G’AYB (arab. - insondan goyib hodisalar) -inson sezgi a’zolari b-n his eta olmaydigan, bilish imkonlari b-n idrok eta olmaydigan hodisalar. Inson o‘zining nechog‘li bilimdonligi b-n g‘ururlanmasin, uning bilganidan bilmagani ko‘p bo‘lib qolaveradi. O’sha R. narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bo‘lsa, ilohiy vahiydir. Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.
Mo‘min-musulmonlar R.ga iymon keltirish b-n boshqalardan ajralib turadilar. Chunki, aqida bobi, asosan, R.ga, ya’ni, ko‘zi b-n ko‘rib, qo‘li b-n ushlamagan narsalarga ishonishdan iboratdir. Allohga imon keltirish ham R.ga imondir. Shuningdek, farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, do‘zaxga, yaxshi-yu yomon qadarning Alloxdan bo‘lishiga imon keltirish ham R.ga ishonishdir.
Ushbular va bundan tashqari insonni har tarafdan o‘rab turgan, o‘tmishni, hozirni va kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar g‘aybiyotdir. Inson G’.ni bilish borasvda g‘oyat ojizdir. U birinchi inson - Odamatoning qaerda va qachon paydo bo‘lganini bilmaydi. Bilishi mumkin bo‘lgan narsa - Qur’oni karimdagi ma’lumotlar. Boshqa hammasi taxmin, gumon, faraz va h.k. Inson hatto o‘z boshiga kelajakda qanday hodisalar kelishini bilmaydi. O’ziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin, olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni umuman bilmaydi. Alloh taolo esa, ularning hammasini bilguvchidir. G’.ning kalitlari Alloh taoloning O’zidaligi shundadir. Bu kalitni hatto Payg‘ambarlar ham bilmaydilar. Kimki, R. ilmini da’vo qilsa, kofirlardan bo‘ladi.
Aqoid ilmida "g‘aybiyot" deb nomlangan, imon keltirish lozim bo‘lgan narsalardan, Arshni, Kitobni va b.ni aytish mumkin.