Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155455 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 29 B


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:34:37

Iso alayhissalom xijolat chekib, terlab shunday javob berar ekanlar:
«Yo Rabbim! Bu savolning nima uchun so’ralayotganini bilaman. Aytgan bo’lsam, sen bilasan. Ya’ni mening senga javob berishimga biror hojat bormi? (Innaka anta alla’mul g’uyub). Sen g’oyibni bilasan! (Ma qultu lahum illa’ ma’ amartani’ bihi’). Men unday qilmadim, unday demadim, ey Rabbim!.. Men bu qullarga sen nimani buyurgan bo’lsang, shularni aytdim. (Ani’budulloh). Faqatgina Allohga ibodat qiling, deb, Sen nimaniki buyurgan bo’lsang, shuni aytdim», — deydi Iso alayhissalom.

Demakki, Iso alayhis salomning shahodat berishicha nasroniylar noto’g’ri yo’lda, Hazrati Iso alayhissalom xohlamagan yo’lda. U buyurmagan narsalarga sig’inadilar, bu — aniq.
«Albatta Alloh nazdida maqbul bo’ladigan din faqat Islom dinidir».

«Sizlar uchun (faqat) Islomni (haqiqiy, o’zimga maqbul) din qilib tanladim».

Butun dunyo xalqi bilsinki, Alloh rozi bo’lgan, sevgan, uning nazdida maqbul bo’lgan din faqat Islom dinidir. Demak, bandalar Islom diniga kirgandan keyingina Alloh ulardan rozi bo’ladi. Bashariyat Islom tufayli najot topadi, saodatga erishadi!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:35:24

 Insonlarga Allohning amrini din olimlari ko’rsatadi. To’g’risi — shu. Mayli, kim nimani bajarsa, shunga yarasha jazosini oladi. Alloh taolo noto’g’ri ishni qildirmasin. Yanglish yo’lda yurganlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatsin. Bu daryo to’lqinlidir, inson uning ichida o’z e’tiqodini sog’lom saqlashi kerak. Ibodatini go’zal va ixlos bilan bajarishi lozim! Aks holda ibodatining qiymati bo’lmaydi!

«Alloh taolo ixlos bilan bajarilmagan amallarni qabul qilmaydi».

Ixlos haqida gap ketganda bir voqea esimga tushdi. Bir ayol masjid qurilishi uchun katta miqdorda moddiy yordam berdi. Mutavalliy hay’ati masjidga uning nomini qo’ymoqchi bo’ldi. Shunda ayol kamoli odob bilan: «Bolam, men shonu shuhrat xohlamayman! Pul beraman. Lekin na ismimni yozing va na tilga oling. Alloh bilsin, Alloh sevsin, shu kifoya...», — dedi.

Ixlosga qarang! Inson ibodatni Alloh uchun bajaradi, boshqa narsa uchun emas!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:36:00

(Fain-nanna’qida basi’run). Alloh barcha qilayotganimizni ko’rib turibdi va qanday niyatda bajarayotganimizni ham bilib turibdi. Ixlos bilan bajarilmasa, uning ham jazosi bo’lishi muhaqqaq. Ixlosning ziddi riyodir. Riyo bilan bajarilgan amalni Alloh qabul qilmaydi.

«Fojirlarni sevmaslik yo’li bilan jahannamdan uzoqlash!». Inson fisqu fujurni sevmaydi, fisqu fujur ahlini ham sevmaydi. Inson qiyomatda sevgan kishisi bilan qayta tiriladi. Shuning uchun inson kimni sevishga, kimdan o’rnak olishga alohida e’tibor berishi lozim!

Sevgi — buyuk tahlika: yomon insonni sevsa va sevgisini yanglish jihatga bag’ishlasa, sevgani bilan halok bo’ladi, yo’q bo’ladi.
— Taqsir, men falonchi artistni juda ham sevaman! Grata Karlaning sochlarini, Grey Keyvirning mo’ylovini, Jeyms Bondning... va boshqalar.
— Bo’lmaydi!..
— Inson kimlarni sevadi?
— Sevgisi foyda beradigan jannatiy kishilarni sevadi! Chunki inson oxiratda sevgan kishisi bilan birga tiriladi, sevganining oldiga boradi. Oqibat u bilan birga bo’ladi. Yaxshilarni sevgan, ularga muhabbat qo’ygan, ular bilan do’st bo’lgan kishi, yaxshilarning yoniga borishga ilhaq bo’ladi; yomonlarni sevgan kishi, yaxshilarning orasida bo’lsa hamki, yomonlar orasida bo’lishga intiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:36:28

Shuning uchun dinimizning eng muhim, har bir musulmon ahamiyat berishi lozim bo’lgan ishlaridan biri, bu — Alloh uchun sevmoqlik. Alloh uchun yomon ko’rmoqlik. Alloh uchun Haq do’stlarini, Uning solih bandalarini, xayrparvar, saxovatpesha, fozilu komil insonlarni sevish lozim: Alloh uchun yomonlik qiladigan, yomon qullardan esa yiroqlashish lozim!

«Agar bir inson birorta fosiq yoki fojir kishiga (Ya sayyidi!). «Ey do’stim!» — desa, Arshi a’lo titraydi», — deydilar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Arshi A’lo nima uchun titraydi? «Ey voh juda ham yomon ish qildi bu odam! Hozir Allohning bir g’azabi keladi, juda ham yomon bo’ladi!» — deb titraydi. Fosiqlarga iltifot ko’rsatilmaydi.

Fisqu fujur ahliga nasihat qilish lozim! «Bu qilganing to’g’ri emas!» — deb tanbeh berish kerak. Uning ishini olqishlamaslik kerak! Bunday kimsalarni mo’’min sevmaydi ham, unga tabassum ham qilmaydi, qarab ham qo’ymaydi. Alloh rizosi uchun unga achinadi. Nima uchun? Alloh rizosi uchun, yomonlik tarqalmasligi uchun. Toki o’sha badbaxt «Falonchi menga kuldi, ma’qul ko’rdi meni», — demasin.

Islomda hubbun filloh bor — Alloh uchun sevmoq, bug’zun filloh bor — Alloh uchun sevmaslik. Otasi, farzandi, do’sti, birodari bo’lsa ham biror yomonlikni bajarsa... «Yo’q, yo’q, bu bo’lmadi! Bu qilganing to’g’ri emas!» — deyish lozim!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:36:56

Latifalar aytadilar: «Taqsir, domla unday qildi, bunday dedi... Shuni qildi...». Domla latifa mavzusi bo’lmaydi, sen buni tark et! Sen din dushmanimisan? Sen dinni yomonlashni xohlaysanmi? Domlani nimaga latifaga kiritib, kuladigan darajaga tushirasan? «Falonchi domla shunday dedi, shunday qildi. Dasturxon atrofida o’tirganimizda shunday yeydi. Taqsir, «O’lik ko’zidan yosh, domla uyidan osh chiqmas ekan». Chiqmasdan bo’ladimi?

Anqaradagi Hoji Bayram Vali masjidining Zakiy domla degan bir imomi bor edi. Bomdod namozini o’qidik. Domla jamoatga burilib: «Ey jamoat, hammangizni choyxonaga taklif qilaman, marhamat, birga ovqat yeymiz!» — dedi. Orqasidan qo’shib ham qo’ydi: «Qani, ko’raylik-chi, o’lik ko’zidan yosh chiqadimi-chiqmaydimi, imom uyidan osh chiqadimi-chiqmaydimi!» — dedi.

Bu qora dog’ni domlalarning peshonasiga kim chapladi? Shu qadar saxiylik qiladi, g’ayrat ko’rsatadi, din uchun fidokorlik qiladi, mashaqqat chekadi. Sen tijorat qilasan, pul yig’asan, u esa bu yerda Qur’oni karim o’rgataman, deb harakat qilib yotibdi. Sen qaerdan bunaqa gaplarni o’ylab topib, domlani masxara qilasan? Nima uchun uni yerga urasan?

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:37:40

Birov mening soqolimni, oyog’imdagi kovush-mahsimni ko’rib, shunday savolga tutdi:
«Qori, kel bu yerga! O’tir! Qani gapir-chi, qaerdansan nima ish qilasan? Muazzinmisan, imommisan?».
«Nafaqaxo’rman».
«Qaerdan nafaqaga chiqding?».
«Universitetdan».
«Qorovulmiding, qahvachimiding, yo choyxonachimiding? Kim bo’lib ishlagan eding?»
«Professor edim, taqsir».
«Ha-a, uzr so’rayman, domla».
«Ey! Sen Allohdan kechirim so’ra! Nima uchun qorini, hofizni, muazzinni, imomni kamsitasan, past ko’rasan! Bir inson hofiz bo’lsa, osonlikcha hofiz bo’libdimi!»
Shuning uchun, muhtaram birodarlar, mo’’minlarni sevamiz, fosiqlarni esa fisqu fasodlari uchun yomon ko’ramiz.
«Bunday hazil, latifa to’qima!» — deymiz. Dinni pastga uradigan latifalarni nima uchun ramazonda, iftorlik dasturxoni atrofida boshqalarga aytib beryapsan? Shunday latifa ham aytiladimi, gapirishga boshqa narsa topa olmadingmi? Erkak bo’lsang, Sutchi Imomning qahramonligini tushuntirib ber! Qani, odamlar haqiqatni bilsin!»*.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:38:09

Shuning uchun «Yaxshilarni sevishlik bilan jannatga kiring!» — deydi Alloh. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam naql qilmoqdalar: Allohning yaxshi qullarini, abrorni, taqvo ahlini sevasiz. Solih avliyo, muborak qullarini sevasiz. Ular Alloh rizosini o’ylaganlar, molu dunyoga, mavqe-maqomga, uy-joyga berilmaganlar, bitta ko’ylak bilan yashab o’tganlar.

Avliyoullohdan biri hajga ketayotgan ekan. Bir shaharchaga yetib kelib, u yerdagi masjidning ichiga kirib o’tiribdi. Jamoat bilan namoz o’qibdi, undan keyingisini ham o’qibdi. Tashqariga ham chiqmas ekan. Inson och bo’lsa, tashqariga chiqishga ham hojat qolmaydi.

Bu odam ham masjidda o’tiraveribdi. Uch-to’rt kun o’tganidan keyin jamoat. «Bu odam kim? Tashqariga chiqmaydi, yemaydi-ichmaydi. Eng vaqtli kelganimiz ham, eng kech ketganimiz ham uni masjidda ko’ramiz», — debdilar. Zotan, qoshiqdek kichik shahar . Biror harakat ro’y bersa, darhol bilinadigan joy. Nihoyat oldiga borib:
«Ey, muborak, sen kim bo’lasan? Insmisan, jinmisan? Na ichasan, na yeysan?» — deb so’rabdilar.
«Men falonchi yerdan kelgan ojiz birodaringizman», — deb javob qilibdi.
«Ie, bizning uyga yur!» — deb boshlab ketibdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:38:53

Shunday solihlardan yana biri Madinai munavvaraga — Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning masjidlariga kelibdi. Och-nahor, cho’ntagida pul yo’q, kallada esa ilm bor. Turibdi, turibdi, turibdi. Issiqlik toqatini toq qilibdi. Ko’zini yumibdi-da: «Yo Rasululloh! Men sizning ziyoratingizga keldim, sizning mehmoningizman, ochman», — debdi. Holsizlanib, kuchsizlikdan cho’zilib qolibdi. Birozdan keyin kimdir yelkasiga uribdi-da: «Tura qol, ey muborak!» — debdi. Qarasaki, sayyidlardan birisi. Qiyofasidan, sallasidan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning naslidan ekanligi ma’lum. U tushida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ko’ribdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Masjidimda mening bir musofir do’stim bor, necha kundir och yotibdi, nega xabar olmadingiz?» — deb aytibdilar. Shuning uchun ham «Bobomiz aytdilar, unga biz haqimizda shikoyat qilgan senmiding? Qani, yur ovqatga!» — deb olib ketibdi. Ma’naviy xabarlashuvni qarang! Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday xabardor etmoqdalar.

Bu olimlar pul topishni bilmaydilarmi, aqllari yo’qmi? Aqlini pul topishga ishlatganida edi, dunyoning eng boy-badavlati bo’lishi mumkin edi. Ammo dunyoning eng boyi bo’lgan Qorun nima bo’ldi? Fir’avn dunyoning eng boy-badavlati bo’lgan edi, nima bo’ldi? Allohning sevgisini qozonmagandan keyin nima ham bo’lardi? Shuning uchun yaxshilarni sevish lozim! Allohning yaxshi abror qullarini qidirib topib, sevmoq lozim!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:39:48

Hotami Asom quddisa sirruhu Madinai munavvaraga kelibdi. Orif inson. Atrofga bir nazar solibdi. Odamlarga yaqinlashibdi «Assalomu alaykum!» — deb, Rasulullohning saroyini ko’rsatishlarini so’rabdi.
«Begona, sen juda ham johilga o’xshaysan», — debdilar. Hotami Asom ulug’ shayx, buyuk avliyoulloh, lekin tanimabdilar.
«Rasulullohning ham saroyi bo’lgan ekanmi? Uning uyini bilganingda yig’larding! — deb aytibdilar. — Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayoti juda ham mutavoze’ edi. Tuproq, bo’yra ustida yotardilar».

Kichik bir hujra edi. Pok zavjalarining xonalari eniga bir arshin, bo’yiga uch arshin edi. Xonalari juda ham tor, go’yo katak kattaligida edi.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning qo’llarida shox-shabbadan to’qilgan bo’yra izini ko’rgan Hazrati Umar raziyallohu anhu yig’lab: «Kisrolar, qaysarlar qanday yashayaptilar-u, siz esa Allohning xos Payg’ambari, sevgili habibi bo’la turib qanday yashayapsiz?» — debdilar. Shunda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Kuyinma, ey Umar! Ularning mukofoti shu dunyoda beriladi. Alloh bizlarning mukofotimizni oxiratda berajak». (Ma’ li’ va lid dunyo). «Mening dunyo bilan nima ishim bor?» — deganlar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:40:18

Hotami Asom so’rabdi:
«U holda bu saroylar kimniki?»
«Bu falonchiniki, bu pistonchiniki...»
«Demak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shaharlarini Fir’avnlar to’ldiribdi», — debdilar.

Hamma yer saroy. Qani, qaerda tavoze’, mahviyat? Qani, qaerda erta uchun tashvish chekmasdan, kelgan mol-dunyoni kechga qoldirmasdan faqirlarga tarqatib yuborishlik? Qani, qaerda Alloh rizosi uchun xayru saxovat qilish, faqirlikdan qo’rqmaydigan jo’mardlik?

Shuning uchun abror zotlarning hayotini yaxshi o’rganmasdan turib islomni to’g’ri o’rganib bo’lmaydi. Zamonaga emas, solih insonlarga qarang! Ularning hayotidan ibrat oling, ularni seving, chunki kishi yaxshi ko’rgani bilan birga tiriladi.

Qayd etilgan