Islom Ensiklopediyasi  ( 567324 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:32:27

QASOS (arab. birovning qilgan ishiga o‘xshash ish qilish. Birov yurib o‘tgan yo‘ldan izma-iz yurish) - qasddan odam o‘ldirganni ham, o‘zi qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, shunday qilib o‘ldirish.
Q. olish islomdan oldingi johiliyat davrida ham bo‘lgan, ammo, ularda adolatsiz ravishda, tarafkashlik ruhida bo‘lgan. Misol uchun, "Ular bizdan 1 kishini o‘ldirsa, biz ulardan 10 tasini o‘ldirib Q. olamiz, ular bizning qulimizni o‘ldiribdi, biz ulardan hur kishini o‘ddirib Q. olamiz, ular bizdan ayol kishini o‘ldiribdi, biz ulardan erkak kishini o‘ldirib o‘ch olamiz", qabilida edi. Qur’onda Alloh taolo Q. olishda adolat bo‘lishini, haddan oshmaslikni uqtirib:
"Ey imon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun Q. farz qilindi: hurga-hur, qulga-qul, ayolga-ayol. Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila so‘ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo‘lsin. Bu Robbingazdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor", degan (2:178).
Ya’ni, qasddan odam o‘ldirganlardan Q. olish farz qilindi.
Lekin oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish shart emas, balki o‘likning egalari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun puli olsa ham bo‘ladi. Bunda o‘lik egasi haqqini yaxshilik b-n so‘rashi lozim, aybdor taraf ham ularning haqqini yaxshilik b-n ado etishi zarur. Q. o‘rniga xun puli olishni joriy qilish ham Parvardigori Olam tomonidan berilgan yengillik va rahmlilikdir. Q. olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Q. qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy maqsad - hayot davomiyligi uchun. Q. olish yo‘lga qo‘yilsa, inson hayotini saklab qolishda katta ish qilingan bo‘ladi. Chunki, har bir odam boshqa birovni o‘dtsirsa, Q.iga o‘zining ham o‘ldirilishini biladi va hech qachon odam o‘ldirishga qo‘l urmaydi. Bir kishining hayotiga qasd qilish, umuman, hayotga qasd qilish b-n barobardir. Jinoyatchi bir kishining hayotiga qasd qilsa, umuman, hayotga qasd qilgan bo‘ladi. Shuning uchun buning jinoyati kuchli bo‘lib, Q. olinadi. Q. olish haqidagi hukmning o‘zi jinoyatchini hushiga keltirib qo‘yadi. Oz sonli qotillardan Q. olish, ko‘plab begunoh kishilarning hayotini saklab qoladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:32:52

QAFFOL SHOSHIY (to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali al-Qaffol ash-Shoshiy al-Kabir; 904-976) - shofi’iylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhadtsis, faqih, adib, shoir. Hazrati Imom (qisqacha - Hastimom) nomi b-n mashhur. Manbalarga ko‘ra, u og‘irligi 0,5 g keladigan ajoyib qulf-kalit yasagani uchun "Qaffol" ("Qulfchi") laqabi berilgan. Chukur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al-Kabir (ulug‘ imom) deb ta’riflangan. Shosh (Toshkent)da hunarmand oilada tug‘ildi, bolalik va yoshlik yillari shu yerda o‘tdi. Tanikdi muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulayb qo‘lida ta’lim oldi. Arab Sharqi mamlakatlari bo‘ylab uzoq safarda bo‘ldi, ancha vaqt Bag‘dodda yashadi. Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as-Surayjiy (850-918)ning shogirdi bo‘lgan. Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Q.Sh. Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofi’iylik mazhabini targ‘ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qo‘shdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid "Odob al-bahs" ("Bahs odobi"), "Husni jadal" ("Dialektika go‘zalligi") kabi asarlari islom olamida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Q.Sh. she’rlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim as-Subkiyning "Tabaqot ash-Shofi’iya" ("Shofi’iylik mazhabi darajalari") kitobi orqali saklanib qolgan.
Q.Sh. Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga Temuriylar avlodidan G’ulom Husayn maqbara kurgan (1541-42). Bu maqbara o‘tgan asrda ta’mirlandi. Q.Sh. me’moriy yodgorligi tabarruk qadamjo hisoblanadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:33:04

QA’DA (arab. - o‘tirish) - 1) namozning bir qismi, o‘tirgan holda ibodat kdgshsh holati; 2) o‘zbeklarda vafot etgan yaqin kishisini xotirlash munosabati b-n ayollar tomonidan o‘tkaziladigan odat.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:33:24

QIBLA (arab. "qarshi tomonda turgan narsa") - musulmonlar namoz vaqtvda qarab turadigan tomon. Dastlab Muhammad(sav) va uning tarafdorlari Quddus (Ierusalim) tomonga qarab namoz o‘qishgan. Hijriy 2-yili (624) Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) Qur’on oyati ila (2; 144) barcha musulmonlar uchun Q. qilib belgilangan. Islomda Q. muqaddas hisoblanadi. Har bir musulmon qaerda bo‘lmasin, albatta, Q. tomonga qarab namoz o‘qiydi. Masjidlarda mehrob Q. tomonga qaratib o‘rnatiladi. Islomdagi ko‘p marosimlar ham, odatda, Q.ga qarab bajariladi. Marhum ko‘milganda ham yuzi Q.ga qaratib qo‘yiladi. Islom shariati Q. tomonni ulug‘laydi, Q. tomonga oyoklarni uzatib o‘tirish va yotish odobsizlik hisoblanadi. Bizning O’zbekistonga nisbatan Q. jan.-g‘arb tomonda bo‘lib, kompas mili G’arb nuqtasidan 14 gradus chap tomonga qaytishi kerak. Q. qaysi tomondaligani bilolmagan va so‘rashga odam topa olmagan kishi taharriy qiladi, ya’ni dili tortgan tomonni hech ikkilanmay Q. deb jazm qilib o‘qiy beradi, keyin Q. aniqlansa ham qayta o‘qimaydi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:33:38

QIYOMAT (arab. - o‘liklarning tirilishi, tik turish, o‘rindan turish) - dunyoning tugashi haqidagi diniy ta’limot. Islomda oxirat aqidasini tashkil etadi. Bu ta’limot Qur’on suralarida oxirat kunining boshlanishi b-n bog‘liq dahshatli hodisalar, barchaning halok bo‘lishi, keyin odamlarning tirilishi, o‘rindan turishi, birma-bir so‘roq qilinib, savob va gunoxlar o‘lchanishi, shunga qarab odamlarni jannatga yoki do‘zaxga kiritilishi, do‘zax azoblari va jannat rohatlari va sh.k.da batafsil bayon etilgan (yana q. Oxirat).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:33:52

QIYOS (arab. - taqqoslash) - shariat manbalaridan biri (Kur’on, sunna, ijmo’dan so‘ng 4-si). Q.da dastlabki 2 manba - Kur’on va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li b-n sharh etilgan. Mas., araqning shayton ishi ekanligi, urush-janjal, adovat chiqarishi sababidan, u Qur’oni karimda man etilgan. Arakdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham araq kabi salbiy natijalar bo‘lishini hisobga olib, unga Q. qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Q. faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu b-n birga Q. islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonma-yon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Q.ning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlar mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqeining oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hozirda ham Q.ga amal qilinadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:34:09

QIROAT (arab. - o‘qish) - islom an’anasida Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, o‘ziga xos ohangda o‘qish. Q.lar ichida islom olamida eng ko‘p tarqalib, singab ketgani - Imom Hafs (805 y. v.e.) rivoyati b-n naql qilingan Imom Osim (744 y. v.e.) Q.idir. Qur’oni karimning barcha mamlakatlarda qayta-qayta nashr etilayotgan Misr nashri (1919, 1923, 1928) aynan mana shu Q.ga asoslangan. Bizning diyorimiz musulmonlari o‘rtasida ham qadimdan shu Q. ta’lim berib kelinadi. Qur’onni tajvid qoidalariga mos hodda eng yoqimli ohangda Q. qilish bo‘yicha Misr qorilari dunyoda birinchi o‘rinda. Q. b-n tilovat o‘rtasidagi farq shuki, Q. ilohiy oyatlar, vahiyni o‘qishga ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va she’rlarni o‘qishga ham qo‘llanaveradi. Tilovat esa, asosan vahiy etilgan oyatlarni o‘qishga ishlatiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:34:30

QOBIL VA HOBIL - Odam (as)ning farzandlari; ularning qissasida ko‘pgina ibrat va hikmatlar bo‘lganidan, Qur’oni karimda zikr qilingan. Qobil qalbi xasta, yomonlikka moyil, tama’ va gunohga intiluvchi, haq hukmiga unamay sarkashlik qiladigan inson edi. Uning ukasi Hobil esa, haqqa bo‘ysunuvchi, solih, taqvoli edi. Q. va H. o‘rtasida paydo bo‘lgan ixtilof yaxshilik b-n yomonlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, Qobil o‘z ukasi Hobilni qatl qilishi b-n tugaydi. Ular orasida ixtilof paydo bo‘lishining sababi haqida 2 xil rivoyat keltirilgan. 1-rivoyatda aytilishicha, "Hobil qo‘ychilik b-n Qobil esa, dexqonchilik b-n mashg‘ul edi. Ulardan har biri o‘zidagi bor narsani Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga jazm etadi. Hobil qo‘ylarining ichidan eng yaxshisini qurbonlikka tanladi. Qobil esa, kurbonlik uchun sifati eng past bo‘lgan bug‘doydan ajratadi. Ikkalasi ham Alloh uchun atagan kurbonligini bir joyga qo‘ydilar. Shunda osmondan o‘t tushib Hobilning atagan qurbonligini yedi-yu, Qobilning qurbonliga qoldi. Qobil ukasi Hobilning kurbonligani Alloh qabul etib, o‘zining qurbonligani qabul etmagani uchun unga nisbatan hasad qilib, o‘z ukasini o‘ldiradi".
2-rivoyat esa quyidagicha: "Odam (as) har farzand ko‘rganida 1 o‘g‘il va 1 qiz tug‘ilar edi. Ilgari tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga 2-vaqtda tug‘ilgan qizni olib berar va shu tarzda insonlar ko‘payar edi. Xuddi shunday Q. va H. ham 1 qiz b-n egaz tug‘ildilar. Qobil b-n tug‘ilgan qiz nihoyatda chiroyli edi. Odam (as) qoidaga ko‘ra, bu qizni Hobilga bermoqchi bo‘ldi. Lekin Qobil bunga ko‘nmay: "Bu mening singlim, o‘zim olaman, Hobil ham o‘z singlisini olsin. Bu ishni siz o‘z fikringaz b-n qilyapsiz, Alloh sizni bunga buyurgani yo‘q", deb e’tiroz bildirdi. Shunda Odam (as) u ikkoviga qarata: "Siz ikkovingiz ham Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar, qaysi biringazni qurbonligangaz qabul bo‘lsa, bu qizni o‘shanga berurman", dedi. Alloh osmondan olov tushirdi. Bu olov Hobilning qurbonligani yutgach, akasi Qobil uni hasad qilib o‘ldirdi". Bu hakda Moida surasi 27-31 oyatida bayon qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:34:43

QODYONIYLIK - q. Ahmadiya.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:35:02

QODIRIYLAR, qodiriya- sufiylik tariqati. 12-a.da Irokda Abdulqodir Giloniy (1077-1166) asos solgan. Q.ning markaziy qarorgohi Bag‘dodda. Bu maskanga Abdulqodir qabri ustiga qurilgan madrasa, rabot va masjid kirib, Bag‘dodning asosiy qadamjolaridan biri hisoblanadi. Q. qarashlari jihatdan sunniylik oqimiga mansub, ular alohida guruhlardan tashkil topgan. Q. tasavvuriga ko‘ra, tariqat asoschisining tariqatga a’zoligi davom etaveradi, u tariqat tarafdorlarini vositachi orqali boshqaradi. Q.ning bir guruhi Abdulqodir Giloniyni ilohiylashtirgan. Q.da hamma a’zolar uchun majburiy bo‘lgan alohida tasavvuf yo‘li yo‘q. Hoz. vaqtda Sharqiy va Shim. Afrikada, Sudan, Iroq va Pokistonda Q.NING mavqei kuchli (Iroq va Pokistondagi Q. guruhi Bag‘doddagi maskanni tariqatning markazi deb e’tirof etadi). Q.ning tashkiliy asosi mustaqil mazgil (xonaqox, rabot, zoviya) hisoblanadi, uni boshqarish an’ana bo‘yicha nasldan naslga o‘tadi. Q.ning ijtimoiy tarkibi har xil bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib (samo, xadra, layliyo), ovoz chiqarmasdan alohida (zikri xafiy) holda hamda baland ovozda (zikri jali) umumiy zikr tushishgan. Tariqat a’zolari boshlariga kigaz telpakcha kiyib yurgan. Telpakchada Q.ning timsoli -uch qator gulbargli yashil gul bor. Abdulqodir Giloniy sharafiga har yili bo‘ladigan tantanalar ularning asosiy bayramidir.

Qayd etilgan