Horijdagi vatandoshlar  ( 163129 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:24:36

Behzod:

18 mart ajoyib kun bo'ldi.
Javoharlal Nehru Universiteti talabalar shaharchasida Xalqaro taomlar festivali (International Food Festival) bo'ldi. Unda AQSH, Yaponiya, Koreya, Eron, Suriya, Norvegiya kabi ko'plab jahon mamlakatlari o'zlarining milliy taomlari bilan qatnashishdi. Jumladan, O'zbekiston ham o'zining milliy palovini biz talabalarga va xorijiy mehmonlarga taqdim etdi. O'zbekiston ishtiroki O'zbekistonning Hindistondahi elchixonasi tomonidan uyushtirildi.
Ajoyib kecha bo'ldi. Dehlidagi hamma o'zbeklar yig'ildi. Hisoblasak, 20 dan ortiq ekanmiz. Osh ham yaxshi bo'ldi.

So'ng o'zbek mumtoz qo'shiqlariga bizzi yigitlar bir chiroyli o'yin qilib berishdi. Farg'onalik Muhammadjon degan aka bor. Shunaqangi raqsni qotirdilarki, hamma davlat vakillari kelib, bizni davra qilib o'rashvoldi. Hammalari qoyil qoldi. Ular ham bizga qo'shilib o'ynab ketishdi.
Eronliklar ham zo'r o'ynasharkan, ular ham qotirishdi.

Ishqilib, yaxshi dam oldik. Turli mamlakatlarning taomlaridan totib ko'rdik, do'stlar orttirdik.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:24:51

Feruza:

Zo'r bo'libdiyu!
Boshqa davlatlar ham chiqish qildilarmi?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:25:05

Ozoda:

AQSHga kelib o'zishni hayolimga ham keltirmagandim...
Tusimga ham kirmagandi ...
Mana omadim chopibmi, falakni gapdishidanmi AQSHdaman....
Horijiy mamlakatlarga bormasdan oldin juda qiziqamiz, qani edi borsak deymiz...Keyin esa huddi men va sizlarni ko'pchiligingizdek, Vattanni sog'ina boshlaymiz...
Kecha Feruzani uyiga kuzatib qo'ydim...AQShdagi host oilamnikiga taklif qilgandim, 2 kun turib ketdi...Ko'nglim tog'dek ko'tarildi!!!!
Vatandoshim bilan ko'rishish juda ajoyib edi...Kecha esa uni kuzatib qo'ydik...Endi Feruzani qumsayapman...Biznikida turgan ikki kun ichida bz juda bog'lanib qoldik...Oldin O'zbekistonda ekanligimda uni tanimagan bo'lsam ham mana shu ikki kun ichida hamyurtim yaqin dugonamga aylandi!!!
Bugun ham ,ekcha ham yomg'ir yog'di ...Kecha Feruzani kuzatib kelganimdan keyin negadir yig'lagim keldi...meni ko'z yoshlarimni sezgandek tinmay yomg'irini yog'dira boshladi....
Bugun ham...mana hozir yomg;ir yog;yapti...huddi meni Vatandoshim, dugonamni yana ko'rgisi kelayotgandek...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:25:25

maknuna:

Sizga ham salomlar Ozodaxon!
Forumimizga xush kelibsiz!
Man ham shu forumni juda yaxshi ko'raman. Nimadandir ko'nglim g'ash bo'lsa kiraman, o'qiyman, ko'nglim ko'tariladi.
Nimadandir qiynalsam, kiraman, yordam berishadi, dalda bo'lishadi ...
Ozoda, siz ham tez-tez qatnashib turing.
safimizga qo'shilganingizdan xursandman.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:25:39

Maknuna:

O'qib man ham qiziqib ketdim. O'choq-qozonlarimizni ham olib borishgan ekanmi? Oshni ko'rgan boshqa millatlarning fikri qanday bo'ldi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:25:51

maknuna:

Alloh nasibangizni qo'shgan bo'lsa hech gap emas.
AQShda o'qishlar qiyin emasmi?
U yerdagi oilangiz haqida ham gapirib bersangiz.
O'zga yurtda o'z vatandoshing bilan ko'rishib, u bilan yurtingni qo'msahning gashti ham o'zgacha bo'lsa kerak :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:26:09

Behzodbek:

O'choq-qozonni ham elchixonamizdan olib kelishibdi. osh zo'r bo'ldiyu, biroz kam qilishibdi-da.

Crack degan AQSHlik tanishimizni ham olib bergandik, oshni maza qilib yedi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:26:23

Feruza:

Gashti ham bor, lekin ketish paytidan yomon narsa yo'q. Xuddi uyingizdan, ota onangiz bag'ridan chiqib, yana bu yerga birinchi marta kelayotganday his qilasiz. :'(

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:26:38

Shoir:
O'zi oz narsa shirn bo'ladi.

Crackjon rosa hayajonlangan bo'lsa kerak-a?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:26:58

Feruza:

Nasib ko'rishishga harakat qilamiz.
Bu yerda tanishgan xorijdagi o'zbeklarim bilan menimcha butun umrlik do'st bo'ldik. Chunki hamma bir birini qo'llaydi, dalda bo'ladi.
Menga ham rosa og'ir bo'ldi Ozodaxonnikidan ketish, aksiga olib bir necha kundan beri yomg'ir yog'ayapti. Menga yoqardi, lekin bu yerda yomg'ir yog'sa uyga ketgim keladi, buning ustiga yurtdoshingizni ko'rgandan keyin umuman ketgingiz kelmaydi. :'(
Kumushbibi, qayerdasiz? ???

BArchangizning boringizga shukr.

Qayd etilgan