Ayni paytda Aqshda man, lekin
mandagi vatan tuygusi.......
hech kimda bunaqa bulmasa kerak!
Assalomu alaykum.
Hech kimda unaqa bo'lmasa kerak debsiz. Lekin bu tuyg'uni boshqa kishi bo'lib, tuyib ko'rmagansizku? Aytmoqchimanki, Vatanning sog'inchini har kim o'zgacha his qiladi. Kimdir yo'liga ko'z tikib o'tirgan mushtipar onaizori ko'rinishida his qilsa, yana kimdir VAtan bilan bog'liq nimaiki bo'lsa, o'sha ko'rinishda sog'inadi. Hamma ham o'z Vatanini boshqadan kamroq yoki ko'proq sog'inmaydi, nazarimda.
Hozirgi sog'inchingizni dunyodagi hech qanday boylikka almashib bo'lmaydi. Hatto uni tasvirlashga til ojiz. Uni faqat his qiladilar, sog'inadilar.
O'zbekistonni sog'ingan damlaringizda ushbu forumga kirib turing, o'zimizning qo'shiqlarimizdan tinglang. Oilangiz bilan yozishib turing. Bu Vatan sog'inchini to'liq bosolmaydi, lekin Vatan taftini tuyushga yordam beradi.