Islom Ensiklopediyasi  ( 566582 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:10:19

SHOFI’IY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-820) - imom, shofi’iylik mazhabining asoschisi, sayyidlardan. 2 yoshida onasi Makkai Mukarramaga olib kelgan va shu yerda Qur’oni karimni yod olgan. 10 yil arab olamida shirin tili va fasohati b-n mashhur bo‘lgan Huzayl qabilasida yashagan, natijada yirik arab tilshunosi, she’riyat bilimdoni bo‘lib yetishgan. Ko‘p yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiy va Madinai munavvarada Imom Molik huzurlarida ta’lim olgan. Imomi A’zamning shogardi Muhammad ibn Hasan b-n Bag‘dodda yaqin muloqotda bo‘lib, unga shogard tushgan va shu yerda o‘z mazhabini tuzgan. Imom 111. mazhabi, asosan, Misrda, Hind okeani davlatlarida, ayrim orollarda tarqalgan.
Sh. bir qancha muddat goh Irokda, goh Hijozda istiqomat qilgan. 815 y. Qohirada muqim turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome’ masjidida fiqxdan dars bergan. Sh.ning "ar-Risola", "al-Umm" asarlari islom olamida mashhurdir va shofi’iy ulamolar uchun eng zarur manba bo‘lib xizmat qiladi. Sh. "Usul al-fiqh" ilmiga asos solgan. Boshqa faqihlar o‘zlariga manba deb hisoblagan "Istihson"ni qabul qilmagan, uni xato deb tushungan.
Bu zot haqida Imom Axmad ibn Hanbal shunday degan: "Siyoxdon ko‘targan har bir kishining zimmasida Shofi’iyning haqqi bor". Boshqa olimlar esa: "Muhaddislar g‘aflat uykusida edilar, Imom Shofi’iy ularni uyg‘otdilar", deyishgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:10:39

SHOFI’IYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Imom Shofi’iy asos solgan. Sh. huquq tizimi xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limotini o‘ziga singdirgan bo‘lsa-da, ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. 111. qiyosni va ra’yni cheklab ko‘llaydi. Sh. Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Sh.ga ko‘ra, sunna Qur’onni to‘ldiradi, xolos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos bo‘lolmaydi. Sh. tarafdorlari madinalik rivoyatchilarning hadislarini ustuvor hisoblab, ular aytgan hadis yoki ijmo’ga tayanib ish ko‘rish mumkin, deb biladi. Sh. Suriya va Misrda shakllangan. O’rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng garqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta’sir tsoirasi torayib borgan. Hoz. vaqtda Misr, Indoneziya, Shimoliy Kavkaz musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida, qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida Sh. mazhabi diniy-huquq gizimiga amal qiluvchilar bor.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:10:54

SHOH VALIULLOH Axmad Abdurahim (1703-62) - islom mafkurasining yirik namoyandasi, 18-a.da Hindiston musulmonlari o‘rtasida boshlangan diniy islohotchilik harakatining asoschisi. Yirik ruhoniyning o‘g‘li. Diniy maktabni tamomlab, otasi asos solgan ;'Madrasai Rahimiya"da falsafa, ilohiyot va mantiqdan dars bergan. Hindistonda boburiylar saltanati inqirozga uchragan davrda uning ta’limoti saltanat shuhratini tiklashga qaratildi. Sh.V. zodagonlar va ulamolar doirasidan tashqari, keng musulmonlar o‘rtasida ham ilm va ma’rifatni, axloqiy garbiyani kuchaytirish, ilmsizlik va jaholatga qarshi kurash tarafdori bo‘lib maydonga chiqqan. Sh.V.ning falsafa va ilohiyotga doir 50 dan ortiq asari bor.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:11:08

SHOHI ZINDA ANSAMBLI Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (11-12-a.) Afrosiyob tepaligi janubidagi maqbaralardan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohi Zinda (Tirik shoh) degan afsona bor. Sh.z.a. bir-biri b-n yo‘lak orqali bog‘langan uch guruh binolar (14-a. o‘rtalari va oxirlari hamda 15-asrda qurilgan)dan iborat.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:11:31

SHOHID - guvoh. Sh.ning sud jarayonida ishtirok etishi an’anaviy sud yuritishning muhim qismidir. Sh. har 2 tarafning biri tomonidan sudga taklif etilishi va b. bir garaf tomonidan izohsiz rad etilmasligi lozim. Sh.dan zo‘rlab ko‘rsatma olish mumkin emas, lekin sababsiz ko‘rsatma berishdan bosh gortish diniy majburiyat(farz)ni jiddiy buzish deb baholanadi. Har qanday huquqiy layoqatli kishi, uning ijtimoiy mavqei va dinidan qat’i nazar Sh. sifatida taklif qilishi mumkin. Biroq g‘ayridin faqat dinga aloqador bo‘lmagan masalalar yuzasidan guvohdik berishi mumkin, qaram kishi esa, o‘z xojasi, homiysi yoki qarindoshi ishi yuzasidan guvoxlik bera olmaydi. Haqiqatni aniqlash uchun 2 ozod kishining Sh.ligi kifoya. Bitta erkakning guvoxdigi 2 ayol yoki 2 cho‘rinish guvohligiga tenglashtiriladi. Faqat go‘dak tug‘ilishini tasdiqpash chog‘ida bir cho‘rining guvoxdigi yetarli hisoblanadi. Soxta guvoxlik bergan Sh. jinoiy javobgarlikka tortilib. uning keyingi guvohliklari qabul qilinmaydi.
Ijtimoiy hayotda Sh. - ijtimoiy va xizmat yuzasidan tug‘iladigan turli holatlarni o‘z so‘zi b-n tasdiqlash majburiyatini olgan shaxs. Hoz. paytda notarial idoralar va o‘zaro kafolatlarning turli shakllari taraqqiy etishi b-n Sh o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:11:51

SHOHIMARDON (fors. "erlar shohi": "mardlar shohi") - choryorlarning to‘rtinchisi Aliga berilgan nomlardan biri. Hazrat Ali janglarda jasurlik, mardlik ko‘rsatib shu nomga sazovor bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Hamzaobod qishlog‘ining sobiq nomi Sh. edi. Ma’lumki, xorijiylardan bo‘lgan Ibn Muljam Alining boshiga qilich urib, og‘ir yarador qilgan va 2 kundan so‘ng Ali vafot etgan. Naql qilinishicha, o‘limi oldidan o‘g‘illari imom Hasan va imom Husaynni chaqirib: "jigarbandlarim, bugun sizlar b-n abadiy vidolashsam kerak. Ertaga ertalab ok tuya mingan bir badaviy (arab) kelib, sizlardan mening jasadimni so‘raydi. Sizlar darhol jasadimni unga topshiringlar! Ammo, zinhor uning orqasidan ergashmanglar", deb vasiyat qiladi. O’g‘illari yig‘lashib, "Uning ortidan bormasak, qabringazni qaerdan izlab topamiz" deb so‘raydi. Ali, qaerda 3 tomoni tog‘ b-n o‘ralgan tekislik bo‘lsa, o‘sha yer mening qabrim bo‘ladi, deb dunyodan ko‘z yumadi. Dunyo bo‘yicha ana shunday maskandan bugungi kunda yettitasi mavjud. Farg‘onadagi Sh. nomli qishloq ham ana shulardan bittasidir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:12:10

SHUAYB (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Arab millatiga mansub bo‘lgan 4 payg‘ambardan (Hud (as), Solih (as), Muhammad (sav) b-n birga) biri. Sh. (as) o‘z qavmini fasohatli usullar b-n imonga da’vat etganligidan "payg‘ambarlar xatibi" deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengaz qirg‘og‘idagi Madyon degan joyda yashab o‘tgan. Bu qavm, asosan, savdo-sotiq b-n shug‘ullangan. Ular Allohga ibodat qilish o‘rniga turli ilohlarga sig‘inadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qo‘ygan, bu yo‘lda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida tosh-tarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. (as) o‘z qavmini savdoda halollikka, kishilar haqqiga xiyonat qilmaslikka da’vat eta boshladi. Sh. (as)ning nasihatlariga ko‘nmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qur’onda payg‘ambarlarga bo‘ysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi. Sh. (as) va uning o‘z qavmini da’vat qilgani va gumroh qavmning boshiga tushgan azob-ukubatlar haqida Kur’onda A’rof surasi, 85-87-oyatlar, Hud surasi, 87-90-oyatlarda bayon qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:12:36

"SHO’ROI ISLOMIYA" - Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti. 1917 y. 14 martda Toshkentda tuzildi. Uning tashkil topishida Munavvarqori Abdurashidxonov katta xizmat qildi. Tashkilot faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay o‘g‘li (1890-1941), Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on (1890-1970) kabi ma’rifatparvarlar muhim rol o‘ynadi. Tashkilot tashabbusi b-n Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi o‘tkazildi (1917 y. apr.). Qurultoyda qabul qilingan tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‘yilgan. "Sh.i." butun o‘lkadagi musulmonlar manfaati uchun kurashganligi tufayli unga turli xalklar va tabaqalar vakillari kirgan edi. Tashkilot "Sho‘roi islom" nomli jarida ham chiqardi (1917 y. apr.-iyun). Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) b-n eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar "Sh.i." tashkiloti safida tarafkashlik yuz berishiga olib keldi. Undan ajralib chiqqan bir guruh ulamolar "Sho‘roi ulamo" jamiyatiga asos soldi (1917 y. iyun). Turkistondaga sovet rejimi esa, 1918 y. boshida "Sh.i." tashkiloti faoliyatini umuman taqiqladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:12:57

"SHO’ROI ULAMO" - Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 y. iyunda "Sho‘roi islomiya"dan ajralib chiqqan. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand sh.laridagi sho‘‘basi faol ish olib bordi. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qatiy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan. "Sh.u." "al-Izoh" (1917 y. iyun - 1918 y. may), "al-Isloh" (1917-18) jur.larini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. "Sh.u." tashabbusi b-n Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi (1917 y., sentyabr). Unda ulamochilar va Sho‘roi islomchilar o‘zaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzdilar. "Sh.u." jamiyati sof musulmon muxtoriyati g‘oyalarini ilgari surdi, sho‘rolar rejimiga qarshi faol kurashdi. Bolsheviklar 1918 y. boshlarida jamiyat faoliyatini taqiqladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:14:01

- E -

ESHON (forscha: ular) - sufiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, E.lar darvishlik, sufiylik oqimlarining biriga mansub bo‘lgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar jamoasining rahbari ham E. deb atalgan. Urta asrlarda sufiy rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari o‘rnida E., ba’zan "pir" so‘zlari qo‘shib ishlatilgan. E.larga muriddarni sufiylik yo‘liga o‘rgatuvchi (murshid), bemorlar dardiga shifo beruvchi, kelajakni oldindan aytuvchi sifatida qarab kelingan.

Qayd etilgan