Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155815 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 29 B


Naqshbandiy  01 Oktyabr 2006, 06:15:26

Xotin ko’zini yumibdi, og’zini ochibdi: «Sen mening boshimga nima kelganini bilarmiding o’zi?» — deb bir qancha so’zlarni gapiribdi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qarabdilarki, xotinning odobi nuqsonli, darhol undan uzoqlashibdilar.

Orqalaridan kelayotgan sahobalardan biri xotinning yoniga borib: «Ey xotin! Sen bilan gaplashgan odamning kim ekanligini bilasanmi o’zi?!» — deb so’rabdi.
«Yo’q bilmayman», — debdi xotin.

«U zot Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam edilar», — debdi.
«Shundaymi?» deb haligi ayol orqalaridan yuguribdi: «Yo Rasululloh! Men sizni tanimadim. Meni avf eting!» — deb kechirim so’rabdi.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuribdilarki:

«Sabr eng boshida bo’ladi. Endi sabr qilsang ham qiymati yo’q!» Shuning uchun o’zini darhol qo’lga olib sabr qilgan inson savob topadi. Darrov sabr qilmasa, savobni boy beradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  01 Oktyabr 2006, 06:16:32

Insonlarga xayrli ishlarni tavsiya qilish yaxshi narsa, ammo bu xayrli ishlarni biz o’zimiz birinchi bo’lib boshlashimiz kerak. Yomonlik qilma deb aytish, ya’ni nahyi anil munkar farzdir, demak buni ham birinchi o’zimiz bajaramiz, ya’ni hech kimga hech qachon yomonlik qilmaymiz. Solihlarni sevmoqchi bo’lsak, ulardek bo’lishga intilamiz. Munofiqlarga, kofirlarga achchiqlansak, ulardek bo’lmaslikka harakat qilamiz. Ularga nisbatan xilof ish qilamiz. Urf-odatlarni aslo bajarmaymiz.

Inson bajara olmaydigan ishlariga so’z bermasligi lozim! Katta-katta gap gapirmasligi kerak! Alloh buyurmagan va Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam tavsiya etmagan ishni ham bajarmasligi kerak! Har bir ishni Alloh rizosi uchun bajarishi, «Alloh menga nimani buyurgan bo’lsa, o’shani bajaraman!» — deb ertalabdan niyatni to’g’ri belgilashi lozim! Hayotini doimo Alloh va Rasulining buyurganlarini bajarish bilan o’tkazishga harakat qilishi lozim.

Agar birovning kimdadir haqqi bo’lsa va uni olishni qanchalik xohlasa, demak o’zi ham boshqalarning haqlariga xiyonat qilmasligi lozim! Boshqaning haqini yemaslik, birovning haqiga qo’l uzatmaslik kerak!

Yer yuzi har kuni bizga so’z qotar ekan, biroq bizning xabarimiz yo’q. «Sen bugun mening ustimda yuribsan, ammo, ertaga mening ichimga kirasan!» Bu qora tuproq shunday xitob qilmoqda. Bu xitob-o’lim haq, unga hozirlik ko’r degani.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  01 Oktyabr 2006, 06:18:46

Balx shahrida Ibrohim Adham deb atalgan bir podshoh yashab o’tgan. O’sha podshoh Alloh rizoligini topish uchun uyi, saroyi, xazinalari, toju taxtini tark etib darveshlar yo’liga kirgan. Odamlar undan: «Bizlarga nasihat qil», — deb so’raganlarida juda ham qimmatli oltita nasihatni aytgan ekan. Shularning birida aytiladiki:

«Insonlar qasrlar qurish bilan ovora bo’layotirlar, sen esa qabring imorati bilan mashg’ul bo’lgin». Qarang, qanday ibratli bir gap! Darhaqiqat, bugun ko’plab aqlli, es-hushi joyida bo’lgan, haqni tanigan insonlar ham dang’illama imoratlar, dachalar qurishga astoydil berilganlar. Bugun qo’lida ortiqcha mablag’i bo’la turib bola-chaqasiga imorat solmayotgan kimsaga hamma ta’na ham qiladi. «Go’ringga orqalab ketasanmi? Puling borida imorat qurib olsang-chi!» — deydilar. Lekin hech kim «Pulingni qabring uchun ishlat» demaydi. Holbuki, yer yuzida dang’illama imoratlar qurishga sarflanadigan pullarni «qabrga orqalab ketish» va qabrda, qabrdan keyingi hayotda ulardan foydalanish ham mumkin. Faqat buning uchun bu pullarni hamma yerda, hattoki oxiratda ham muomalada yuruvchi valyutaga-savoblarga almashtirib olish zarur. Ya’nikim, pullarini bu dunyoda dang’illama imoratlar qurish uchun emas, savob ishlar uchun sarf etgan kimsa qabr binosini bezagan bo’ladi. Ibrohim Adham ana shunday demoqchilar.

Bir shoir aytgan ekanki:
«Qabr-amallar sandig’i». Yana bir shoir aytadiki, qabr qizlarning kelinchaklik sandig’i kabidir. Ota-onalar qizlari uchun dastro’mol, kiyim-bosh, oshxona jihozlarini yig’ib, sandiqqa joylaydilar. Turmushga chiqqanida ishlatadi deb, sandiqni ashyolarga to’ldiradilar. Qabr ham insonning ashyo sandig’i. Qabrda rohat-farog’at bo’lsin deb, inson dunyodalik chog’ida yaxshi amallarni yig’ib, u yerga olib boradi.

Alloh taolo nasihatni eshitib unga amal qilish, undan foydalanish, fayz olishni va sevimli banda bo’lishni barchamizga nasib etsin!

4 fevral 1995/ 4 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:19:51

NAFSNI YENGISH OYI

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! Habibi adibi, sevimli payg’ambarimizga, xonadon ahllariga va sahobalarga salotu salomlar bo’lsin!

Xufton azoni aytildi, tarovih tugadi. Rabbimiz qilgan ibodatlarimizni o’z dargohida qabul qilsin. Hozir muborak jum’a kunida turibmiz. Jum’a – haftaning eng xayrli kuni, eng nurli kechasi. Eng nurli kecha va eng nurli oyda, Yer yuzining eng muborak joylaridan biri bo’lmish, Allohning uyi – masjidda to’planib turibmiz. Alloh jalla jaloluhu bir kishiga masjidga borishni nasib etgan bo’lsa, demakki, uy egasi uyiga kirishga ruxsat beribdi. Bu bir ne’matdir, kelmaganlarga ham bu baxtni nasib aylasin, ularni hidoyat etsin.

Alloh taolo buyuradi:
Xursand bo’ladigan, hayron qoldiradigan bir narsa! «Alloh tinchlik diyori – jannatga da’vat qilur va O’zi xohlagan zotlarni to’g’ri yo’lga hidoyat qilur». Alhamdulilloh, Allohning bu da’vatiga erishganlardan, jannatiga kirganlardan aylasin...

«Demak, Alloh xohlagan qullarini siroti mustaqimga kiritadi, hidoyatni nasib etadi». Xohlagan kishisiga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Hidoyat Allohdan. Hidoyat, ya’ni Allohning to’g’ri yo’lida bo’la olmoq, Allohning biz bandalariga bergan eng buyuk imkoni. Chunki bu - rahmat yo’li, jannat yo’li.

Allohning eng buyuk ne’mati bu - hidoyat yo’lida bo’lishlik. Chunki abadiy saodatga shu bilan erishiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:20:44

Bu go’zal ne’matni ba’zi bandalariga bermaydi. Alloh tomonidan sevilmagan banda musulmon bo’la olmaydi! Sevilmagan qul ibodatlarni bajara olmaydi! Xayrli ishlarni qila olmaydi! Masjidga bora olmaydi! Va nihoyat sevilmagan qul Alloh zikrini ayta olmaydi! Alloh ayttirmaydi, nasib etmaydi. Bular sevilgan bandalarga nasib etadi.

Alloh taolo o’ziga ishonmaydigan va inkor qiluvchilarni hidoyatga boshlamaydi. Kufroni ne’mat qilgan, Alloh bergan xayru in’omlarni sezmagan, ne’mat egasini ko’ra olmaydigan ko’rlarni hidoyat etmaydi! Xatosini anglab tavba qilganga hidoyat beradi-yu, Allohning ne’matlarini tushunmaydigan, fahmlay olmaydiganlarga hidoyat nasib etmaydi! Dunyodagi barcha Ne’matning — suv, havo, ovqat, salomatlik, ofiyat, aql, fikr va hokazo... Hamma narsaning Allohning ikromi ekanligini bilish lozim! Bu ne’matlar qadrini bilmagan va ularning Alloh tomonidan berilganligini tushunmaydiganlarga hidoyat nasib etmaydi.

Shuningdek, zolimlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Boshqalarga zulm o’tkazuvchi, o’z nafsiga zulm qiluvchi, Alloh buyurgan ahkomlarini bajarmasdan gunohga botib yurganlarga hidoyat nasib etmaydi.

Fosiqlarga, fisqu fujurda yashayotganlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Allohning tavajjuhiga erishishning ilk sharti bandaning o’z xatosini tushunib, ularni tark etib, gunohlariga pushaymon bo’lib, u yo’ldan qaytishidir. Bu noto’g’ri yo’ldan qaytmay, avvalgi holatida davom etsa, hidoyat nasib qilmaydi. Alloh bunday kishining tavbasini qabul qilmaydi, unga tavajjuh etmaydi.

Inson qanchalik gunohkor bo’lmasin, xatosini tushunib yetdimi, afv etilish umidi bor.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:21:40

«Yuz martaba tavbani buzgan bo’lsang ham yana kel, bu umidsizlik dargohi emas!» Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlariga nisbat berib, uning maqbarasi ustidagi lavhada yozilgan bu so’zlar aslida eronlik boshqa bir shoirga tegishli. Ya’ni pushaymon bo’lib, «Ey Rabbim, so’z bergan edim, ammo chiday olmasdan yana gunoh qildim, meni afv etasanmi?..» Sidqi dildan xatosini tushunib, pushaymonlik his etib, u yo’ldan qaytganlarni Alloh taolo hazratlari afv etadi.

Inson o’z haddini bilishi, xatosini tan olishi, bo’ynini egib, «Yo Rabbi, bilaman, gunohkorman, qusurliman», — deb aytishi lozim!..

Qarang, arablar qamariy oylarni boshi, o’rtasi va oxiri deb uch qismga bo’ldilar. Boshidagi o’n kunga, ashri-avval, o’rtasidagi o’n kuniga ashri-avsat, oxiridagi o’n kunini esa ashri-oxir deb ataydilar. Bu muborak, go’zal oyning to’la o’n kuni ham o’tib bo’ldi. Ramazonning ashri-avvali qo’ldan ketdi. Qaytarilishi mumkin bo’lmagan ne’matlardan biri, bu zamondir. O’tdimi orqaga qaytarib bo’lmaydi. Qaytarish mumkin emas.

Mo’’minga eng buyuk nasihat, eng buyuk dakki bu — vaqtning qadr-qimmatini bilishi, umrini yelga sovurmay, har soniyasini go’zal holda o’tkazishi, g’ofil qolmasligidir. Shuning uchun ham tariqat buyuklarimiz: «Darvesh «hush dar dam» — asosiga qat’iy amal qilib, har nafasda hushyor bo’lishi lozim!» — deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:22:05

Payg’ambarimiz buyuribdilarki:
«Sizga ramazon oyi keldi». Barakot oyi. Ramazon oyi kelganda hamma narsada barakot bo’ladi. «Ashhadu anla’ ila’ha illalohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasu’luhu» — deb shahodat berganimizdek, ko’zimiz bilan ko’ramizki, ramazon barakot oyi. Dasturxonlar, zamonlar barakotli bo’lmoqda. Har narsada barakot hosil bo’ladi. Chunki, bu oyni Alloh taolo haqiqatan ham farishtalari vositasida mo’min bandalariga hozirlab beradi. «Alloh taolo Jabroil alayhissalomga shayton va uning rahbar askarlarini zanjirband qil deb amr etadi», — deya keladi hadisi sharifda. Ya’ni, insonlarni yo’ldan ozdiradigan, aldaydigan, bir-biriga urishtiradigan, zulm qildiradigan ana o’sha yomonlik manbai shaytonning harakatlari cheklanadi. Qo’l-oyoqlari bog’lanadi, zanjirband etiladi. Shu tariqa mo’min qullarning joniga tegishi, ularni yo’ldan ozdirishi kamayadi.

Bu oyda Alloh taolo bir karra yomonlik manbalarini bog’lattirmoqda, xayru saxovat imkoniyatlarini esa orttirmoqda. Shuning uchun bu oyda har tomondan baraka yog’iladi. Jannat va osmonning eshiklari ochiladi. Osmon eshiklarining ochilishi oddiy ko’z bilan ko’riladigan narsa emas.

Chunki:
«Darhaqiqat biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik», deb buyuradi «Taborak» surasida eng yaqin osmonni yulduzlar bilan bezatgan Mavlomiz. Undan keyingi osmonlarni emas, balki mana shu eng yaqin osmonning narigi tomonini ham ko’ra olmaymiz. Shunday yulduzlar borki, ularning nuri bizga besh million yilda yetib kelar ekan. Nuri hali bizgacha yetib kelgani yo’q, uning orqasida boshqa yulduz mavjud bo’lsa uni umuman ko’rolmadik. Yoki bo’lmasam, nuri bizgacha yetib kelgan yulduz, besh million yil u yerda turgan bo’lsa, balki hozir o’sha joyida yo’qdir, balki portlab ketgandir. Chunki biz hozir uning besh million yil oldin taratgan yorug’ligini ko’rib turibmiz, aynan hozirgi holini ko’rayotganimiz yo’q. Ya’ni atrofimizda muazzam bir parda bor, bu pardaning orqa tomoni zamon, makon jihatidan pardali bo’lib, tushunib yetish mumkin emas, ko’rolmaymiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:23:03

Osmon eshiklarining muhimligi shundaki, Habibulloh bo’lganligi uchun hech bir basharga nasib etmagan bir imtiyoz, bir ikrom bilan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga Alloh taolo me’rojni nasib etdi. Quddusi sharifdan samoga ko’tarilib, yetti qavat («Qoba qavsayni av adna») maqomlariga yetkazdi.

Shunday qilib, ramazon kelishi bilan osmonning eshiklari ochiladi, jannat bezatiladi, jahannam eshiklari yopiladi. Shaytonlar bog’lanadi. Bularning barchasi hadisi shariflardan bilganimiz ma’naviy o’zgarishlar. Biz esa ularning farqiga bormasdan, lekin ularning ta’sirida ramazon oyida chiroyli ibodat havosiga sho’ng’ib, rohatlanamiz va masjidlar to’ladi.

«Kapi Masjidi» ramazon bo’lmagan paytda ham xufton namozida shunday to’lib ketardimi? Men musofirman, lekin siz oldin necha saf bo’lgani, hozir necha saf ekanligini o’ylab ko’ring. Ramazon oyida ro’za tutgan bu birodarlarimiz ramazondan boshqa paytlarda ham ibodatga shunchalik berilganmidilar? Yo’q. Hamma vaqt shunday namoz o’qiydilarmi? O’qimaydilar.

(Shahru baraka’tin). Ya’ni muborak, barokatli, xayrli bir oy. (Fi’hi xayrun). «Bu oyda xayr bor». Bundan tashqari, uning ichida ming oydan afzal bir kecha bor. Qaysi kechaligini Alloh taolo yashirgan, aniq-tiniq bayon etmagan. Ming oydan xayrli bir kecha borligini Qur’oni karim bildirmoqda.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:23:37

Payg’ambardan so’rabdilar:
«Yo Rasululloh, bu faqatgina sizning umringiz davomidami. Ya’ni dunyo tarixida bir marotaba keladigan kechami yoki har yili keladimi?»
«Har yili!» — deb buyuribdilar.

Har yili ramazon oyida ming oydan xayrli bir kecha keladi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam uning bir alomatini aytibdilar.
«Bu kechani ramazonning so’nggi o’n kunidan qidiring!»

Bu kechani qo’lga kiritgan, u kechada Allohning yaxshi ko’rgan ibodatini bajargan kishi, 83.3 yil ibodat qilganlik savobini oladi. Ming oy shuncha yil bo’ladi.

Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning uylari biznikiga o’xshab masjiddan uzoqda emas edi. Masjid bilan tutashgan edi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eshiklarini ochishlari bilan oyoqlarini masjidning ichiga bosar edilar. Xonalari jome’ga tutashgan edi. Shunga qaramay, ramazonning so’nggi o’n kunida masjidga kirar edilar. Va kechayu-kunduz ibodat bilan mashg’ul bo’lardilar.

Uch oylar kelishi bilan Muhammad alayhissalom ibodatlarga kuchli e’tibor berar edilar. Rajab oyi kirishi bilan toatni ko’paytirar, sha’bon oyi kirganda yanada ko’proq riyozat chekar va nihoyat Ramazon oyida toat-ibodatu zuhdu riyozatlari kamolga yetardi. Ramazonning so’nggi o’n kunligida esa masjidda e’tikofga kirardilar. Tabiiyki, sahobai kiromlar ham shunday qilganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:24:54

Bir gal juda ham qiziq bir hodisa ro’y bergan ekan. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidga kiribdilar, qarasalar, masjid chodirlarga to’la. Ma’lum bo’lishicha, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xotinlari kelib chodir quribdilar. Ular bizning onalarimiz bo’ladi. Chunki Qur’oni karim buyuryaptiki:

«Uning ayollari esa ularning onalaridirlar». Hazrati Oisha onamiz, Hazrati Xadicha onamiz, shunga o’xshash ularning hammasi bizning onalarimiz.

Payg’ambarimiz esa: «Bular xayr ish qildik, deb o’ylayaptilarmi?» — debdilar. O’sha yili e’tikofga kirmabdilar, chunki xotinlar bir tomonda, erkaklar boshqa tarafda. Mumkin bo’lmasa-da, boshlashibdimi, oxirigacha yetkazsinlar, deb chiqarmabdilar. O’sha yili xotinlar ibodatni masjidda bajaribdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ramazon o’tgandan keyin e’tikofga kiribdilar.

Xo’sh, ayol kishi e’tikofda qaerda bo’ladi? Albatta, o’z uyida bo’ladi. Ayol kishi o’z uyida e’tikofga kiradi. Erkak esa e’tikof ibodatini masjidda bajaradi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam va ashobi kiromning hammalari e’tikofga kirganlar. Siz ham e’tikofdan bahramand bo’ling! Ramazonning oxirgi o’n kunida siz ham u sharafni, u sevgini, u ibodatni totib ko’ring.

Bir ayol uyida e’tikofini bajaribdi va bizning bir domla birodarimizga aytibdiki: «Men bu ishni juda ham sevdim, bundagi ibodatlardan juda ko’p foyda olib qoldim». Albatta, e’tikofda inson olamlarning Rabbisi Alloh taolo bilan tanho qoladi, Unga munojot qiladi, dil rozini aytadi. Zikrning halovatini totadi.

Qayd etilgan