Islom Ensiklopediyasi  ( 566578 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:07:30

HOSHIMIYLAR, banu hoshim - 1) Muhammad (sav) bobo kalonlari Hoshim ibn Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub bo‘lgan urug‘-xonadon. H. Muhammad (sav) hayotlarida, ul zot vafotidan so‘ng esa arab-musulmon tarixida muhim rol o‘ynagan (q. Ahli bayt, sharif, sayyid, al-Alaviya, xo‘ja). 2) H. bir qancha musulmon hukmdorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-a.dan 1924 y.gacha Makka shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakshshari (al-Havoshim-Hoshimiylar) 20-a. boshida Hijozda (1908-1925) va Irokda (1921-1958) davlatni idora etishgan, 1921 y.dan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida, H.ning boshqa bir tarmog‘i esa Marokash Qirolligida (10-a.dan) hokimiyatni boshqarib kelmokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:07:50

HUBAL - qad. arab ma’budi, kinona qabilalar uyushmasi va ularning o‘troq tarmog‘i -Qurayshiylar va Makka sh. homiysi. Rivoyatlarga ko‘ra H. kinoniylarga Shim. Arabiston (Nabateya)dan o‘tgan. Makkada uning sanamlari beshakl tosh hamda serdolik haykalcha ko‘rinishida mavjud bo‘lib, sindirilgan o‘ng qo‘li oltin qo‘l b-n almashtirilgan. Bu sanam Ka’bani ichida joylashib, uning bosh ma’budi bo‘lgan. H. uchta ma’buda - al-Lot, al-Uzza va Manatning eri, momoqaldiroq va yomg‘ir hukmdori hisoblangan. Uning haykali yonida kamon o‘qlari yordamida fol ochishgan. Makkalik mushriklarning musulmonlar jamoasi b-n kurashi davrida H. Allohga qarshi qo‘yilgan, biroq bu haqda Qur’onda zikr etilmagan. Makka fathidan so‘ng H. sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:08:02

HUD (as) - Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Kur’onga ko‘ra, u Od qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilardan iborat bo‘lib, Yaman va Ummon o‘rtasidagi Ahqof degan joyda yashagan, butlarga sig‘ingan, yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgan H.ni tahqirlab, yolg‘onchi va akli zaif deb atagan. H. (as) o‘z qavmini agarda yolg‘iz Allohga ibodat qilmasalar avvalda o‘tgan sarkash qavmlarga bo‘lgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil bo‘lishidan ogoxdantiradi. Ammo Od qavmi bari bir o‘z zalolatida davom etaverdilar va H. (as)ga itoat etmadilar. Shu kundan so‘ng Alloh 3 yil yomg‘ir yog‘dirmay, qurg‘oqchilikka gariftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. O’z qavmining imon keltirishidan umidini uzgan H. (as) o‘ziga imon keltirgan mo‘minlar b-n Makkaga ketib o‘sha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli bo‘ron yuborib, hammalarini halok qildi ("Al-haaqqa" surasi 6-7-oyatlar).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:08:46

HUJVIRIY, Abu-l-Hasan Ali ibn Usmon al-Raznaviy al-Jullabiy (? - 1072-1076/77 y.lar oralig‘i) - fors tilida sufiylikka doir birinchi asar muallifi. Unda sufiylik tarixi va mohiyati, sufiylar dunyoqarashi va amaliyoti sistematik tarzda bayon etilgan. Hujvir (G’aznadagi mahalla)da taqvodor oilada tug‘ilgan. Hanafiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi sunniy H.. al-Junayd (910 y. v.e.) sufiylik maktabining izchil tarafdori bo‘lgan. Hayotining ko‘p qismini safarda o‘tkazib, Farg‘onadan Huzistongacha, Hindistondan Suriyagacha bo‘lgan mamlakatlarni kezgan. Hayotining so‘nggi damlari Lohurda kechgan, bu yerda u bizgacha.etib kelgan yagona (10 tadan) asari - "Kashf al-mahjub li-abror al-qulub"ni yozgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi - kirish qismi 14 bobdan tashkil topib, unda sufiylikdagi ixtiyoriy qashshoqlik va ruhiy poklik masalalari tahlil etilgan, 74 sufiy-shayxlar tarjimai holi keltirilgan, 2 asosiy oqim (g‘arbiy va sharqiy) borligi qayd etilgan, shuningdek, sufiylikdagi 12 "maktab" yoki mazhab ta’limotlari taxdil qilinib, shundan "10 tasi ma’qul topilib, 2 tasi esa, rad etilgan". Ikkinchi qism, asosan, javoblardan iborat bo‘lib, "Kashf al-hijob" deb nomlangan 11 qismdan iborat. Unda falsafiy qoidalar, sufiylikdagi ta’limotlar va amaliyot, ularni shariat normalariga mos kelishi, sufiylar orasida qabul qilingan texnik terminlar va b. ko‘rilgan. Asar keyingi davrda sufiylikka doir fors tilida yozilgan adabiyotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:09:00

HUJJA (ko‘pligi hujaj, "dalil", "isbot", "dalil keltirish") - kalom, falsafa, lochika (sinonimlari dalil, burhon) va fiqhda (sinonimlari bayyina, shahoda, iqror) keng ishlatiladigan istiloh. Qur’onda bir necha bor faqat Allohgana ishonchli dalillarga ega ekanligi uqtirilgan (6:83, 149/150), insonlarni Allohga qarshi vajlari Uning nigohlari oldida hech qanday ahamiyatga ega emas (42:15/14; 45:25/24). Hujjat al-islom ("Islomning isboti") iborasi yuqori martabali ilohiyotchilarning faxriy unvoniga aylangan. Bu unvonga dastlab al-G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Hoz. shialik olamida (avvalambor Eron, Irokda) H. al-i. unvoni oyat Alloh al-uzmo ("Allohning eng buyuk ishorasi") va marja’ at-taqlid ("Taqlid qilish manbasi") unvonlari qatorida eng baland martabali mujtahid - oyatulloxdarga beriladi (yana q. Hujjat al-islom).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:09:18

HUJJAT al-ISLOM (arab. - islom hujjati, islomning isboti mazmunida) - o‘rta asrlarda ba’zi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qo‘llanilmay ketgan, lekin shialik ulamolari o‘rtasida rasmiy unvon sifatida ba’zi mamlakatlarda (Eron, Iroq) saqlanib kelmoqda. H. al-i. unvoni Oyatulloh unvonidan quyi mavqeda turadi. Bu unvonga ilk bor imom G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Safaviylar davrida Eronda H. al-i. unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. H. al-i. sohiblari odatda shialarning muqaddas shaharlari (Karbalo, Najaf va b.)da yashagan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:09:36

HULMONIYLAR, al-Hulmoniya - Abu Hulmon al-Forisiy al-Xalabiy (taxm. 950 y. Damashqda v.e.) tarafdorlari. Dastlab Damashqda paydo bo‘lgan. H.ni sufiylar qatoriga qo‘shishgan, ular panteizmning yorqin aks etgan estetik shaklini targ‘ib etganlar. Ular bu dunyoda go‘zallikning har qanday ko‘rinishi ilohiy mujassamotdir deb hisoblashgan. Har qanday go‘zal deb topilgan narsaga ular sajda qilishgan. Aqoid olimlari ularni Allohni muayyan narsalar va shaxslar b-n o‘xshatishda (hulul), shariat ko‘rsatmalariga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishda (ibohiya), ruxlarni ko‘chib yurishini e’tirof etishda ayblaganlar.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:10:27

HULUL (halla fe’lidan - "ko‘chmoq", "joylashmoq") - bir buyumning boshqasida bo‘lishi, joylashishi, namoyon etishi. Bu ma’noda H. istilohi Kur’onda qo‘llanilmagan. O’rta asr musulmon ta’limotlarida H. deganda quyidagilar tushunilgan: 4) jismlar va mavhumotlarda tasodifiy holatning bo‘lishi (hulul al-a’rod fi-l-ajsom va-l-mujarradot); b) yaxlitda qismni; v) buyumda belgani (hulul an-no’it bi-l-man’ut); g) ruhning tanada bo‘lishi (hulul ar-ruh fi-l-badan). Haqiqiy H. deb birining mavjudligi ikkinchisining mavjudligiga aylangan ikki buyumni uyg‘un bo‘lishiga aytilgan.
Islomda H. tarafdorlari "o‘ta" shialar hisoblanib, ular Ali va ayrim sufiylarni ilohiylashtirganlar.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:10:46

HUMAYNIY Ruhullo Musoviy (1900-1989) - din va davlat arbobi. Eronning Aroq sh. yaqinidagi Humayn qishlog‘ida ruhoniy oilada tug‘ilgan. Avval Aroqtsa, keyin Qumda o‘qigan, o‘sha yerda madrasada dars bergan. 50-y.lar oxirida Oyatulloh unvoni b-n atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyatiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963 y.da qamalgan, 1964 y.da Turkiyaga badarg‘a qilingan. 1965 y.da Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi b-n 1978 y.da H. Irokdan ham badarg‘a qilingan. Kuvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yo‘llanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati ag‘darilgandan so‘ng 1979 y. fevr.da Eronga qaytib kelgan. Eron Islom respublikasi tashkil etilgandan keyin H. rasman davlatning diniy rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada e’tirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u "marjai taqlid" hisoblanib, imom deb yuritilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:10:58

HURLAR (arab. hur al-ayn-shaxdo ko‘z) - islom an’anasi va Qur’onga ko‘ra, taqvodorlar b-n birgalikda jannatda yashaydigan qizlar. Kur’on (2: 23; 3:13; 4:60)da ular jismoniy va ma’naviy kamchiliklardan xoli bo‘lgan, odam ham, jin ham tegmagan (55:56, 74), bir-biriga teng, bokira, go‘zal qizlar deb tasvirlanadi. Qur’on sharhlovchilarining fikricha, H. jannatga tushgan taqvodorlarga ularning qilgan savob ishlari evaziga xotin qilib beriladi.

Qayd etilgan