Islom Ensiklopediyasi  ( 566560 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:39:23

QURBON HAYITI - q. Hayit

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:39:38

QURBONLIK (arab. manosik - yaqinlik. xudoga yaqinlashuv) - xudoga yaqinlashish VA uning rahm-shafqatiga sazovor bo‘lish uchun xudo yo‘liga jonlik so‘yish. Dastlabki davrlarda ko‘p xalqlarda, jumladan, islomdan ilgarigi arablarda qullarni, o‘z farzandlarini qurbon qilish odati bo‘lgan Qur’onning 108-Kavsar surasida xudo jannatdagi kavsar hovuzini ato etgani uchun jonliq so‘yib Q. qilish haqida so‘z boradi Muhammad (sav)ning tarjimai hollari hisoblangan Siyrada Zamzam bulog‘i suvi kamayib turganda Muhammad (sav)ning bobolari Abdulmuttalib suvni ko‘paytirishni xudodan tilab o‘z o‘g‘illaridan birini Q.ka atagani haqida rivoyat saqlanib qolgan Davrlar o‘tishi b-n insonni qurbon qilish odatini hayvonni qurbon qilish odati egallagan. Qur’on bo‘yicha Ibrohim (as) Allohning buyrug‘iga ko‘ra, o‘z o‘g‘li Ismoil (as)ni qurbon qilishga qaror qilganda, Alloh uni to‘xtatib, bolaning o‘rniga qo‘chqor so‘yishni buyurgan (37:99-107). Islomda Q. haj marosimining qat’iy va majburiy qismlaridan biriga aylangan: hajda ishtirok etganlarning har biri bittadan jonliqni Q qilishi shart. Bu talab islomda farz deb belgilangan. Hajda ishtirok etmagan musulmonlar esa, haj kunlari qurbon xayitini bayram qiladi. O’sha kuni har bir o‘ziga to‘q-g‘aniy musulmon Q. qilishi lozim hisoblanadi Islom ta’limotiga ko‘ra, Q. qilishi vojib bo‘lgan musulmon nisobga (zakot berishga) qodir bo‘lishi lozim. Ammo, nisobga ega bo‘lmagan kishi Q. qilsa savob olib, qilmasa gunohkor bo‘lmaydi.
Q. uchun so‘yiladigan hayvon - qo‘y, mol, tuya Bir qo‘yni bir kishi Q. qilishi mumkin. Mol tuyani esa, bir kishidan to yetti kishigacha bir bo‘lib Q. qilishlari mumki

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:40:25

QUR’ON (arab. - o‘qimoq, qiroat qilmoq jamlash) - musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Q. o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat bordir. "Ulumul Kur’on" ilmi ulamolari Q.NI quyidagacha ta’riflaydilar: "Q. - Alloh taoloning Muhammad (sav)ga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir". Tavotur ila naql qilingan, degani esa, kalomni yolg‘onga chiqarib bo‘lmaydigan darajada ko‘p sondaga kishilar tomonidan nakl qilinishiga aytiladi. Ularning hammalari ishonchli odamlar bo‘lib, biror og‘iz yolg‘onga yaqinlashmagan, ko‘pliklari jihatidan yolg‘onga kelishib olish imkonlari ham yo‘q bo‘ladi. Q.ning birinchi kalimasidan oxirgi kalimasigacha, aynan xuddi shu tariqada nakd qilingan.
Q.ni Alloxdan vahiyning amiyni - ishonchli sohibi bo‘lmish, Jabroil (as) Muhammad (sav)ga nakl qilgan. Muhammad (sav)ga Q. oyatlari Jabroil (as) tomonidan qandoq yetkazilishini ko‘pchilik sahobalar o‘z ko‘zlari ila ko‘rib, kuloklari ila eshitib turganlar. Buning ustiga har safar vahiy nozil bo‘lgandan so‘ng, Muhammad (sav), menga mirzalarni chaqiringlar, deganlar va vahiyni yozuvchi sahobalar kelganlaridan so‘ng, Jabroil (as)dan oyati karimalarni qandoq qabul qilib olgan bo‘lsalar, shundoq qilib o‘qib berganlar. Mirzalik qiluvchi sahobalar oyatlarning har bir harfini ulkan ehtimom ila yozganlar, boshqa sahobalar esa, ana shundoq ehtimom ila yod olganlar.
Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridaga Hiro nomli g‘orda Q.ning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan.
Q. suralardan iborat, sura Q.ning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi. Q.da 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning ismi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan.
"Sura" so‘zi lug‘atda, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar istilohida esa, sura - Kur’on oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Q. oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura, deyiladi. Q. karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Q. suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar - "Makka suralari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar - "Madina suralari" (Madinada tushgan) deyiladi. Muhammad (sav) Q. oyatlarini farishtadan eshitib, yodlab olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu b-n birga, yozishni biladigan odamlar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b kabi kishilar o‘zlariga muyassar bo‘lgan xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Q.ni yozib borganlar.
Payg‘ambar (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. Shunday qilib, yigirma uch yil davomida Q. farishta orqali tushib ham bo‘lgan. Payg‘ambar (as) va sahobalar yodlab ham bo‘lishgan hamda yozishni biladiganlar yozib ham bo‘lishgan. Muhammad (sav) hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Q. jamlab kitob shakliga keltirilmagan. U kishining vafotlaridan keyin Q. kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi. Muhammad (sav)dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr (ra) boshliq etib saylandi. Uning davrida dindan qaytganlar b-n musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O’sha janglarda Q.ni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga, qorilar o‘lib ketaversa, Q.ga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni unga topshirdi. Chunki, Zayd ibn Sobit Payg‘ambar (sav) b-n juda ko‘p birga bo‘lgan, Q.ni eng yaxshi yod olgan va uni payg‘ambar huzurida yozgan, Payg‘ambar vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Q.ni avvalidan oxirigacha o‘qib o‘tkazganida birga bo‘lgan edi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob (ra) va b. Q. karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning mustahkam, ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: "Kimning qo‘lida yozilgan Q. bo‘lsa va uni Payg‘ambar huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Q.ni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi", deb e’lon qiddilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniklik b-n bir yildan ortiq vaqtda Q.ni jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Q.ni kiyik terisidan ipshangan sahifalarga yozib bo‘ldilar va uni belidan bog‘lab, Abu Bakrning uyiga qo‘yib qo‘ydilar. U kishi olamdan o‘tgandan keyin sahifalar Umarning uylarida, u kishidan so‘ng esa, qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa binti Umar huzurida qoldi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:40:50

Vaqt o‘tishi b-n Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Q.ni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan o‘sha vaqtdaga xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridaga sahifalarni so‘rab olib, undan olti nusxa ko‘chirishga buyruq berdi.
Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bittadan qori qo‘shib jo‘natdi va hammaga faqat shu nusxadan Q.ni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi.
Usmon (ra) Makkaga bir dona mushaf b-n birga Abdulloh ibn Soibni yubordi. Shomga bir dona mushaf b-n birga Mug‘iyra ibn Shihobni yubordi.
Kufaga bir dona mushaf b-n birga Abu Abdurrahmon Silmiyni yubordi. Basraga bir dona mushaf b-n birga Omir ibn Abdul Qaysni yubordi.
Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon (ra) o‘zlariga bir dona mushaf odtsilar. Bu mushaf Imom mushaf deb nomlangan. Keyinchalik,nusxa ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi jarayonida faqatgana Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo‘ldi. Oxiri kelib, har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nusxa Mushafi Usmonga muvofikdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi.
Shundoq qilib, Q.ning harflarini yozib uslubi bir xilligi ham saklab qolindi. Bu ma’nodagi ehtiyotkorlik shu darajaga yetdiki, Q.ning harflariga biror nuqtachalik ham o‘zgarish kirmasin, degan qasd ila ulamolar, mushaf ichiga gul, daraxt bargi va shunga o‘xshash boshqa narsalarni mutlaqo qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda, o‘sha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo bo‘lishi mumkin, deb fatvo chiqardilar.
Zamon o‘tishi b-n olib borilgan maslahatlardan so‘ng, kishilar Q.ni xato o‘qimasliklari va Q. qiroati haqida turli ixtiloflarga tushmasliklari uchun, mushaflarga fatha, kasra, zamma alomatlari qo‘yish kerak, degan fikrga to‘xtaddi. Bunda ham asl harflarga zarra o‘zgarish alomati kirmaslik shartlari ishlab chiqildi. Tarixda bu ish Q.ni nuqtalash, nomi ila sobit bo‘ldi. Chunki, mazkur o‘ta ahamiyatli ishni hazrati Alining amrlariga binoan amalga oshirgan olim Abul-Asvad ad-Dualiy yuqorida zikr qilingan alomatlarni harflarning usti, osti va o‘rtasiga qo‘yilgan nuqtalar ila ifodalagan edi.
Keyinchalik, zamon o‘tishi b-n, vaziyat taqozo qilganda, boshqa alomatlar ham xuddi shunday ehtiyotlik va aniqlik b-n qo‘yib chiqildi. Zamon o‘zgarib, texnik taraqqiyot davri kelganda, Q.ni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Ulamolar dastlab, bu ishga ruxsat bermadilar. Ular mazkur uslub ila chop etish Q.ning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi, degan tushunchaga | borgan edilar. Vaqt o‘tishi b-n musulmonlar ! ham chopxona ishlarini o‘zlashtirdilar, Q. karimni ko‘plab chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qo‘yib, Q.ni chop etishga izn berdilar.
Q. islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va 1-manbaidir. Musulmon faqixdar | biror  narsaning shariatdagi  hukmini bilmoqchi bo‘lsalar,  albatta,  oldin Q.ga | murojaat qiladilar. O’sha o‘zlari izlayotgan ] hukm haqida Q.da biror hukm bo‘lsa, uni darhol I qabul qiladilar. Usha narsa Q.da bo‘lmagan taqtsirdagana sunnat, ijmo’, qiyosga murojaat qilishga o‘tadilar. Boshqa sohalarda ham xuddi shundoq. Hatto arab tili qoidalari ham Q.dagi so‘zlar va oyatlardan olingandir. Q. o‘ziga e’tiqod qiluvchi xalklar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalklarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqarashlari va b. narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirgan. Hozirgacha Q. son-sanoqsiz odamlar tomonidan ishonchli tariqada naql qilinib kelinmokda. Bu naklda asosiy e’timod yod olishgadir. Har bir qori o‘z shogardiga har bir harf, har bir kalima, har bir oyat va xar bir surani o‘z ustozidan qandoq qabul qilib olgan bo‘lsa, xuddi ana shunday qilib yetkazishi shart. Shuning uchun ham har bir Q. o‘quvchi musulmonning kiroat bo‘yicha silsilasi Payg‘ambar (sav) yetib boradi. Ana shu silsilaga suyanilmasa, ya’ni avloddan avlodga o‘tib kelgan rasmiy qiroat izni bo‘lmasa, Q. o‘quvchi qori hisoblanmaydi. Q. qiroati to‘g‘ri bo‘lishi uchun ustozdan tajvid ilmini o‘rganish kerak. Shogard o‘z ustozidan har bir so‘z talaffuzini va b. kerakli narsalarni eshitadi va o‘zi tayyorlanib qayta o‘qib beradi. Ustozi oyat yoki surani to‘g‘ri qiroat qilinganiga rozi bo‘lganidan keyingana boshqa oyat va suralarni o‘rganishga o‘tiladi.
Har bir musulmon uchun o‘ziga kerakli mikdorda Q.dan yod olish farz ayndir. Har bir musulmon jamiyatda o‘zlariga kerakli mikdorda Q.ni to‘liq yod olgan qorilar bo‘lishi farzi kifoyadir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:41:27

QUSAM ibn ABBOS, ibn Abdulmuttalib ibn Xoshim al-Qurayshiy (taxm. 624-677) -sahobalardan. Muhammad (sav)ning amakivachchalari. Otasi - Abbos ibn Abdulmuttalib - Rasululloh (as)ning amakilari. Onasi - Rasululloh (as)ning zavjalaridan bo‘lgan Maymunaning singlisidir. G’iyosiddin Javhariyning yozishicha, hazrat Kusam payg‘ambar (as) vafot etganlaridan so‘ng ul zotni yuvganlardan biridir. Rivoyatga ko‘ra, Q. ibn A. bu paytda 8 yoshda bo‘lgan, uning aftu basharasi va qiliqlari butkul payg‘ambar (as)ga o‘xshash edi. Xalifa Ali ibn Abutolib (kv) davri (655-661)da Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya davri (661-680)da Xuroson voliysi Said ibn Usmon b-n birga O’rta Osiyoni fath etishda qatnashgan. "Samariya"da yozilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgazmoq tilagida Q. ibn A.ni bir necha islom qo‘shini b-n birga Samarqandda qoldirgan. 677 y. sug‘diylar shaharga hujum qilgan. Samarqand sh.ning Namozgohida Qusam shahid bo‘lgan. Uni Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa manbalarda - G’oziylar yonida) dafn etganlar. Sulton Sanjar Moziy zamonasida (1118 -1157) o‘sha qabristonda "Qusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i yaqinida bo‘lgan Amir Temur davrida ushbu mozor imorat qilinib, turli bezaklar b-n bezatilgan. Xalq orasida Shohi Zinda ("Tirik shoh") nomi b n mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr me’morchiligining eng noyob obidalaridan sanaladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:41:49

QUTAYBA ibn MUSLIM, al-Bohiliy, Ab Hafs (taxm. 660 - 715) - umaviylarning Xuroson va Seyistondagi noibi (705-715) sarkarda. U 705-715 y.lar orasida Movarounnahrning katta qismini (Romiton, 707; Varaxsha, Poykend va Buxoroni, 709 Shuman, Kesh va Nasaf, 710; Koshg‘ar, 713 715) Arab xalifaligiga tobe ettirgan. 715 y Qilichmozor degan joyda (hoz. Andijon viloyati, Jalolkuduq tumanida, Andijondan 20-22 km sharqi-jan. tarafda) isyon ko‘targan arab askarlari tomonidan o‘ldirilgan Narshaxiyning yozishicha, "Qutaybani qabri Fargonada mashhur bo‘lib u "Raboti Sarhang degan joyda, "Koh" deb ataladigan bir qishloqda joylashgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:42:03

QUTB - tasavvufdagi eng yuqori daraja Tasavvuf falsafasiga binoan, Q. komil inson Allohning yer yuzidagi "xalifasi", uning insoniyat b-n aloqasida vositachi. Sufiylikda Q. va b. yuqori martabalarga erishgan shu kabi zotlar haqidagi qaydlar Tustariy va Hakim Termiziy (9-a.) asarlarida uchraydi. 10-11 a.larga kelib, barcha sufiylar Q.ni tan olishgan, deyish mumkin. Ular dunyoda bir vaqtning o‘zida faqat bir Q. yashashi mumkin deb hisoblashgan. Shu bois Q.ni "zamon qutbi' "zamon sohibi" va "zamon mardi" deb tavsiflashgan. Sufiylar fikricha, Q. dunyoda Allohga ma’qul keladigan tartibotni saqlab turishga da’vat etilgan. Q. oddiy insonlar kabi oila quradi, molu dunyo to‘playdi payg‘ambarlarning xalifalari sifatida xalqni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab turadi. Lekin odamlar ularning Q. ekanligani sezmaydi. Q haqidagi ta’limot Ibn Arabiy va uning izdoshlari tomonidan bayon qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:42:34

QUSHAYRIY, Abulqosim Abdulkarim ibn Havozin (986-1072) - xurosonlik ilohiyotchi va sufiy, tasavvufdagi mumtoz risola "ar- Risola fi ilm at-tasavvuf" ("Tasavvuf ilmi haqida risola") muallifi. Nishopur atrofidagi Ustuvo mavzesida dehqon-arab oilasida tug‘ilgan. Bolalikdan harbiy san’atdan (furusiya, isti’mol as-siloh), arab tili, adabdan ta’lim olgan. O’smirlik chog‘ida Nishopurga borib mashhur sufiy-ash’ariy Abu Ali ad-Daqqoq b-n uchrashgan va tez orada uning sevimli shogirdiga, so‘ngra esa, kuyoviga aylangan. Ustozining maslahatiga ko‘ra, Q. Abu Bakr at-Tusiydan shofi’iya fiqhini, so‘ngra ash’ariya kalomini o‘sha davrning yirik allomalari Ibn Furoqa va Abu Ishoq al-Isfaroiniylardan o‘rgangan. Ad-Daqqoq vafotidan so‘ng Q. uning madrasasida sufiylar majlisiga (majlis at-tazkir) rahbarlik qilgan. 1046 y. hajdan qaytgach, Q. madrasada hadisdan saboq bera boshlagan (majlis al-imlo) va tez orada Nishopurning eng ko‘zga ko‘ringan diniy arbobiga aylangan. Taxm. 1048 y.dan e’tiboran rahbarlaridan biri Q. bo‘lgan ash’ariy-shofi’iy guruhi nishopurlik hanafiylar tomonidan qattiq quvg‘in ostiga olingan. Hanafiylarni saljuqiylar vaziri al-Kunduriy qo‘llab-quvvatlagan. Q. qamoqqa olingan, so‘nfa tarafdorlari tomonidan ozod qilinib, Bag‘dodga ketgan, u yerda xalifa al-Qoim saroyida hadis ilmidan dars bergan. 1063 y. vazir xalifa g‘azabiga uchrab, so‘ngra qatl etilgan (1064). Q. Nishopurga qaytgan. Q. islomiy ilmga doir 20 dan 30 tagacha, jumladan 2 ta tafsir, hadislar, sufiylik nazariyasi va amaliyotiga doir asarlar yozgan. Uning "ar-Risola fi ilm at-tasavvuf" asari sufiylar uchun qo‘llanma bo‘lgan va shunday bo‘lib kelmokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:43:49

- G' -

G’AZAVOT - q. Jihod.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:44:08

G’AZOLIY, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy (1058-1111) - yirik ilohiyotchi olim, faylasuf. Tus sh. (Xuroson)da tug‘ilgan. Nishopur sh.da ash’ariy ulamo Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng R. haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashkda 11 yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi b-n yana Nizomiya madrasasida mudarrislik qildi.
Asosiy asarlari "Tahofut ul-falosifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyoi saodat" ("Saodat kimyosi"), "Ixyo ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish") va b.da R. islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan. An’anaviy sunniylik aqidalarini sufiylik ideallari b-n birga qo‘shib talqin etgan. Inson iroda erkinligi va ilohiy taqtsir masalalarini ko‘rib chiqib, "kasb" ("o‘zlashtirish") g‘oyasini oldinga surgan. R.ga ko‘ra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan o‘ziga maqbulini tanlab olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qo‘yilishi (takdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning o‘zi mas’uldir. Bir necha asarlarida G’. musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va b.) b-n olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi, ruhning o‘lmasligi muammolari, sababiyat nazariyasi va h.k. bo‘yicha bahs yuritgan. Islom tafakkuri va o‘rta asr Yevropa falsafasiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Zamondoshlari tomonidan "Hujjat ul-islom" ("Islom dalili") deb ulug‘langan.

Qayd etilgan