Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 29 B


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:09:32

RO‘ZADORNING DUOSI

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! Habibi adibi, sevimli payg’ambarimizga, xonadon ahllariga va sahobalarga salotu salomlar bo’lsin!

Men doim takrorlab turadigan hadisi muborakda kelurki:

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyurmoqdalarki:
«Sizlarga ramazon oyi keldi. Barakot oyi». Har narsada barakot bor: dasturxonda, vaqtda, umuman hamma narsada barakot hosil bo’ladi.

(Yanzurullohi tana’fusakum). Alloh taolo xayrli ishlardagi g’ayratingizga, hamjihatlikda bajargan ibodatlaringizga rahmat nazari bilan qaraydi.

(Va yuba’hi’ bikum mala’ikatahu). (Farishta) maloikalariga sizlarni ko’rsatib faxrlanadi — mubohot etadi. «Maloikalarim qarang, siz tanqid etgan inson farzandlari qanday go’zal ibodat qilyaptilar!» — deya Alloh taolo sizlarning amallaringizni taqdirlaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:10:18

Abdulloh ibni Abu Avfa raziyallohu anhudan rivoyat qilingan yana bir hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

Ajru-mukofotlar, xos izzat-ikromlar bu oyga xosdir. «Ro’zadorning uyqusi ham ibodat». Kechasi namoz o’qiydi. Saharlikka turadi, masjidga keladi, nasihat eshitadi, kun uzun bo’lsa ochlik-suvsizlikdan horib, uxlab qolishi mumkin.

(Va samtuhu tasbi’hun). «Sukuti esa tasbeh». Ya’ni inson ro’zador bo’lsa, darmonsizlashib rangi oqarib ketadi va so’zlashga majoli qolmaydi. Ammo uning sukuti ham tasbeh o’rnida bo’lib, savobga erishadi.

Zotan, sukut bir ibodatdir. Islomda sukut tafakkur qilishga sabab bo’lgani hamda insonni behuda so’zlarni aytishdan saqlab turganligi uchun ham ibodat hisoblanadi. Musulmonlarning umumiy qanoatlari shundan iboratki, «Ibodat nima?» — deb so’ralsa, birinchi bo’lib esiga keladigan narsalar shular: namoz, ro’za, zakotdir. Islomning go’zalliklaridan biri shuki, pul bilan ham ibodat qilinadi. Bu esa zakotdir. Halol mol-davlatingizdan kambag’allarga ulashasiz.

Haj esa ham jismoniy, ham ruhiy, ham moliyaviy ibodat bo’lib, Ka’bai musharrafa va Madinai munavvara ziyorat qilinadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:11:22

Shular qatori sukut ham ibodatdirki, uning qadru qiymatini ko’pchilik bilmaydi. Inson yo yaxshi so’z gapirishi kerak yo sukut saqlashi kerak! Agar uning sukuti tafakkur bo’lsa, u holda eng savobli ibodatlardan biriga aylanadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyurganlarki:
 «Tafakkur kabi savobli ibodat yo’qdir!»

Yana bir rivoyat ham bor:
«Bir soatlik tafakkur, bir yillik ibodatdan afzaldir».

Boshqa bir rivoyatda esa:
«Bir soatlik tafakkur, oltmish yillik ibodatdan xayrlidir», deyiladi.

Albatta, ikkala rivoyat ham to’g’ri bo’lishi mumkin. Inson fikrlayotgan narsaning ahamiyati u o’ylayotgan masalaning hayotdagi zaruriyatiga ko’ra, oltmish yillik ibodatdan afzal bo’lishi mumkin. Bir insonga qilgan xatosini aytganingizda yoki bir inson hadisdan ibrat olgan vaqtida chuqur o’yga toladi, yomonliklarni tark etadi, to’g’ri yo’lga kiradi, tavba qiladi. Shunda bu tafakkur oltmish yillik ibodatdan xayrliroq bo’ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:12:19

(Va dua’uhu mustaja’bun). «Ro’zadorning duosi ham mustajob». Duo ham ibodat. Insonlar bilmaydigan xususlardan biri shu:
Biz namozimizni o’qib bo’lganimizdan keyin qo’llarimizni ko’tarib, Allohdan nimalarnidir so’raymiz. Alloh taolo duo qilganga xohlaganini beradi, ammo aynan mana shu so’rash, mana shu duo ham ibodat. Ya’ni, inson ertadan kechgacha Allohdan nimani so’rashidan qat’iy nazar ibodat qilgan bo’ladi.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayratga soladigan bir xushxabar aytadilar:
 «Duo qilmaydiganlarga Alloh taolo g’azablanadi». Hech qachon «Ey qulim, ko’p duo qilding, yetar endi, ko’p so’rayverma!» — demaydi, balki duogo’yning istak-xohishlaridan mamnun bo’lib, uni ibodat deb qabul qiladi. Aksincha, duo qilib, Allohdan biron narsa so’ramaydiganlarga Alloh g’azab qiladi.

Ba’zilar «Assalomu alaykum va rahmatulloh. Assalomu alaykum va rahmatulloh» — deya namozini tugatib turib ketadi. Birodar, namoz ham ibodat, orqasidan qilingan duo ham ibodat. U ham senga savob yetkazadi! Alloh so’ragan narsangni beradi!

Inson: «Men duo qilaman, lekin qabul bo’lmayapti», — deyishi mumkin. Shunday deydiganlar bor. Masalan, kecha eshitdim, bir ayol: «Alloh mening duolarimni qabul qilmayapti», — debdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:13:13

Banda Allohdan bir narsa so’rab, duo qilsa va qilgan iltijosi duoning shartlariga muvofiq kelsa, albatta, Alloh qabul qiladi. Hadisi shariflardan ma’lumki, harom yeydigan, harom narsalar so’zlaydigan, harom kiyinadigan kimsaning duosi qabul bo’lmaydi. Ammo, halol yeb-ichadigan, pokiza va duoning shartlariga muvofiq keladigan insonning duosini Alloh uch shaklda qabul qiladi:

1. Duosini ijobat qiladi. «Ey Rabbim, paykalim qurib ketdi, ertaga yomg’ir ehson qil. Bo’lmasa halok bo’lamiz, ko’p zararlar ko’ramiz», — deydi. Qarabsizki, ertasiga sharillab yomg’ir yog’adi.

2. Ba’zan istaganidan yanada a’losini beradi. Bu nimaga o’xshaydi? Bemor shifokorga: «Menga aspirin bering!» — desa, hakim: «Yaxshi, lekin oshqozoningda yara bor, yallig’lanish bor... Aspirin ichsang, oshqozoning umuman xarob bo’ladi. Sen aspirinni boshing og’riyotganligi uchun so’rayapsan. Men senga aspirin bermayman, lekin bosh og’rig’ini qoldiradigan yanada yaxshiroq dori beraman», — deydi.

Alloh ham shunga o’xshash: qul bir narsani so’raganida bermayotgan bo’lsa, demak, yanada yaxshirog’ini beradi. Biroz sabr qilish lozim.

Payg’ambarimiz aytadilarki: «So’radim, lekin Alloh bermadi, deb shikoyat qilmang, biroz sabr qiling, kuting! Inson sabrli bo’lishi lozim!»

Shuning uchun shoshilmaslik kerak, tinmay so’rayverish kerak! So’ragandan keyin odob bilan kutmoq lozim! Alloh ba’zan so’raganingizdan a’losini beradi, ko’rasiz hali. Kuting, bunday misollar sizning hayotingizda ham uchraydi. Mening hayotimda ham ko’p misollar bor bunga.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:13:39

3. Ba’zan mukofotini Alloh oxiratda beradi. Shunday narsa so’rabdiki, bu dunyoda bo’lmaydi. Masalan, otasi yoki domlasi, yoki o’g’li yoki bo’lmasam, birorta sevgan kishisining kuni bitib, vafot etmoqchi. Yonidagilar qo’l ochib duo qilmoqdalar: «Yo Rabbim, bunga sog’liq ber, salomat qil, oyoqqa turg’az...». Ammo u odam vafot etadi.

Bunday duolarga ham Alloh taolo mukofotini beradi. Qulining duosini qabul etib, uning mukofotini dunyoda emas, oxiratda beradi. Chunki so’ralgan narsa qadari ilohiyga muvofiq kelmasa, iloji bo’lmaydi.

Ba’zan shunday duolar ham bo’ladi: Dehqon yomg’ir yog’ishini, tandirchi quyosh chiqishini xohlaydi. Dunyoda har bir inson o’z manfaatidan kelib chiqib duo qiladi. Ikkalasi ham solih qul bo’lishi mumkin lekin, bir-birlariga zid narsalarni so’ramoqdalar. Shunda ijobat bo’lmaydiganiga Alloh oxiratda mukofotini beradi.

Muhtaram birodarlarim! Biz doim ilm-ma’rifat uchun xizmat qilgan ummatmiz. Musulmon ajdodlarimiz dunyo tarixida misli ko’rilmagan olimlar bo’lishgan, dunyo turguncha o’qib-foydalaniladigan asarlaribitib qoldirishgan. So’nggi davrlarga kelib ilm-ma’rifatga mehru muhabbatimiz biroz zaiflashdi.

Yapon xalqini yaxshi biladigan bir birodarimiz gapirib berdi. «Domla, yaponlar ko’p kitob o’qiydilar. Yevropaliklar orasida olmonlar ko’p o’qiydi, lekin yaponlar ulardan ham ko’p mutolaa qilishadi» — dedi. Qarang ajnabiy xalqlar ko’p kitob o’qimoqdalar. Biz ham vaqtimizni zoe’ o’tkazmasdan ko’p mutolaa qilaylik. Yonimizda doim zarur kitobimiz bo’lsin. Farzandlarimizgi ham shu odatni o’rgataylik.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:14:31

Bir birodarimiz doim yonida kitob olib yurardi. Bir kun yonidagi kitobni ko’rib: «Qanday kitob?», — deb so’radik. Kitobga razm solganimizda, ko’rdikki Abdulqodir Giyloniy quddisa sirruhuning va’z kitobi tarjimasi ekan. Men esa, u holda bir sahifa oching-da, Abdulqodir Giyloniy quddisa sirruhuning bizga aytgan nasihatlaridan o’qing, dedim. Shunda ushbu hadisi sharif nasihat bo’lib chiqdi: Oxiratda, Mahkamai Kubroda, gunohlar-savoblar tortiladigan vaqtda, ba’zilar daftarlarida muazzam savoblar yozilganini ko’rar ekanlar. Shunda ular «Rabbim, men bu savoblarga qaerdan erishdim ekan?» — deb so’raydilar.

Shunda Alloh taolo: «Ey, qulim! Bu savoblar Menga duo qilganing uchun nomai a’molingga yozilgan. Chunki sening o’sha paytda xohlagan narsalaring Men belgilagan qadari ilohiyga zid edi, bo’lishi mumkin emas edi. Ammo qilgan duoing sababli senga bu savobni baxshida qildim. Seni duoyingga shunday javob qaytardim», — der ekan. Shunda u yerdagi savoblarning buyukligini ko’rgan qullar: «Koshki, Alloh taolo dunyodagi barcha duolarimizning savobu mukofotini shunga o’xshab oxiratda bersaydi», — deb tamanno qilar ekanlar.

Demak, inson harom-harishga bulg’anmasa, Alloh nazdida nomaqbul holatda bo’lmasa, duosi qabul bo’ladi. Chunki Alloh taoloning:
«Menga duo qiling, duoingizni qabul qilaman!» va’dasiga ko’ra duo qabul bo’ladi.

Duosi qabul bo’ladigan toifalardan yana biri bemorlardir. Kasal insonning uyqusi — ibodat, sukuti — tasbeh, duosi — ijobat. Xastalangani uchun bajarishga ko’nikkan solih amallarini bajara olmasa ham bajarayotgandek savob yozilaveradi amal daftariga. Natijada nomai a’molidagi barcha gunohlar o’chiriladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:15:37

Ro’zadorning ham holati shunday: uyqusi — ibodat, sukuti — tasbeh, duosi — ijobat va amali — muzoafdir. Muzoaf — qo’sha-qo’sha, ortig’i bilan baholangan, ko’paytirilgan degani. Ro’zadorning tutgan ro’zasidan tashqari, barcha qilgan amallarining savobi 70 martaga ko’payadi. Chunki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xabar berishlaricha, Alloh taolo aytarmish: «Ro’za men uchun tutiladi. Shuning uchun uning mukofotini men o’zim beraman!» Shu bois ro’za tutishning ajru mukofoti behisobdir.

Ramazonga tegishli yana bir hadisi sharif keltiraman. Abu Haysam raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir ramazondan kelasi ramazongacha, ikki ramazon orasi», (Val hajju ilal hajji), «Avval qilingan haj bilan keyin qilingan haj orasi», (val jum’atu ilal jum’ah), oldingi jum’a bilan yangi kelgan jum’a orasi (vas sola’tu ilas solah), oldinroq o’qilgan namoz bilan keyingi o’qilgan namoz orasi (kaffa’ratun lima’ baynahunna)dagi gunohlarga kafforatdir. Ya’ni gunohlarning kechirilishiga sabab bo’ladi, gunohlar o’chiriladi. Demak, ramazon ro’zasini odobiga ko’ra tuta olsak, u — o’tgan yilgi ramazondan bu yilgi ramazongacha qilgan gunohlarimiz, xatolarimizga kafforat bo’ladi. Bu biz uchun bir xushxabar.

Agar bir necha marta hajga borgan bo’lsak va hajlarimiz halol pul evaziga qilinib, maqbul bo’lgan bo’lsa, oradagi gunohlarga kafforat bo’ladi. Tabiiyki, hajga hamma ham bora olmaydi, ammo ramazonga hamma erishadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:17:59

Bir jum’a oldingi jum’a bilan oralaridagi gunohlarga kafforatdir. Shuning uchun ham musulmonlar jum’a namozini tark etmasliklari lozim! Chunki u oldingi gunohlarning o’chirilishiga sabab bo’ladi. Albatta, jum’alarda gunohlar o’chirilishining boshqa yo’llari ham bor. Jum’aga kelishidan oldin g’usl qilib, yuvinsa, o’n kunlik gunohi kechiriladi. Qur’oni karimning o’n beshinchi porasida surai Kahf bor. Surai Kahfni jum’a kuni o’qigan kishining o’n kunlik gunohi kechiriladi degan mujda ham bor.

Ko’rib turibsizki, kechayu kunduz xato qilamiz, qusurlarimiz bo’lishi mumkin, ammo ibodatda bardavom bo’lsak, jum’ada doim bo’lsak, haj vazifalarini bajarsak, ramazonni go’zal kechirsak, bu ibodatlarning barchasi xatolarimizni yuvib-tozalaydi. Natijada mahshar kuni yuzimiz oq bo’ladi. Qusurlarimiz sababidan jazoga giriftor bo’lmaymiz.

Ammo:
«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa (Qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa uni ham ko’rur», — oyati karimasiga ko’ra, ahvolimiz og’ir bo’lishi ham mumkin...

Bir inson haj qilsa, uning gunohlari shunday o’chirilib, toza bo’larkanki, qayta turib «Ajabo, Alloh meni afv etdimi, deb taraddudga tushsa, ilk gunoh yozila boshlaydi», — deyiladi hadisi shariflarda. Ya’ni inson ikkilanmasligi kerak. Alhamdulilloh, gunohlardan forig’ bo’ldim, deydi. Ammo buning sharti nima? Hajni halol pulga ado etmog’i lozim. Masala aylanib-o’rgilib, yana avliyoulloh buyuklarimiz aytib o’tgan nuqtalarga kelib to’xtamoqda: halol luqma yeb, haromdan yiroqlashish. Ya’ni og’izga harom luqma kirmasligi kerak.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:18:33

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning bu xususda juda ham talabchan bo’lganligini yaxshi bilasiz. Kimdir ularga bir tovoq hadya keltiribdi. Ma’qul ko’rib, bir luqma yebdilar va «Qaerdan keldi bu?» – deb so’rabdilar. Hadyaning harom joydan kelganini bilgach, barmoqlarini tomog’iga tiqib, qusib tashlabdilar. Keyin shunday debdilar: «Harom bilan oziqlangan vujudni shubhasiz, jahannam otashi kuydirmay iloji yo’q!»

Shu bois ham avliyoulloh bobokalonlarimiz, murshidi komillarimiz aytadilarki: «Musulmon eng avvalo halol luqma yeyishga diqqat etishi lozim! Birovlarning haqqini, haromni yemasligi kerak. Harom va halolni yaxshi farqlashi zarur!» Bu biz uchun juda jiddiy bir ko’rsatmadir.

Hazrati Umar raziyallohu anhu xalifalik chog’larida taftish etish maqsadida qamchini qo’lga olib, bozorga kirar ekanlar. Bozordagilardan harom va haloldan, shar’iy muomaladan so’rar ekanlar. Qanday muomala harom, qandayi halol, nima qilsa, foyiz bo’ladi, nimani bajarsa, harom bo’ladi, deb ularni qattiq imtihon qilar, tegishli chora-tadbirni qo’llar ekanlar.

Hayotdagi hamma ishlarimiz halol luqmaga bog’liq. Bu yerda maqsadimiz ramazonni tushuntirish bo’lsa-da, o’rni kelganda, katta harflar bilan:
«Hamma narsa halol luqmaga bog’liq bo’lganidan daromadimiz halol bo’lishi va harom luqma iste’mol qilmaslikka juda diqqatli bo’lishimiz shart. Farzandlarimizga harom luqma yedirmaslikka harakat qilishimiz zarur. Halol rizq talab qilish yo’llarini yaxshi va to’g’ri o’rganib, o’zlashtirishimiz lozim», – deb yozib, tagiga chizib qo’yishni taklif qilardim.

Qayd etilgan