Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155410 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 29 B


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:29:14

Bugun degani — shu doril-dunyodagi hayotimiz. Ertaga degani — oxirat. Kishi bu dunyoda oxirat uchun nimani hozirlagan bo’lsa, o’shani qarasin! Oxiratga nimani yuboryapti, nimani taqdim etmoqda? U yerga nimalarni tayyorlayapti?

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir o’xshatish bilan bu masalani izoh etib o’tganlar:
«Dunyo oxiratning ziroat yeri, paykalidir». Bu yerda oxirat mahsulotlaridan nimani eksangiz, u yerda o’shani yig’ib olasiz. Hech kim bug’doy ekib, paxta olmaydi. Juda ham oddiy, qishloqdagi avom ham, olimu fozillar ham tushuna oladigan tarzda, ikki karra ikki to’rtga o’xshash ochiq haqiqatlar.

«Kishi bu dunyoda oxirat uchun nimalar hozirlayotganiga nazar solsin?» — deb Rabbimiz amr etmoqda. U holda, biz har kuni qilayotgan ishlarimizga nazar solishimiz, orqaga o’girilib, bir qarab olishimiz. Har kecha bir hisob-kitobdan o’tkazishimiz lozim!

Ba’zi buyuklar bu ishni o’ta jiddiy tarzda ado etishgan. Qo’liga qog’oz-qalam olib, kunduzi qilgan gunohlari-yu savoblarini, daftarining savob-gunoh bo’limlariga yozib borgan.
Hazrati Umar raziyallohu anhu tavsiya qilyaptilar:
«Oxiratda hisob-kitobga tortilmasdan turib, o’zingizni hisob-kitob qiling!»

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:34:33

Har bir inson «Oxiratga nimalarni yuboryapman?» — deb o’ylashi kerak! Har kecha yotmasdan oldin o’sha kunning tafsilotlarini bir marta xotirlab, «Ertalab nima qildim? Uydan qachon chiqdim, nima ishlar qildim?» — deb hisob-kitob qilishi kerak!

Madinai munavvarada hol sohibi bir muborak inson bor ekan. Muhammad alayhissalomning qabrlarini ziyorat qila turib, «Assalotu vassalamu alayka yo Rasululloh!» deganida, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ham uning salomiga javob qaytarganlarini eshitar ekan. Holining naqadar go’zal ekanligiga qarang! Salom bersa, salomi qabul bo’lib, alik olinishi eshitilmoqda. Go’zal hol!

Bir kun uning oldiga hamshaharlari kelishibdi. Kelganlardan qiziqib: «Ahvollar qanday? Nima yangiliklar bor?» — deb ona shahri haqida so’rabdi. Keyin namoz vaqti kirishi bilan Masjidi Nabaviyga borib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar aytibdi, biroq bu safar salomga alik qaytarilmabdi.

«Ey voh! Biror xato qildim, shekilli!» — deb, o’shangacha nimalar qilgan bo’lsa, hammasini xotiriga keltira boshlabdi. «Men nima xato qildim, ey Rabbim? Nima uchun Rasululloh mening salomimga alik olmadilar?» — deb o’ylay boshlabdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:36:43

Menimcha: «Oh, ona shahrimning qatiqlari, qatiqmisan qatiq-da, juda ham chiroyli, qaymoqli. Bu yerning qatiqlari uning oldida nima bo’libdi? Bu yerda yaxshi qatiq ichmaymiz», — degan gapim tufayli bo’lsa kerak, deb oxiri xatosini topibdi.

Senmisan hali Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shaharlaridagi hayot tarzini ma’qul ko’rmagan? Shu bois martabasidan tushibdi. Keyin uzoq vaqtgacha tavba-istig’forlar aytib, ko’z yoshlarini to’ka-to’ka eski holiga qaytibdi. Inson orqasiga qarab astoydil qidirsa, nima yaxshiyu, nima yomonligini tushunib oladi.

Yaxshi nima degani? Insonning ko’ngliga huzur-halovat beradigan narsalar. Gunoh nima ekan? Insonning ko’ngliga botadigan, og’irlik beradigan, yoqmagan narsalar. O’lchov shu. «Taqvo qiling, Allohdan saqlaning. Taqvo ahli bo’ling, muttaqiy qul bo’ling!» — degani. Kishi hozirdan erta uchun nimani taqdim etayotgan bo’lsa, qarasin! Qaraymiz, demak, hisob-kitob qilamiz. Gunohdan saqlanamiz, savob ishlarni ko’p bajaramiz.

Bu ramazon oyidagi muborak ro’za ibodati Qur’oni karimdagi «Baqara» surasining 183-oyatda hamda «Hashr» surasining 17-oyatida alohida ta’kidlangan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:37:13

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyurganlarki:
«Alloh go’zallarning go’zalidir, go’zallikni sevadi». Faqatgina Allohga oshiq bo’linadi. Unda Allohdan nima uchun saqlanadi? Allohning azobidan, jahannamidan saqlanadi.

«Jahannamga tushishdan o’zingizni himoya qiling, qo’riqlang, saqlaning, viqoya qiling!».

Viqoya qilmoq — asramoq degani. Ya’ni: «Ey mo’’minlar, o’z o’zingizni jahannamga tushib qolishdan asrang, asrab qoling!».

Qanday asraydi? Gunohlar qilmaslik yo’li bilan saqlanadi. Chunki jahannam ta’riflarga sig’maydigan darajada fojiali, mudhish, qo’rqinchli yerdir. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki: «Allohning jahannamdagi gunohkorlarga ichiradigan zaqqumining bir tomchisi dunyodagi ulkan daryolaru dengizlarga tushsa edi, butun dengizlar zahar kabi achchiq bo’lib ketardi. Buni ichib tozalanadigan insonlarning holiga voy!».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:37:43

Yana Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki: «Ey mo’min birodarlar, ey musulmonlar! Jahannamga tushib qolmaslikka harakat qiling!» Ba’zi insonlar aytib bo’lmaydigan gaplarni aytayaptilar. Jahannam hazil joy emas. Chunki inson ichiga bir marta tushdimi, tamom... Mo’minlardan ham do’zaxga kiradiganlar bor... Kimlarning kirishi bir hadisi qudsiyda keltiriladi, sanab chiqamiz.

Mo’min bo’la turib, jahannamga kiradiganlar kimlar? Allohning qilmagin degan ishlarini qilgan gunohkorlar. Qilmasligi lozim edi, lekin qildi. Mo’’min bo’lganligi uchun do’zaxga kirmasligi lozim edi, ammo kiradi va qilgan gunohiga yarasha jazosini tortadi.

«Jahannamga kirmaslikka g’ayrat qiling!» — demoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Chunki jahannamga kiradiganlar u yerda ancha qoladi.

«U yerda huqublar qadar qoladilar» («Ular u joyda uzoq zamonlar (ya’ni abadul-abad) qolguvchidirlar». Huqub — arablardagi bir vaqt o’lchovi. Bir huqub sakson yil atrofida, ya’ni bir umrga teng. Ahqoban — umrlarcha qoladi degani. Ahqobaning eng kami qancha ekan?

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:38:13

«Ko’pchilikning eng kami uchlikdir», — deydi arablar. Chunki ikkining arabchada boshqa siyg’asi bor.

Eng kami uch huqub miqdoricha, ya’ni uchta sakson yillik muddat davomida qoladi. Bu ikki yuz ellik yil degani. Jahannamga tushgan inson, hatto mo’’min bo’lsa ham u yerda kamida 250 yil qolar ekan.
Shu bilan tugadimi? Yo’q, hali hisob-kitob tugaganicha yo’q!

Qur’oni karimda buyurilmoqdaki:
«Darvoqe, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir».

Allohning bir kuni, bizning ming yilimizga teng bo’lsa, demak, bizning bir yilimiz 365 kun, 1000 yil esa 365000 yilga teng bo’ladimi? Endi 250 yilni 365000ga ko’paytiring. 91.250.000. Inson mo’’min bo’lsa ham, jahannamga tushdimi, u yerda million yillarcha qoladi. Shunday ekan, Allohning:
«Va kofirlar uchun tayyorlab qo’yilgan do’zaxdan qo’rqingiz!» — deyishida hikmat bor. Chunki Alloh mo’’min qullariga achinadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:38:55

 Achingani uchun ham Qur’oni karimning ko’p joylarida bizlarni jahannamdan saqlanishga amr etmoqda. Va jahannamdan qanday saqlanish yo’llarini o’rgatmoqda. Qanday o’rgatayotganining farqiga borayapsizmi? Ko’p kishi uning farqiga bormaydi. Chunki shoir aytadiki:

Ul baliqlar, ki daryo ichradur, daryoni bilmaslar...

Hozir muborak ramazon oyida turibmiz. Ramazonda bir oy taqvo bosqichini o’taymiz. Musulmon har yili bir oy kursga olinib, taqvo darsidan ta’lim oladi. Inson har yili o’ttiz kun bir kursga qatnashsa, o’sha ishning professori bo’ladi. Ro’za taqvo uchun, taqvoni, saqlanishni, asrashni o’rganish uchun. Mana, Alloh bizga jahannamdan saqlanishni qanday o’rgatayapti.

Suv ichmasdan yashay olamizmi? Yo’q! Suv bizlarga ham, hayvonlarga ham, daraxtlarga ham, gullarga ham lozim! Alloh osmondan suv yog’dirmasa, hayot tugaydi.
«(Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (banogoh ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo’lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?!» Alloh osmondan suvni yog’dirmasa, xalq suvsiz nima ham qilardi? Halok bo’ladi!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:39:30

Ozuqa ham juda muhim, yemasdan turolmaymiz, yashamaymiz. Bir muddat yashaymiz, keyin kunimiz bitadi.

365000 x 250 = 91250000 yil... Jahannamda eng oz yonadigan musulmon to’qson bir million ikki yuz ellik ming yil yonadi! Qani, endi gunohga yaqinlashib ko’r-chi! Har haromga qara-chi! Harom yeb ko’r-chi! To’qson bir million ikki yuz ellik ming yil gurillab yonadigan olovga chidab ko’r-chi... Quyoshning haroratiga chiday olasanmi? Soyani qidira boshlaysan, boshingni gazeta bilan berkitasan yoki nimanidir kiyib olasan. To’qson bir million ikki yuz ellik ming yil!

Shuning uchun aziz va muhtaram birodarlarim, ro’zamizni tutaylik! Odamga o’xshab deganda, mardlarcha, risoladagiday tutaylik, demoqchiman.

Ro’za faqatgina oshqozon tarbiyasi, yo’qlik, ochlik, suvsizlikka chidash degani emas. Jinsiy tuyg’ular tarbiyasi hamdir. Chunki shahvatni jilovlash ham savob.

Zero, odamlarni yer bilan bitta qiladigan, razilu rasvo aylab, jahannamga kiritadigan quvvatli tuyg’ulardan biri — shahvat tuyg’usi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:39:55

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam insonlarni jahannamga eng ko’p kiritadigan sabab ikkita narsa ekanligini ta’kidlab o’tganlar:

1. «Ikki labning orasi». Ya’ni til. Til bilan biror nobop gapni gapiradi-da jahannamiy bo’ladi-qoladi.

2. «Ikki oyoq orasi». Ya’ni, zino va shahvat asiri bo’lish. Ko’pchilik o’sha sabab bilan ketadi jahannamga. Allohdan qo’rqmaydigan, uyalmaydigan ba’zi noshirlar ham zino tufayli kun kechirmoqdalar. Gazeta-jurnallarda shahvoniy tasvirlar chop ettiradilar. Kinolar, teatrlar, mayxonayu diskotekalar bor. Ularning ustidan tijoratlarini yuritmoqdalar. Jahannam ustidagi ko’prikda tijorat do’konini qurganlar. Bunga yana eng ko’zga tashlanadigan reklamalar, eng qimmatli yerlar, turli tuman mast qiladigan ichimliklar. Hammasi zinoga xizmat qilmoqda.

Inson farzandining jur’atiga qarang, jahannam ustidagi kayfu safosidan yuragi titramaydi ham! Qandayin ahmoq, johil, g’ofil, tepsa tebranmas, bir qadamdan u yog’ini ko’ra olmaydigan yaralmishdir bu inson farzandi!

Shuning uchun ham bu bir oylik ro’za kursi bizlarga foyda berishi kerak! Bu kursdan o’tganligimiz to’g’risida guvohnoma olishimiz lozim! Bu kursni muvaffaqiyatli bitirib, taqvoni o’rganishimiz joiz!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:41:22

Taqvo faqatgina yemaslik, ichmaslik, jinsiy munosabatlardan uzoq turish degani emas.

Ko’ngilning ham taqvosi bor. Ko’ngilning taqvosi — haromga qaramaslik. Chunki yuqorida ham aytganimizdek, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
«Ko’zlar ham zino qiladi!». Agarda ko’zlar ham zino qiladigan bo’lsa, ko’zimiz haromga qaradimi, ro’zamizning savobi ham ketadi. Shuning uchun ro’zadormisan, Allohning harom qilgan taraflariga qaramaysan!

Tilning ham ofatlari bor. U ham gunohlardan saqlanadi. Quloqning ham ofatlari bor, uni ham haromlardan qo’riqlaysan. Tilni ham haromdan saqlanadi, qo’lni haromlarga uzatmaydi, qadamlarini harom tomonga tashlamaydi, bormaydi. Butun a’zolarini taqvoga o’rgatganidan so’ng, ro’zasi qabul bo’ladi.

Imom G’azzoliy ro’zaning uch martabasini ko’rsatadilar:
1. Avomning ro’zasi. Avomning ro’zasi qanday? Och qolish, suvsiz qolish, jinsiy munosabatlardan o’zini saqlash. Juda ham oddiy.
2. Xoslarning ro’zasi: Yemaydi, ichmaydi, ko’zlarini, qulog’ini, tilini haromdan saqlaydi. Qo’lini ham haromga uzatmaydi, oyog’i bilan ham haromga bormaydi. Har tomondan gunohlardan saqlanadi.. Asl ro’za — shu.

Qayd etilgan