Horijdagi vatandoshlar  ( 163115 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:19:51

Feruza;

Assalomu alaykum!
Xorijdagi o'zbeklarim, yangi yilni nishonlaysizlarmi? qanday qilib? uydan uzoqda bo'lganda, boshqacha bo'larkan-a! shu haqida yozing.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:20:06

Ketaman:

korey dan , bzar yangi yil kuni hudo holasa uzbek tanish bolla hammamiz yig'ilishib uzbekcha ovqat pishirib eymiz mazza qilib ...internet kasaliga duchor bo'ganlar qorin to'ygandan keyn PC ga boramiz qoganlar uyda ketganlarni g'iybat qilib mazza qilib kulishib o'tiramiz.uydan kelgan kassetalarni ko'ramiz yana nima deymiz ~?ustimiz but - qornimiz to'q .kissamiz to'la pul bar bir yanaaa shu-shu uzbekistonni bollarmizni soginamiz ...manga o'xshagan yolg'iz ishlaydiganlar bayramdan keyn uyga borb ho'ngraaab ho'ngraaab yiglagisi keladi-yuu .ho'ngramasdan yig'lab qo'ya qoladi.qalay
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:20:26

Behzodbek:

Assalamu alaykum, yangi yil haqida yozmoqchi edim. Bu gaplarim aksariyatimizda norozilik uyg'otsa ham, buni mening nohaqligimdan emas, balki bizlarning bu illatga qanchalik botib ketganimizni anglatadigan o'lchovlar deb qarashingizni istardim.
Yangi yilni nishonlash xristianlarning "Rojdestvo" bayramidan kelib chiqqan odat hisoblanadi. Uni nishonlash ulamolarning ittifoqi bilan Islom shariatida taqiqlangan. Lekin bu narsa xalqimizda shunchalik urfga aylanib ketganki, uni hatto 5 vaqt namoz o'qiydigan, o'zini komil musulmonman, deb hisoblaydigan yurtdoshlarimiz ham ko'r-ko'rona nishonlaydilar. Zohiran, bayram tadbirlarida noshar'iy ishlar ko'rinmasada (lekin aksariyat tadbirlarda noshar'iy ishlar qiliniadi),uning taqiqlanishi boisini anglolmay qosir aqlimiz bilan shubhaga bormaylik. Dinimiz, shariatimiz qiyomatgacha boqiy deb iymon keltirdikmi, uning fatvolarini tom ma'noda qabul qilaylik. Zero, Qur'oni Karimda Islomni to'liq qabul qiling, bir amalini olib, boshqasini tark qiluvchilardan bo'lmang, degan ma'noda oyati karima bor.

Biz komil musulmonmiz, 5 vaqt namoz o'qiymiz, lekin qilayotgan amallarimiz hammasi shar'iy to'g'rimi? Bu haqda qachon o'ylaymiz? Kundalik hayotimizda nafaqat yangi yil, balki boshqa amallarda ham juda ko'p noshar'iy ishlarga bilib-bilmay qo'l uramiz. Bularni bartaraf etish uchun komil faqih bo'lish shart emas. Alloh bergan aqlimizni, farosatimizni umumiy o'lchov o'laroq bilib qilayotgan amallarimizga boqishimiz kerak. Zero abadiyat oldida zarraning milliarddan biri ham bo'lmagan bu foniy dunyoda qilgan ishlarimiz ana o'sha abadiyatga yo'llanma tayyorlashini unutmayliki. Bu abadiyat esa yo azob, yo rohat bo'lishi mumkin...

To'liqroq va aniq hujjatlar uchun islomiy saytlaga murojaat qiling. Zero, men ham fikrlarimni shunday manbalardan olgan xulosalarimga ko'ra beryapman.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:20:43

Abdulaziz:

Ha, albatta uydagilar bilan quvonchli kunlarni birga o'tkazish maroqli, ayniqsa uydan yiroq bo'lgan kimsalarga.
Garchi 300 kmgina narida bo'lsam-da, sessiyalarni yopdim-u, uyga, ota-onam bag'riga shoshildim. Uyda esa mani mingyil ko'rishmagan insonlarday kutib olishadi, har doim, ayniqsa, ayamning quvonchlari ichiga sig'maydi. Xuddi yosh bolalardek, har xil shirinliklar olib qo'yadilar, kelishim bilan tezda olib chiqadilar...
Oldimga o'tirib oladilar-da, yuzlarimga tikilib, hol so'ray boshlaydilar. "Bolam, san musofirchilikdasan, qanday ovqat yeysan..." deya kuyinadilar. Keyin dadam keladilar. Ular bilan ham quchoqlashib ko'rishadilar. Keyin qarindoshlar kelishadi, birin-ketin - mani ko'rgani - toshkentdan kelgan "student"ni ko'rgani...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:20:59

Feruza:

Barcha ota onalar shunaqa bo'lsa kerak. ular har doim bizdan xavotirlanishadi, dunyoda ulardanda g'amxo'r odam bo'lmasa kerak!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:21:09

Ketaman:

xa man ham uzbekistonda paytimda uydan 10 km uzoqda 1 hafta yurib kelar edim xar keganmda dadam onam ukalarim hamasi kelib oldimda o'tirib olishadi ovqat eyshimga qaraaab huddi man ocharchilikdan kelgandek. o'sha paytda 18 yoshda man ,,18 ham yosh mas dadam erkalataveradila uyalganimdan qizarib ketar edim yonimda ukalarim ham bor. bar bir inson chetga chiqishi kerak deb bildim ,ota -ona ,aka uka,xotin bola chaqa larnig qadriga etar ekan .unda xam .,,xamma xam emas xozir yonimizda 90% bollar ichkilikga ruju qo'gan uzb da umuman ichmagan bolla ham shu erga kelib ishganlar. uzbekistondan birgalikda kelgan bollar chqirishib qoldi oydekkgina bollar edi yoniga borsam ichib olganlar o'gziga kegan duch kegan gapni gapirypdi ota onasi xotin bola chaqasini ham o'zini ham pazor qilypdi hudoga ham shak ketraveradi hullas og'zi tinmay gapirsa bolla kulsa bo'ldi hamasi shunaqa bo'lib o'tiribdi 3 yil oldin ko'rgan bollar namozxonlari ham bor edi xamasi sharmanda 3 yil deganda korishdik 15 minutga zo'rga chidadim chiqib ketdim ,,taxsi da uyga ketdim borib yana yig'ladim .uzb da bolamga 1 shapaloq urgan man uni eslab ham yig'layman kimdir yaqinlarini sog'inib ichishga ruju qo'yadi kimdir chekishga-xar kim xar xil -man juda sog'inaversam yig'lagim keladi -xama narsa ga yig'lagim kelaveradigan bo'lib qolgan odamlarnig o'zgarib ketganiga ham-uzbekistondagi yoshlarnig kiymlariga ham .onasidan tug'ilgan yoshi 25 -30 ga borgan kalimasini bilmaydigan insonlarni koraman unga ham yig'layman xamasiga yiglaydgan bolib qolibman .yonimda bolla bosa unday mas ,hech kimyoqligida mazza qilib ..bu erda yuribman 3 yil dan bu yon xuddi hech kimga keragim yo'qday xech kim mani soginmaydigan deb tuyiladi. aslida unday emas ular har kuni namozda ovqat eb boganlarda xamma vaqti mani duo qilishadi ayolim namoz oqiganida yonida farzandlarim b-sa ular ham qoshilib ,kichkina qo'lchalarini kotarib dadam dadamiz baxtimizga sog salomat bolsinlar deb...(manig yozuvlarimga tushuna olarmikansila -boshlarz og'irib qoldimi) xayr salomat boliglar

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:21:19

maknuna:

Assalomu alaykum!
Kuyunchalik bilan yozganlaringizni o'qib chiqdim. Albatta Vatandan yiroq bo'lgan - silaga judayam qiyin.
Lekin siz etgan "ba'zilar"ning o'zga yurtda zalolat botqog'iga botishlariga kuyindim.
Kimdir ularni horij buzgan, u yoqda ko'rmaganlarini, bu yerda ko'rayapti deyishi ham mumkin. Avvalo, hammasi insonni o'ziga bog'liq deb o'yliman.
Iymoni butun inson qayerda bo'lmasin, o'zligini unutmiydi.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:21:30

Behzod:

Assalomu alaykum, birodar "k Guest". Xatingiz judayam ta'sirli.
Alloh sizga sabr bersin, inshaalloh, hammasi yaxsh bo'ladi. O'sha buzilgan vatandoshlar bilan, menimcha, qochish emas, aksincha, yaqin bo'lish kerak. Ular atrofdagi muhit ta'siridan, yonida yaxshi insonlarning yo'qligidan, xullas, qalbdagi iymon o'zi xohlagan ozuqani ololmaganidan, ehtimol, shunday ahvolga tushgandirlar. Ular haqqiga ham duo qiling, Alloh ularga insof bersin.

Bugungi dunyoda musulmon odamning iymoni salomat qolishi uchun jamoat, ya'ni yaxshilar jamoati, suhbati judayam zarur. Ilohim, Alloh har doim bizlarni yaxshilar bilan birga qilsin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:21:41

Ketaman:

Assalomu alaykum ,raxmat silarga -Hammmalrizni kirib kegan yangi 2006 bilan tabriklayman .
O'tgan yil ushalmagan orzulariz, maqsadlariz bo`lsa, bu yil 2006 yilda hammasi ushalishini Allohimdan tilab qolaman.xech kimnig orzulari, armonga aylanmasin...
Allohim hammamizga insof-tofiq bersin ..
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:22:02

Feruza:

postingizni o'qidim. Ming afsus ba'zida shunaqa holatlar ham uchraydi. xudoga shukr, men unaqa holatlarning guvohi bo'lmadim, lekin ba'zida o'zbeklar bilan gaplashganimda, ikki munosabatini aytishsa yoqamni ushlayman. nahotki, shunaqa bo'lsa! axir biz bir yurtning odami bo'lsak! bir birimizning ko'zimizga cho'p suqamizmi? Bir biriga yaxshilik qilib, uzoq yurtda ona Vatanning sog'inib yashash o'rniga qanaqangidir be'mani narsalar bilan shug'ullanishga vaqt topadigan, o'zbek nomini yerga uradigan insonlarni tushunmadim, hatto nima deyishni ham bilmayman.
Ollohdan ularga faqat insof so'rab qolaman!
   

Qayd etilgan