Muxlis Namangoniy
ALVIDO, EY MOHI RAHMAT!
Alvido, ey mohi rahmat, shahri ѕufron, alvido,
Aylading azmi safar, bo’lduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu25 , xatmi Qur’on, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.
Bir necha kun xoni26 ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qur’oning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehringla shakkarxand eduk,
San ato, ma’nidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl27 yangliѕ aylading bizlarni giryon alvido.
Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga bo’lding xosi merosi rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yiѕlab o’ѕul,
Tez kel, qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.
Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G’afur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur28,
Bim29 etib mandin yemaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga to’kunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan bo’lsa isyon, alvido.
25 Savmu salot — ro’zayu namoz.
26 Xon — dasturxon.
27 Tifl — go’dak, yosh bola.
28 Obi tahur — juda toza, pok suv.
29 Bim — qo’rquv, xavf.