HIDOYA (arab. - qo‘llanma; to‘la nomi "al- : Hidoya fi sharh al-Bidoya" - "Bidoya \ (kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma") - ; sunniylikning hanafiylik mazhabida keng I tarqalgan shariat qo‘llanmasi (kodeksi). Qo‘llanmani Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil davomida yozgan. Uni yaratishda Burhoniddin Marg‘inoniy Qur’oni karim oyatlari, dastlabki 4 xalifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar, sunniylik oqimidagi 4 mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. H. 4 jilddan iborat, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan tarkib topgan. H.ning 1-jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. 2-jildga nikoh, emizish, taloq, qul ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. 3-jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohdik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, voliylik (patronat), homiylik kabi masalalar o‘rin olgan. 4-jildda shafoat, merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash kabi masalalar yoritilgan. Kitob yaratilgan davrdan boshlab faqixdar, tarixchilar, shohu hokimlar diqqatini tortib keladi. H. bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlari, jumladan, Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblangan. O’zbekistonda 20-a.ning 30-y.larigacha - shariat qozilari bekor qilinib, sho‘rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda bo‘lib keldi. U musulmon mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘kuv dasturlariga kiritilgan. Kitob jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. H.ni o‘zbek tilida mukammal tarjima etishga kiritilgan (kitobning 1-jildi 2000 y. bosmadan chiqdi).