Tayyorlanishi:Avvalo blinchikni pishirib olamiz, undan tashqari masalliqlarni solib aralashtiring. Unni elab, soling va yaxshilab aralashtiring. Suyuqqina xamir hosil bolishi kerak. Qoyiq bolsa ichi pishmay qolishi mumkin.
Men teflon tovada pishirdim, siz ham tagi yopishmaydigan tova yoki qozonizda pishiring. Menda 1 chomichdan 8 chomich boldi. 1 chomich suyuq xamirni biroz yoglangan tovaga tokib, hamma joyiga yetishi uchun tovani aylantirdim.
Blinchikni orta olovda pishiring, ust tarafi biroz qotgandan keyin narigi tarafini agdaring. Blinchik pishirishni bilamiz, degandirsiz men bunchalik tushuntirganimga:) lekin bunda razrıxlitel bolmagani uchun blinchigingiz xamir bolib yoki shakli buzilib chiqishini xohlamayman, hali kotletni orashimiz kerakda:)
Kotlet masalliqlarini chuqur idishga solib 15 daqiqa yaxshilab yo'g'iring. 8 dona uzunchoq kotlet yasab, qizigan yogda juda kuydirmasdan qovurib oling, shakli buzilmasin:)
Blinchiklarimizni ichiga solib, oraymiz va 8 dona sarmaga mos duxovka idishiga solamiz, chunki katta bolsa sous hamma joyiga teng yetmasligi mumkin.
Sous masalliqlarimizni aralashtiramiz va sarmalarimizni ustidan to'kamiz.
180 darajalik duxovkada pishloqlar qizarguncha pishirib olamiz, men 20 daqiqaga yaqin pishirdim.
Men kesilgan rasmini olmagandim, Johida opani rasmlaridan foydalanaman:) opani rasmlariga gap yoq:) men ovqatlarni oqshom qilganim uchun rasmlarim u kishinikiday emas:(