Islom Ensiklopediyasi  ( 566924 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:14:20

ESHON BOBOXON ibn Abdulmajidxon (1860-1957) - mufti, shayx. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning otasi. Toshkentda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ilmni bobosi shayx ul-islom Ayubxon ibn Yunusxondan, uning otasi Abdulla ibn Burhon Eshondan olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiylik tariqatining namoyandasi sifatida tanilgan. Urta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943-57). Diniy boshqarmaning tashkil etilishi mintaqadagi mayda va tarqoq musulmon jamoalarini yagona diniy markazga birlashishiga imkon berdi. E.B. boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olish b-n birga boshqarma faoliyatini fashizmni tor-mor etish uchun frontga har tomonlama yordam ko‘rsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish ishlariga yo‘naltirdi. E.B. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi hovlisiga dafn qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:14:38

E’TIKOF - Qur’on va sunnat ila sobit bo‘lgan shar’iy amal. Zuhriyning xabar berishicha, Rasululloh (sav) to vafot etgunlaricha E.ni tark etmaganlar. Imom Abu Hanifa, Elarning eng ozi bir kun desa, imom Abu Yusuf, uning eng ko‘pi bir kun degan. Imom Muhammad fikriga ko‘ra esa, bir soat o‘tirilsa ham, E. hosil bo‘ladi. E. masjidda qilinadi. Faqat tabiiy hojatlarini qondirish - tahorat, g‘usl uchun yoki juma namoziga borish uchungina masjid tark etiladi. Hojatdan ortiqcha bir soat ushlanib qolsa, E. buziladi. Mu’takif masjidda uxlaydi, ovqatlanadi, ehtiyojiga zarur narsalarnigina savdo qiladi. E. payti faqat uxroviy (oxiratga oid), xayrli so‘zlarni gapiradi. Ko‘p kunlik E.da kechalari ham masjidda qoladi. Bir kunlik niyat qilinsa, tong otmasdan kirib, kun botgach chiqadi. 2 yoki undan ortiq kunlik E. uchun kishi masjidga quyosh botishidan oldin kirishi va niyatdagi muddat tugagach, quyosh botganidan so‘ng masjidtsan chiqishi kerak.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:14:49

E’TIQOD - Allohning kalomi haqiqiy ekanligiga astoydil ishonish, imonning 3 unsurlaridan biri. E.ning sinonimi sifatida turli aqidaviy maktablar tasdiq, aqida, akd terminlarini ishlatganlar. Mazmuni jihatdan E.ga eng yaqin turadigani tasdiq (bi-l-qalb) bo‘lib, Alloh va Uning Qur’on orqali yetkazgan so‘zlari haqiqiy ekanini chin qalbdan e’tirof etishdir. Ular o‘rtasidaga farq atigi shundaki, tasdiq Allohning so‘zlari haqiqiy va ishonchli ekanligani ichki mulohaza b-n anglash, E. bo‘lsa mana shunga qo‘shilish, unga qalbdan imon keltirishdir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:15:07

EHROM (arab. - chegaralanish, ibodat holatiga o‘tish) - 1) musulmonlarning katta va kichik haj qilish (haj va umra) vaqtidagi alohida kiyimi. E. - hajni dili b-n niyat qilish, haromdan muhofazalanish degani, ehromdagi kishi "muhrim" deb ataladi. Muhrim odobdan tashqari so‘z so‘zlash, xotini b-n yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qo‘l urish, bir-biri b-n qichqirishib g‘ijillashishdan saklanishi lozim. Muhrim kishi quruq yerlardagi hayvonni o‘ldirmaydi, tikilgan libos kiymaydi, oyog‘iga mahsi, etik, paypoq kiymaydi, yuzini, boshini biror narsa bilan to‘smaydi, xushbo‘y narsa surtmaydi, tirnoq, soch, mo‘ylarini olmaydi. Agar bu qoidalardan birortasini buzsa, hayvon so‘yib yoki sadaqa qilib kafforat to‘laydi. 2) E. holatiga kirganlar tanaga o‘raydigan mato. E. 2 bo‘lak (izor va rido) bo‘lib, biri b-n chap yelkani, 2-si b-n beldan pastni o‘raladi. Hojilar haj kunlarida muqaddas joy (Makkadagi Ka’ba)ga kirish uchun E.ga o‘raladi. E. haj ibodatini ko‘rsatilgan tartibda mukammal bajargandan so‘ng yechiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:15:21

EHSON ("astoydillik", "vijdonlilik", "samimiylik") - Qur’onda diniy majburiyatlarni o‘tashdagi samimiylik, riyokorlikning zidtsi. Umar ibn Xattob (ra)dan keltirilgan hadislardan birida aytilishicha: "Ehson - rabbingga xuddi Uni ko‘rib turgandek, ibodat qilishingdir. Agar sen Uni ko‘rmagan taqdiringda ham, U seni ko‘rib turadi". Al-Razoliy E. terminini "adl - adolat" so‘zi b-n birga ko‘llaganki, bular birgalikda "adolat va vijdon" mazmunini kasb etgan. E.aqidaviy tushuncha sifatida islom va imon tushunchalari b-n bir qatorda umumiy "din" tushunchasini tashkil qiladi, bunda E. deganda barcha diniy aqidalarni to‘liq, shak-shubhasiz va qayta talqinsiz qabul qilishni bildiradi, ya’ni uning barcha ko‘rsatmalariga chuqur sadoqatni anglatadi. E. tushunchasidan dindorning nomlaridan biri - muhsin kelib chiqqan. Kundalik istiloxda E. termini ixlos - qalbi tozalik, fikr va xatti-harakatlarida samimiylikning sinonimidir. Shogirdning ustoziga bo‘lgan izzat-ikromi va ustozning barcha o‘gitlariga so‘zsiz amal qilishi ham E. deb ataladi.
Tasavvufda E. - e’tiqodning oliy bosqichi bo‘lib, undan keyin imon, so‘ng islom turadi, bu shariat - tariqat - haqiqat tushunchalariga mos keladi. E. odatda tasavvuf b-n aynan hisoblangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:15:54

- Yu -

YUGNAKIY, Ahmad ibn Mahmud (taxm. 12-a.oxiri - 13-a. boshlari) - shoir, olim. Ahmadning bobosi Movarounnahrda islom dinini ilk qabul qilgan turkiy qavmlardan bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida Yu.ni O’rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo‘yib, uning tug‘ma ko‘rligi haqida yozadi. Yu.ning "Hibat ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armugoni") asari saqpanib qolgan. U ilk islom davrining turkiy tildagi madaniyat obidasidir. Bu asar turkiy elatlarga islomiy odob qoidalaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan. Asar boshdan oyoq tavhid e’tiqodiga tayanadi, muallif fikrlari Qur’on oyatlari, Payg‘ambar hadislari b-n dalillanadi. "Hibat ul-haqoyiq" O’zbekistonda keng o‘rganilib, o‘zbek adabiyoti tarixi darsliklariga kiritilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:16:14

YUNUS (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Zu-n-nun, ya’ni katta baliq (kit) ning hamrohi degan nom ham olgan. Qur’onning 10-surasi uning ismi b-n ataladi. U Allohning yagonaligini tan olmagan o‘z qavmidan g‘azablanib, Parvardigorining iznisiz shahridan chiqib ketadi va dengiz qirg‘og‘iga keladi va u yerda ketishga hozirlanib turgan kema egalaridan o‘zini ham birga olib ketishlarini iltimos qiladi. Kema sohiblari rozi bo‘lib yo‘lga chiqishgach, ko‘p o‘tmay Allohning amri b-n qattiq shamol turib kuchli to‘lqin boshlanadi va kemaning cho‘kishi aniq bo‘lib qoladi. Shunda kemadagilar "Bizning oramizda kimdir gunohkorga o‘xshaydi", deyishdi va o‘zaro maslahat qilishib, qur’a tashlashga, kimgaki qur’a tushsa, o‘sha odam gunohkorliga aniq bo‘lishi va uni suvga tashlab o‘zlarini saqlab qolishlariga kelishib olishdi. Kur’a bir necha bor tashlansa ham Yu.(as)ga tushaverdi. Shundan so‘ng Yu(as) dengazga tashlandi. Alloh katta bir kitga Yu.(as)ni yutishni va unga biron aziyat yetkazmaslikni amr etdi. O’z xatosini tushungan Yu.(as) Allohga tavba-tazarru qildi Alloh Yu.(as) ning duolarini qabul etib kitga amr qildi va kit uni dengaz sohiliga chiqarib tashladi. Shundan so‘ng u yana o‘z qavmini da’vat qiladi va xalq Yu.(as)ga imon keltirib 6u dunyo jazolaridan qutuladi. Bu hakda Soffot surasi 139-148-oyatlarda va Anbiyo surasi 87-88-oyatlarda bayon qilingan. Yu.(as) qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli bardoshli bo‘lishga da’vat bor. Hoz. vaqtda Iroqda Yu.(as) payg‘ambarning Mosul sh. yaqinidagi qabri qadamjolarda hisoblanadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:16:59

YUSUF (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Ya’kub (as) ning o‘g‘li Qur’onning 12-surasi Yu.(as)ning nomi b-n  ataladi va undagi hikoya "eng go‘zal qissa" deb nomlanadi. Alloh Yu.(as)ga tushlar ta’birini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Ya’qub (as) o‘z farzandlari orasida Yu.(as)ni ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Akalari unga hasad qilib quduqqa tashlab yuboradilar va Yu.(as)ning o‘limi haqida otasiga yolg‘on gapiradilar va Yu.(as)ni dashtda bo‘ri yeb ketdi deb aldaydilar. Karvonchilar Yu.(as)ni kudukdan chiqarib misrlik badavlat odamga sotadi. Uning xotini Zulayho Yu.(as)ni sevib qolib yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Yu.(as) Alloxdan qo‘rqib, ko‘nmaydi va Zulayho ig‘vosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi, zindondagilarning va Misr hokimining tushi ta’birini to‘g‘ri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saqlovchi lavozimiga tayinlanadi. Yu.(as)ning yurti Falastinda ocharchilik boshlanib, akalari uning oldiga keladi. Yu.(as)ning hayot ekani xursandchilik xabarini eshitgan otasi Ya’kub(as)ning ko‘zi tuzalib ko‘radigan bo‘ladi. Islom an’anasida Yu.(as) chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Kur’onda Alloh barcha ummatlar boshlariga tushgan balo-qazolarga sabr-qanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:17:07

YUSUF HAMADONIY - q. Hamadoniy.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:18:02

- Ya -

YALANG’OCH OTA - turkiy xalqlarda qadimda shamol homiysi. 20-a. boshida etnograf A.Divaev keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro etiladigan qo‘shiq namunasida shamol homiysi sifatida Ya.o.ga murojaat etilgan. Ya.o. nomi Toshkent atroflari hamda Jan. Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng tarqalgan. Uning shaxsiyati b-n bog‘liq mikrotoponimlar ham mavjud. Mas., hoz. Toshkent sh. 2-Shim.-Sharq massivi ilgari Yalang‘och ota deb yuritilgan.

Qayd etilgan