BUXORIY, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.9, Samarkand yaqinvdagi Xartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhadtsislarvdan, imom Molik ibn Anasning shogird va ashoblaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari b-n shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Tanikli muhaddislar-al-Dohiliy, Muhammad ibn Salom al-Beykandiy, Muhammad ibn Yusuf al Beykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va b. dan saboq olgan. Azaldan muhadtsislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoddirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingana boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidaga mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 y. B. onasi va akasi Ahmad b-n Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 y. Madinaga boradi. Madinadagi mashxur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va b. b-n muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, B. Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 y. davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu kushishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa, Samarqavd yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi. B. butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz dirhamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. B. umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish b-n shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari b-n qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish b-n bog‘liq holda olib borgan. B. jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming "sahih" va 200 ming "g‘ayri sahih" hadisni yodtsan bilgan. B. o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofizasining o‘ta kuchliliga b-n ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish B. ga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. B. 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. B.ning "Al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz’)dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhadtsislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991-96 y.larda 4 jildda nashr etildi (yana q. "Sahihi Buxoriy").
B. yaratgan "Al-Adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 y. Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "Kitob al-kunya" ("Kunyalar haqida kitob") 1940 y. Hindistonda chop etilgan. B.ning "At-Tarix al-kabiyr" ("Katga tarix") kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saklanadi. Shuningdek, "At-tarix as-sag‘iyr" ("Kichik tarix") ham hadis tarixiga oid qimmatli asar xisoblanadi. U Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan "Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome’ al-kabiyr" ("Katta to‘plam"), "Xalq af’ol al-ibod" ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr ("Katta musnad"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson haqida kitob") va b. asarlarning ba’zilari bizgacha etib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saklanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. B.ning boshqa asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohvda ta’kidlash kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Davlat va jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiklol sharofati b-n azaliy va adabiy qadriyatlarimiz qatori B.ning o‘lmas merosi el-yurti bag‘riga qaytdi, xalqimiz ongu tafakkurini ravshan eta boshladi. O’zR Vazirlar Mahkamasining "Buyuk muhaddis imom al-Buxoriy tavalludining 1225 (hijriy hisobda) yilligini nishonlash haqida"gi qarori (1997 y. 29 apr.) asosida Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (q. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui). "Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni" mavzuida xalqaro konferentsiya o‘tkazildi.
O’zbekistonda B. xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent islom in-ti (oliy ma’had)ga B. nomi berilgan. B.ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), "Hadis ilmining sultoni" 4 qismli kino qissa (1998) yaratilgan.