Donishmand akanikida nahorgi nonushtada mehmon bo'ldik. Amir Muzaffarhon, AbdulAziz akamiz admin, Muhammad Sanjar va Muhammad Saidxon to'rtalamiz avval sho'rva keyin oshni tanovul qilib, qolaversa qand qurs, pista bodom deganlaridek, suhbatni "tashkilotlarning hizmat avtobuslari: muammolar, yechmlar, sharxlar" mavzusida obdon qizdirib o'tirdik. Keyin yuqoridagi forumdoshlarning rassomlik qobiliyati ham namoyon bo'lib qoldi. Ayniqsa quyonni rasmini zo'r chizisharkaney....
Hamma o'z fantaziyasi doirasida bahonalar keltirib, o'z manzillari tomon survorishdi.
Sal keyinroq Aqoid akamiz ham kirib keldilar KamaZ bortida. Asal, sho'rva va yana sho'rva keyin osh ustida Aqoid akamiizni suhbatj miboraklaridan bahramand bo'ldik...
Judayam fayzli, to'kin, chiroylik to'y bo'ldi. Qadrdon forumdoshlar bilan diydorlashib ham oldik.
Qaytishda Aqoid akamiz "O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqish
yo'lida Qatar va Eronning roli" mavzusida ma'ruza o'qib berdilar.
Barcha forumdoshlarga ham shunday fayzli to'ylar qilishingizgatilamdlshman.
hurmat bilan Muzaffar Qosimov, Andrey Slobodkin, Ziyouz forumi uchun maxsus.
Marg'ilon-Toshloq. 20.11.2012