkiga bo'lingan sarimsoqlarni joylang.
Alohida idishda sirka, tuz, shakarni aralashtirib, bodringlarni ustidan quying.
Bankaning qolgan qismiga qaynagan suv quyib, to'ldiring. Qopqog'ini yoping va teskari o'giring. 1 soat teskari tursin, keyin to'g'rilang. Quyosh tushmaydigan joyda 1 hafta tursin. Agar havo issiq bo'lsa, bankani ochgandan keyin muzlatgichda saqlang.


Qayd etilgan


Ansora  07 Oktyabr 2012, 18:17:34



Men Johida opadan farqli o'laroq- ukrop, biroz no'xat (bijg'ishini tezlashtirsin, diya) soldim.
Kecha 2 soat otganlardan keyin qarasam bodringlar sarg'aya boshlagandi.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  07 Oktyabr 2012, 20:51:15

суратдаги банка резбали қопқоқ скан унда қанча сақлайсиз?
лимон хам солибсизми? у нима қилиб беради, ё хушбсй учун холосми?

Qayd etilgan


Saliha  07 Oktyabr 2012, 22:48:49



Men Johida opadan farqli o'laroq- ukrop, biroz no'xat (bijg'ishini tezlashtirsin, diya) soldim.
Kecha 2 soat otganlardan keyin qarasam bodringlar sarg'aya boshlagandi.

bodringni ko'rinishi yahshiyu lekin 1 litr suvga 1 stakan uksus judayam ko'plik qiladiyu  :10  shuncnunam bodrinlariz 2 soat ichida sargayib ketgandurda ..man tuzlamaga 3 litrga 1 osh qoshu uksus solaman..bodringi, karamlari kitir kitir bo'b turadi..

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2012, 01:11:07

суратдаги банка резбали қопқоқ скан унда қанча сақлайсиз?
лимон хам солибсизми? у нима қилиб беради, ё хушбсй учун холосми?

Turkiyada bankalarni bizdagiday yopishmaydi, bu tur yangi qopqoqlar sotiladi, ingichka tabaqa naylon boladi, biroz issiq suvga solib (albatta changini yuvib) issiq suyuqlik tola idishlarga bemalol yopaverasiz. Bularni yopgandan keyin 1 soat, kopi bilan 24 soat teskari tursa yetadi, korpa-yostiq qilish shartmas:)

Qopqoqni ochish oson, buraysiz, juda ochilmasa pichoq bilan havo otkazib olasiz.

Limon- ham xushboy hid, ham chiroyli korinish, hamda ichida kislota bolgani uchun tuzlama ichidagi reaksiyani tezlashtirish uchun muhim. Lekin maromida solish kerak, men 8 kg-lik bankaga 1 dona limonni parrak qilib soldim.

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2012, 01:12:44

 :asl3:

Saliha, Turkiyada tuzlama- turshu- degani sirka, degani:) bugun qaynotamdan soragandim, u kishi 10 kg-ga 1 litr! sirka solaman, dedilar:)

Tezda sargayganini sababi- issiq suvga solganligim bodringlarni.
Men 6 litr suvga 2 stakan- 400 ml soldim sirka.

Qayd etilgan


sharifa  08 Oktyabr 2012, 15:58:39

     
      :asl3:

Masalan sirkani ham har-hil turlari bor, siz nechchi foizligini ishlatasiz.

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2012, 16:31:54

     
      :asl3:

Masalan sirkani ham har-hil turlari bor, siz nechchi foizligini ishlatasiz.

Valaykum assalom. Sharifaxon, men 4-5 darajaligidan ishlataman. Va tuzlamada faqat uzum sirkasi ishlatilarkan bu yerlarda.

Qayd etilgan