TERMIZIY al-Hakim, Hakim Termiziy (to‘liq nomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy) (9-a. oxirida vafot etgan) - sufiylikning yirik vakili. Termiz sh.da tug‘ilgan. O’zi yozgan "tarjimai holi"ga ko‘ra, 8 yoshidan boshlab diniy ilmlar b-n shugullangan. 28 yoshida haj ziyoratidan qaytgach, sufiylik yo‘liga kiradi. Abu Turob Naxshabiy, Yahyo Jalla Ahmad ibn Xadravayh va b. sufiylarni T.ning piri deb hisoblaydilar. T. asarlari (ular 80 ga yaqin) sufiylik tarixini o‘rganishda ahamiyatlidir. Ularda jon, uning holatlari va harakatlari, insonning o‘zini takomillashtirishi, tuban tug‘ma hirs-tuyg‘ularini jilovlab, o‘z-o‘zini poklashi zarurligi hakdtsagi fikrlar bayon etilgan, bu esa, keyingi davrlarda yashagan sufiylarga kuchli ta’sir o‘tkazgan. T. fikricha, aql-zakovat o‘zlashtira oladigan eng oliy bilim - ma’rifat yoki hikmatdir, bu - inson qalbini yorituvchi "ilohiy nur"dir. Turfa ilmlarni o‘qib-o‘rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo, asl ma’rifat Allohning o‘zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo‘ladi. T. sufiy-avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi. Ilm-fanning turli sohalarida mashhur bo‘lgani uchun zamondoshlari T.ni "al-Hakim" deb ulug‘lashgan.