Horijdagi vatandoshlar  ( 160963 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 23 B


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 21:18:35

Assalomu alaykum!
Ushbu bo`lim orqali horijda hozirda yashayotgan, o`z mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz haqida ma'lumot beriladi. Ayni paytda O`zbekistonda bo`lmagan vatandoshlarimiz! O`zingiz haqingizda, sizni qiynayotgan muammolar, horij hayoti, Vatan sog`inchi haqida ko`nglizgizga tugib qo`ygan sara fikrlaringizni biz bilan baham ko`ring.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Ozoda  23 Iyun 2006, 02:15:44

Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Iyun 2006, 17:59:58

Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D

Va alaykum assalom!
Sizga oq yo'l tilaymiz! Ota-onangiz bag'riga eson-omon qaytib olishingizga tilakdoshmiz.
Vatanga qaytib ham forumda faol bo'lishingizni tilayman.


Qayd etilgan


Muhlis  01 Iyul 2006, 09:27:04

O'zbekiston diyoriga etadigan joy yo'q. Buni men samimiy aytayapman. Balkim vatanim bo'lib o'rganib qolganim uchundir. Misol uchun, Amerika "sehrli" diyorda (boy davlat bo'lishiga qaramay) ovqat masalasida juda qiynaladi kishi (mazali taom iste'mol qilishga o'rganagan kishi). Tabiiy narsa juda kam, bori ham qimmat va mazasi yo'q.

Qayd etilgan


Feruzabegim  01 Iyul 2006, 10:56:04

Assalomu alaykum.
Xorijdagi o'zbeklarim, sog' omonmisiz?
Mana biz Ollohga shukr, keldik. BAribir, VAtanning tafti, mehri, hamma hammasi boshqacha bo'larkan. Unga dunyoning hech qaysi ne'mati teng bo'la olmaydi.
BArchalaringizga omad tilayman.
Barchalaringizga ona Yurtlaringizga eson omon yetib kelish baxti nasib etsin!

Qayd etilgan


Ozoda  04 Iyul 2006, 12:34:06

Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!

Qayd etilgan


Umarbek  20 Iyul 2006, 02:30:44

  Assalomu alaykum forum ishtirokchilari,
Avvalo sizlarni his qilib turganimdan Allohga beadad shukurlar aytaman.
Hammalaring sog-salomat yuribsizlarmi kimdir, chet elda, yana kimdir o'z ona yurtimizda va eng asosiysi o'z ota-onasi bilan birga. Mana shu narsa mani ko'nglimni qiynaydi, manda yoshligimdan sog'inch kuchi juda kuchli edi, o'zim ham bilmayman sababini aslo. Maktab chog'larimda yozgi ta'til paytlarida oromgonga borar edim va hech ham ko'nika olmas edim, uyga shunqa talpinar edim, ota-onamni shunqa sog'inar edim, buni tasavvur qilib yoki so'z bilan tariflash juda mushkul vazifa hisoblanadi. Yillat o'tib katta bo'lib hozirda bu tuyg'u manda qolmagan bo'lsa kerak deb o'ylagan edim, lekin hato qilgan ekanman, bolalik paytimda qanaqa bo'lsa shundayligicha turibdi, faqat hozir man tuy'guni ota-onamni muborak yuzlarini ko'rib, sog'inchimga taskin bera olmayman, albatta ma'lum vaqtgacha, biroq manda shu sog'inch yoki shu tuyg'u juda kuchli tarafdan o'zini ko'rsatmoqda. Avvalo ota-onam va qolaversa o'zimizni yurt sog'inchi shunqa kuchli o'tmoqda manda, Alloh nasib hudo hohlasa yana o'z ota-onam bag'irlariga qaytaman, biroq ungacha bu ko'ngulga qanaqa qilib tushuntirishni bilmay yuribman.
Albatta horijda hamma narsa, yoningizda bekamus kus turishiga qaramay, baribir tongda ko'zingizni ochganingizda boshqa yurtdasiz.
Aziz do'stlarim albatta bu balki hammada bo'ladigan holatdir, sizlarda ham shunaqa tuyg'ular jo'sh urgandir yoki hali ham balq urib kelmoqdadur. Hozir man faqat sizlar bilan mana shu forum orqali suhbatlashib ko'nglimga ozgina bo'lsa ham taskin berib kelmoqdaman.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:27:43

Kundan-kun to'kilar yurakning sabri,
Ona,sog'inchlarim bo'ldi bir osmon.
Sog'indim tuprog'im,sog'indim yomon,
Meni olib keting o'z diyorimga... :'(

Qayd etilgan


Shoxjahon12  28 Iyul 2006, 12:06:02

Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!
Assalomu alaykum
Mana men ham Vatanimiz O'zbekistonga yetib keldim  ;D
Mazza ya!!!!!!!!!!!!!
Lekin qanaqadir testdan o'tishim kerak ekan....shunga sal havotirlanyapman!!!
Hamma Horijdagi Vatandoshlarimizga Alangalik SALOMLAR!!!

Eson-omon yetib kelganingiz bilan tabriklayman.
Xorijda olgan bilimlaringizni yurtimiz rivojiga sarflashingizga tilak  bildiraman.

Qayd etilgan


Zafarbek  06 Avgust 2006, 03:13:27

Assalomu aleykum barchaga! Manhma hozir forumdagi yurak sadolariyizi o'qib shu forumga a'zo bo'ldim! Hammalarinnga sihat saodat tiliman!

regards from EU
Belgium

Qayd etilgan