Behzod:
Assalamu alaykum,
Boburning onasi mo'g'ul bo'lgan, shuningdek, u Hindistonga bostirib borganda qo'shinining ko'p qismini mo'g'ul millatidagilar tashkil qilgan. Shuning uchun g'arb tarixchilari Hindistonda bir necha asr hukm surgan boburiylar sulolasini mo'g'ullar imperiyasi deb atashadi.
Yana bir narsani tan olishimiz kerak. Agar temuriylar sulolasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, amirlar, hatto Temurning o'zi ham naslini mo'g'ullarga yaqinlashtirish, iloji bo'lsa, mo'g'ulllardan qilib ko'rsatishga intilganlar. Chunki o'sha davrdagi an'anaga ko'ra, faqat mo'g'ul naslidan bo'lganlargina taxtga munosib ko'rilgan. Temur mo'g'ul xonlarini kuch bilan surib chiqargan bo'lsada, taxtga rasman mo'g'ul xonini ko'targan. O'zi esa mo'g'ullardan bo'lgan beva Saroymulkxonimga uylangan. Bundan maqsad amirlik maqomini qonunan mustahkamlash bo'lgan.
Bobolarimizning shu ishlari meni ajablantiradi.
Toj Mahal haqida yaqinda bir yangilik eshitib qoldim. Uning nomini Sita mahal deb o'zgartirishmoqch ekan. Bu qanaqa bema'nilik. Uni musulmonlar qurgan. Sita esa qandaydir hindu dinidagi bir ayol, Ramning ayolimi, bilmayman. Musulmonlar davrida Toh Mahalga kirish juma kuni bepul bo'lgan. Hindlar egallab, shu yaxshi an'anani ham bekor qilishdi.