Horijdagi vatandoshlar  ( 163142 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:22:32

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Bundan 1-2 oylar avval forumda "G'ayridinni bayram bilan tabriklasa bo'ladimi?" mavzusida bahs ketgan edi. Bunda bilib-bilmay ancha fikrlar, "hukmlar" berib yuborilgan edi.
Islom dini umuminsoniy din! U hammaga bir xilda hurmat ko'rsatadi.

Iqtiboslar:

Behzodbek:
O'zga dindagilarning bayramida ishtirok etish, ularni qutlash mumkin, degan gapni qayerdan oldiz? Mutlaqo bunaqa gap yo'q. Hatoo, bugun juda ommaviy bo'lib ketgan yangi yilni kutish masalasiga ham ulamolar qattiq turishadi.

Maknuna:
Sal dinni kengroq tushuning birodarim,
Siz birovni bayram bilan tabriklaganingiz bilan siz ham shu bayramni nishonlagan bo'lib qolmaysiz. Yoki musulmonlarning (mashhur ulamolarning ham) boshqa din vakillarini bayramlari bilan tabriklaganlarini va aksincha eshitmaganmisiz? Bu umuminsoniy qadriyat!
Payg'ambarimiz sav esa ularga o'xshab qolishdangina qaytarganlar. Aksincha boshqa din vakillari bilan ham aloqalarni yaxshi qilish kerakligini uqtirganlar.
Ramazon oyida hatto xristian davlatlari ham musulmonlarni hurmat qilib, ularni tabrikladilar, iftorliklar uyushtirdilar. Shu hurmatga biz ham javob berishimiz sizningcha, nahotki "bema'nilik" bo'lsa?

Feruza:
assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
yuqoridagi postlarni o'qib, rosa hayron qoldim. nahotki boshqa dindagilarni bayrami bilan tabriklash mumkin emas! oldin hech eshitmagan ekanman. agar bu gunoh bo'lsa, bilmadim nima bo'ladi.... chunki boshqa davlatda yashaganizdan keyin ularning bayram va qadriyatlarni hurmat qilishga majbursiz. lol qoldim!

Behzodbek:
Assalomu alaykum, Maknuna,
Masalani to'g'ri tushuning, bu yerda gap botil e'tiqodlarning botil bayramlari haqida ketyapti. Aqoid kitoblarida yoziladiki, agar ular shu bayram taomlaridan sizga ham olib chiqishsa, siz yemasligingiz kerak. Tabrik nima degani o'zi? Ma'qullash, xursandchiligiga sherik bo'lishmi? Siz o'zi Aqoid o'qiganmisiz? Aqoid ilmlarning boshi, aqidamiz xato bo'lsa, ming yil ibodat qilmaylik bir pul. Shuning uchun o'z aqlimiz bilan emas, shariat bergan yo'l bilan hukm chiqaraylik. Zero, biz uchun bugun ko'p narsa g'alati bo'lib tuyuladi, hikmatiga yetmasligimiz mumkin.


Xuddi shu tortishuvli masala yuzasidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusfdan so'ragan  edik:
Iqtibos
Assalomu alaykum Shayx hazratlari!
G'ayridin yoki ahli kitobni bayramlari bilan tabriklasa bo'ladimi? Agar yaqin g'ayridin o'rtog'iz chaqirsa ularning bayramiga borsa bo'ladimi? Ahli kitobning dafn marosimida ishtirok etsa bo'ladimi (ibodatida emas)?
Ularning javoblari quyidagicha bo'ldi:

Уламолар сиз айтган ишларга рухсат берганлар. Байрамда табриклаш, ўлимда таъзия билдириш билан чекланган яхши.
http://www.islam.uz/forum/phpBB2/viewtopic.php?t=1385

Bilib bilmay turib diniy mavzuda "hukm" berishga shoshilmaylik.
Alloh barchamizning gunohlarimizni kechirsin! O'zi rozi bo'ladigan yo'ldan yurishimizni nasib aylasin!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:22:44

Behzodbek:

Assalomu alaykum.

Abdulaziz, mavzuni yana ko'tarib yaxshi qilibsan. Chunki, masalani aniqlashtirib olish kerak. Bilib-bilmay turib "hukm" bervorgan bo'lsak, albatta, buni to'g'rilash kerak.

Shayx hazratlari masalaga juda qisqa javob beribdilar va bu masalada buning aksiga fatvo bergan ulamolar ham bor. Men yuqoridagilarni bilib bilmay yozmadim, balki hanafiy mazhabi bo'yicha o'zim o'qigan kitoblar va ahli ilm birodarlar bilan bo'lgan suhbatlardan eshitganlarim asosida berdim. Men yana bu mavzuni surishtiraman va inshaalloh, yozganlarimiz xato bo'lsa, sizlarga yetkazamiz. Alloh hammmizning xato-gunohlarimizni kechirsin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:22:56

Maknuna:

Assalomu alaykum!
Rahmat sizga AbdulAziz, masalaga oydinlik kiritganingiz uchun!
Alloh rozi bo'lsin!

Islom dini umuminsoniy din! Uni tor ta'riflamaslik kerak. Ulamolar ham yengilini targ'ib qilishgan. Payg'ambarimiz ham yengillashtiringlar, deb tavsiya berganlar.

Gunohlarimiz O'zi kechirsin!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:23:09

Feruza:

Assalomu alaykum!
Xorijdagi va yurtimizdagi qadrdon yurtdoshlarim! Sog' omonmisiz? Hayot tashvishlari bilan bo'lib, bir nafas tin olishga vaqtingiz bo'lmayotgandir? Oxirgi paytlarda nima yangilklar va o'zgarishlar bo'layapti? Shular haqida yozing. Axir bir birimizga kundalik hayotda dalda bo'lib, bir birimizni suyamasak, hayotning ma'nosi qoladimi?
O'zim yozadigan bo'lsam, o'tgan hafta eng qiyin va mas'uliyatli haftalardan biri bo'ldi men uchun. Lekin har safar mana shu forumga kirganimda, hayotning eng og'ir sinovlari kichkinagina tashvishday tuyuladi go'yo. Axir bu yerda yurtdoshlarimni ko'rgandek, ular bilan suhbatlashgandek bo'laman.
Siz ham yozing, ancha yengil tortasiz.

Boringizga shukr.
« Last Edit: Mar 7, 2006, 2:48am by Feruzabegim »   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:23:20

maknuna:

Va alaykum assalom Feruzaxon!
Yaxshimisiz? Vatanimizga baribir hech qayer yetmaydi.

Feruza, mana siz ozmi-ko'pmi boshqa yurtni ko'rdiz.
Uning qaysi jihatlari sizga yoqdi-yu qaysi biri yoqmadi?
Qaysi holatlardan biza ibrat olsak bo'ladi? izning qaysi holatlarimiz ular uchun ibrat bo'la oladi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:23:35

Feruza:

Assalomu alaykum.
Uzr, savolingizga kech javob berayotganim uchun.
Menimcha, har bitta xalqning o'ziga xos yaxshi tomoni bo'ladi, hatto eng qoloq xalqlar ham boshqalarga odob, bilim, va mehr bobida o'rnak bo'lishi mumkin.
Bu yerdagi insonlar ham o'zimizga o'xshash: samimiy, ochiq ko'ngil. Lekin, o'zingizning xalqingizga yetadigani yo'q. O'zbek xalqining mehmondo'stligi va bolajonligi birinchi galda aytib o'tmoqchi edim. Bu haqida go'p gapirganman, ba'zida birovlarga erish tuyulshi mumkin. Lekin, hali O'zbekchalik sodda, mehribon, mehmondo'st va bolajon xalqni ko'rmadim. Ulardan ham ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Menga eng yoqqan tomoni, o'z huquq va burchlarini bilishadi, va kerak paytda ularni himoya qiladi.
Men shu fikrdaman. ;)
« Last Edit: Mar 11, 2006, 2:25am by Feruzabegim »   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:23:48

matgilanets:

Amerika oilalari bolajon emasmi?
Nima uchun bolani yaxshi ko'rishmaydimi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:23:59

Feruza:

Bolajon, lekin baribir farzand haqidagi qarashlar o'rtasida farq bor.

p/s. Bitta katta oilada (barcha qarindoshlar bilan) bittagina bola bo'lsa, bilmadim qanaqa? ???

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:24:11

ozoda:

Yug'e e nimaga unaqaq deysiz, Amerika davlatlari ham
Yug'e bu nima deganiz, Amerika davlatlari ham bolalarni yaxshi ko'rishadi, faqatgina tarbiya berishi bizni tarbiya berishimizdan boshqacha.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:24:24

ozoda:

Assalomu alaykum hammaga!!
Vatandan uzoqda, va vatandagi vatandoshlarim omonmisizlar?
Hudoyimdan barchangizga omonlik tilab qolaman!
Men bu saytga yaqinda, to'g'rirog'i kecha yangi a'zo bo'ldim, bu saytni menga tanishtirgan Feruzabegimga(200 boshi) alohida katta ramat aytmoqchiman!!!
Men bu saytga endi doim kirib turaman!!
Feruza kecha va oldin kuni biznikida(Wichta Falls, TX) mehmon bo;lib ketdi. Vatandoshimni ko'rganimdan juda xursand edim!!! Bir diydorlashadigan insoning bo'lsa yaxshida, ayniqsa Horijda ekanligingda!!!
   

Qayd etilgan