Islom Ensiklopediyasi  ( 566616 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:53:23

- CH -

CHILYOSIN (chihil yosin; forscha qirq yosin) - Qur’onning Yosin surasini o‘qish b-n bog‘liq bo‘lgan diniy odat. Unda og‘ir dardtsan xalos etish yoki yengillatish maqsadida bemor tepasida Yosin surasi 40 marta o‘qiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:53:44

CHILLA O’TIRISH - sufiylarga va muridlarga xos odat. Sufiylik tariqatlarida murid 40 kun davomida uydan chiqmasdan toat-ibodat qilishi "chilla o‘tirish" deb atalgan. Yirik sufiy namoyandalarining qarorgohlarida (mas., Turkiston sh.dagi Ahmad Yassaviy, Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgoxlarida) chilla o‘tirish uchun alohida hujralar bo‘lgan. Ch.o‘. vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan bo‘ladi. Bu e’tikof deb ham ataladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:54:06

CHILTON - diniy tasavvurlarga ko‘ra, g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan afsonaviy 40 ruh. Rivoyatlarda Ch.lar odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, ba’zan ular orasida odam qiyofasida yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va shu kabi odamlar bo‘lmaydigan joylarda uchraydi, deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan kugulish maqsadida Ch.larga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bag‘ishlab turli taomlar pishirish odati bo‘lgan. Taomlar Ch. oshi deb atalgan va ular shu marosim munosabati b-n to‘plangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hoz. vaqtda Ch.lar va ular b-n bog‘liq bo‘lgan urf-odatlar deyarli yo‘qolib ketgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:54:36

CHISHTIYA - sufiylik tariqatlaridan biri. 12-a.da Sharqiy Xurosonda shakllanib, 12-13-a.da Hindistonda uzil-kesil rasmiy tus olgan. O’rta asrda Ch. suxravardiylik b-n birga Hindistovda eng ommaviy va keng tarqalgan tariqatlardan hisoblangan. Ch. asoschisi Xo‘ja Abu Ishoq ash-Shomiy (1097 y.v.e.) bo‘lib, Irokdan Chisht qishlog‘iga (Hirot yaqinida) ko‘chib kelgan (tariqatning nomi shundan) va u yerda xonaqoh qurgan. Uning 9-(yoki 8-) vorisi shayx Mu’iniddin Hasan Sijzi Chishtiy (1142-1236) Ch.ni Hindistonga tarqatdi. Ch. shayxlari o‘z silsilalarini Ibrohim Adham va Hasan al-Basriy orqali Ali ibn Abu Tolibga bog‘laydi. Ch. tariqati Nizomiddin Avliyo (1325 y. Dexlida v.e.) davrida o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetib, sufiylik Shim. Hindistonda ommaviy tus olgan hamda janub va sharq tomon keng yoyilgan. U Ch. tarmogi -Nizomiyaga asos solgan. Ch. ta’limotining asosini vahdati vujud g‘oyasi tashkil etgan. Ch. vakillari hokim-amaldorlar b-n har qanday aloqa bog‘lashni inkor qilgan. Allohga tavakkul qilib, o‘z mehnati b-n tirikchilik o‘tkazishni targ‘ib etgan. Sufiy och kishining qornini to‘ygazish, mazlumlar iltimosini albatta bajarish, kambag‘al-qashshoklarga baholi qudrat ko‘mak berish yo‘li b-n Alloh marhamatiga sazovor bo‘lishga intilishi shart, deb hisoblangan. Shuningdek, muridlarga pulga mukkasidan ketish, gadoychilik b-n shug‘ullanish, araq ichish, giyohvandlik qilish, tamaki chekish taqiklangan. Ch. yo‘li shariat, tariqat, haqiqat kabi 3 bosqichdan iborat bo‘lib, muridlik davri 1000 kun davom etgan. Zikr b-n birga 40 kun ro‘za tutish rasm bo‘lgan. Ch. tariqati a’zosi kigazdan qilingan cho‘qqi kuloh kiyishi b-n boshqalardan ajralib turgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:54:58

CHOR KITOB - islomga oid pand-nasihatlar kitobi. Sharafiddin Sanoiy al-Buxoriy qalamiga mansub. 2 she’riy va 2 nasriy majmuadan iborat. "Chahor kitob" ("To‘rt kitob") deb ham ataladi. Qo‘lma-qo‘l bo‘lib, hoz. davrgacha yetib kelgan. Kitobda toat-ibodat, shariatning qonun-qoidalari: farz, sunnat, namoz va ro‘za haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donolik namunalari bayon etilgan. Kitob fors tilida yozilgan bo‘lib, turkiy-o‘zbek tilidagi tarjimalari ham mavjud.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:55:16

CHORYORLAR (fors. - to‘rt do‘st) - Muhammad (sav) vafotlaridan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr Siddiq Umar, Usmon, Ali). Bu xalifalarni Ch. deb atash Eron, Afg‘oniston va O’rta Osiyodagi odtsiy dindorlar orasida rasm bo‘lgan. Ch. arab tilidagi diniy manbalarda "xulafo ar-roshidin" ("to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar") nomi b-n tilga olinadi. Ch. xalifalikni boshqarish va kengaytirish, ko‘shni yerlarni fath etib islom bayrog‘i ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan hukmdorlardir. Musulmonlar Ch.ni "payg‘ambar noiblari" hisoblaydilar. Islom an’anasvda Ch. hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 yil bo‘lgan.
Ch. zamonida Payg‘ambar (sav) boshlab bergan futuhotlar oxiriga yetkazilgan, davlat kurilishi mukammal bo‘lgan, islom yetib borgan o‘lkalarda barqarorlik o‘rnatilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:55:49

- SH -

SHAYOTIN (shaytonning ko‘plikdagi shakli), shaytonlar - Alloh va insonlarga dushman bo‘lgan, o‘zlarining egalari - Iblis ash-Shayton b-n birga Qiyomat kunidan so‘ng jahannam azoblariga duchor etiladigan yovuz ruxlar. Sh. - insonlarni yo‘ldan urishda Iblisning asosiy quroli, ular insonlarni solih amallar qilishdan chalg‘itishadi va gunoh ishlarga boshlaydilar. Olovdan yaratilgan bo‘lib, Iblis tomonidan ko‘payib turishlari mumkin. Ismlarga ega bo‘lib turli shakllarga kira oladilar. To‘p-to‘p holda turli mamlakatlarda yashashadi, ayniqsa, Hindiston va Suriyadagi Sh. o‘zlarining qudratli ekanliklari b-n mashhur. Sh.ga xuddi ash-Shayton kabi rajim sifati qo‘shib ishlatiladi (q. Qur’on, 15:17). Rivoyatlarga ko‘ra, Sh. tarixda o‘tgan ko‘p muqadtsas shaxslar (mas., Yusuf (as))ni gunoh ishlarga va xato qilishga undagan, Sh.ning bir qismi Sulaymon (as)ga bo‘ysungan, lekin keyinchalik diyonatsiz ishlariga qaytganlar. Sh. insonlarning ibodat qilishlariga xalaqit berishadi, xudoni yodtsan chiqarishga majbur etishadi, ularni sehrgarlik va afsungarlikka o‘rgatishadi, ko‘pincha ularni yuzaki tomondan yaxshi bo‘lib tuyulgan gunohkorona intilish va ishlarga undaydi. Har bir insonning o‘z farishtasi bor bo‘lgani kabi, o‘z Shaytoni ham bor deb hisoblanadi.
Ularning har ikkisi inson qalbini egallash uchun kurash olib boradi. Sh. uning shahvoniy intilishlari, lazzatni istashi, qahr-g‘azabi, hasadi va b.dan foydalanib uni Allohning yo‘lidan chalg‘itishga intiladi, ba’zan inson buni sezmaydi ham. Sh. vasvasasiga uchganlar oxir oqibat do‘zaxga tushadilar, chunki, Sh. Alloh odtsida ojizdirlar. Sh.ni haydash uchun "A’uzu bi-l-lahi min ash-shayton ar-rajim" yoki Qur’on oyatlarini (mas., 113, 114) o‘qib, Allohni yordamga chaqirish kifoya. Islom dinidan avval ham, o‘rta asrlarda ham Sh. shoirlarga ilhom berib keladi deb hisoblangan.
Musulmon ilohiyotchilari Sh.ni jinlar b-n aloqasi masalasini muhokama etishgan. Eng ko‘p tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, Sh. -jinlarning eng qaysar va dinsiz qismi. Boshqa bir fikrga ko‘ra - azaldan dinsizlikka va do‘zaxga mahkum etilgan maxluklarning bir toifasidir. Jinlarning bir qismi Allohga ishonib, shu b-n xalos bo‘lishi mumkin. Qur’on va ilohiyotga doir asarlarda ash-Shayton (Iblis) va Sh. ko‘pincha o‘rni almashib kelishadi, chunki, Sh. Iblis irodasi va farmonlarining ijrochisidurlar.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:56:09

SHAYTON (arab.) - oliy dargoxdan haydalgan farishtaning nomi. Arab tilida shayton so‘zi jin, ins, hayvon va b. maxluqlarning bo‘ysunmas, sarkashlariga nisbatan ishlatiladi. Qur’onda talqin qilinishicha, Sh.ni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat qilmagani uchun oliy dargoxdan quvilgan, (rajim) deb la’natlagan. Lekin Alloh bandalarini sinab ko‘rish uchun Sh.ga muxdat bergan. Shuning uchun u barchani yo‘dtsan ozdirishga harakat qiladi. Qur’onda Sh. so‘zining sinonimi sifatida Iblis iborasi ham ishlatilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:56:21

SHAYX (arab. - keksa, oqsoqol; qabila, urug‘, oila oqsoqoli) - islom dini tarqalgan mamlakatlarda avval bilimdon kishilar, olimlar, so‘ngra ruhoniylar, ulamolar, faqixdar. Keyinchalik sufiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Sh. deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urug‘, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Sh. deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Sh. oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarning unvoni sifatida ham qo‘llaniladi. O’rta Osiyoda Sh. ko‘pincha muqaddas mozorlar va qadamjolarda sadaqa va nazr-niyoz olib turadigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:57:01

SHAYX XOVANDI TAHUR, Shayxontohur (1359 y.v.e.) - shayx. Hoz. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan. Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li. Umar Bog‘istoniy befarzand bo‘lib, kunlarn ing birida o‘z zavjai muhtaramalari b-n Shayx Zayniddin maqbarasiga kelib Allohdan farzand ato etishni iltijo qilishadi. Ko‘p o‘tmay farzand ko‘rishadi. Unga Xovand Tahur (pok shayx) deb nom qo‘yishadi. Sh.X.T. ilohiyotga va tariqatga doir ilk saboqni otasidan olgan. "Rashahot ayn al-hayot" ("Hayot buloqlaridan oqqan tomchilar") nomli asarda yozilishicha, Sh.X.T. ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri, yetuk mutasavviflardan bo‘lgan.
U yassaviylik tariqati yo‘lidan borib, shu tariqat namoyandalaridan o‘rganadi hamda ilmi zohiriy va ilmi botiniy sir-asrorlaridan voqif bo‘lib, sohib karomat shayxlar orasida yuksak maqomga erishadi. Yakka xudolik haqidagi ta’limotni, tasavvufga oid iboralarni sharhlab bergan, shuningdek, she’riyat b-n shug‘ullangan. Sh.X.T.ning Dovud ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham shayx sifatida mashhur edi.
Sh.X.T. dafn etilgan joy ziyoratgohga aylanadi. Uning mozori atrofida boshqa saYeana va qabrlar paydo bo‘lib, Toshkentning katta va muqaddas qabristoniga aylangan. 15-a.ning 2-yarmida Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi. Zotan uning volidai muhtaramasi shayx Dovudning qizi bo‘lgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot zamonlar o‘tishi b-n nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hoz. maqbara esa, avvalgisining loyihasi va ko‘rinishini saklagan holda 19-a.da qayta tiklangan.

Qayd etilgan