Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155457 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 29 B


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:19:34

Bizning fakultetlarimizda turli mutaxassisliklarni — shifokorlik, muhandislik, ziroatchilik, huquqshunoslik sohalarini yaxshi o’rgatishadi. Juda ham yaxshi, Alloh bu maslak sohiblarining sonlarini ko’paytirsin. Ammo, eng avvalo, o’z mutaxassisliklari bo’yicha nima halolu nima harom ekanligini o’rgatishini xohlardim. Chunki harom luqma yedimi, uning ibodati ham qabul bo’lmaydi, shubhasiz, jahannamga kiradi. Juda ham ayanchli holatga tushib qoladi. Shuning uchun halol luqmaga ahamiyat berishingizni yana bir karra eslatyapman.

Ikki ramazon, ikki haj, ikki jum’a, ikki namoz orasidagi gunohlarga kafforat bo’ladi, dedik. Faqat bir shart bilan: (Majtunibatul kabairi). Gunohi kabira — katta gunohlardan qochgan holdagina katta gunohlar bu — odam o’ldirish, o’g’irlik, zino va boshqalar. Mana shunday gunohlardan o’zini saqlab, hushyor yurgan kishining chapdan, o’ngdan bilmasdan aralashib qolgan gunohlari o’chiriladi. Lekin katta gunohlardan saqlangan taqdirdagina.

Barchamiz mo’’min va mo’’mina bo’lganimiz uchun ham gunohi kabiralardan saqlanamiz. Ya’ni, o’g’irlik qilmaymiz, alhamdulilloh. Odam o’ldirmaymiz, alhamdulilloh. Alloh bunday gunohlarga ro’para qilmasin. Biroq hozirgi davrda mo’’min uchun eng tahlikali gunoh bu — zino. Afsuski, zamona ko’plab kishilarni zinoga bulg’ab tashlamoqda. Davr shartlari har kishini ozmi-ko’pmi zinoga bog’lamoqda.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:20:44

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Ko’zlar ham zino qiladi», — dedilar. Ko’z zinosi nima? Qaralishi mumkin bo’lmagan ayollar, nomahram avrat a’zolarga qarash. (Val yada’ni tazniya’n). «Qo’llar ham zino qiladi», — deydilar. Qo’llar ham saqlanishi, haromga tegmasligi, harom narsalarni bajarmasligi lozim! Ayniqsa, ko’zdan bo’ladigan zinodan qattiq saqlanish darkor!

Ko’z zinosi qanday bo’ladi? Bunga ba’zan gazeta va jurnallar sabab bo’ladi. Men bugun kelishimda birodarlarimizga ba’zi gazetalarni olmang, dedim. Yana bir nechasini o’chiraman va bularni ham olmang, deyman. Ammo hayotni bilish, voqealarni eshitish uchun uch-to’rt dona gazeta olish kerak. Domla bo’lganligimiz uchun sizlarga biror narsa tayyorlash maqsadida ba’zi gazetalarni sotib olamiz. Bitta gazetada bir erkakning bir erkak bilan tushgan tasviri bor. Bu juda ham qo’rqinchli narsa! Bundan tashqari, yalang’och ayollarning rasmlari borki, bular fojiali narsalar. O’sha jaridalarning bir qismi aynan shu narsani o’z vazifasi deb biladi. Ular axloqsizlikning eng yomon shaklini reklama qiladilar. Odamlar bu jaridalarni olsin deb, odamlarning qitig’iga tegadigan mavzularni oldinga suradilar. Diniy nuqtai nazardan esa, bularning barchasi zinoga kiradi, haromga olib boradigan narsalar.

— Xo’p bo’ladi, domla, o’sha gazeta-jaridalarga qaramaymiz! Gazeta peshtoqlariga qaramasdan, to’g’riga qarab o’tib ketamiz!
— Yaxshi, lekin uyingdagi televizor nima bo’ladi? Uydagi televizorlar tufayli ham musulmon katta zararlarga kirib ketayapti.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:21:26

Kecha Ko’nyada va’z o’qiyotganimda, qog’ozga savollarni yozib jo’natibdilar:

«Domla! Televizori bo’lgan uydan imonli o’lik chiqmaydi, demoqdalar. Shu to’g’rimi?»

«Yo’q, unchalik emas. Allohning ishiga hech kimsa aralasholmaydi! Imon masalasi... U qadar ham deya olmaymiz, lekin televizorning tahlikasi ham oz emas», — deb aytdim.

Esimda bor. Anqaraga va’z o’qigani borgandim. O’sha kechasi Mahmud Alining «32-kun» degan ko’rsatuvida asli yunonli bo’lgan pop-musiqachi Yusuf Islomning lavhasi, reportaji bor edi.

Men Yusuf Islom bilan tanishdim. Istanbulda kasal bo’lib yotganimda ziyoratimga keldi. Alloh rozi bo’lsin. Mojarosini ham bilaman. Yaxshi, ixlosli musulmon, mendan uzun soqoli bor. Egnida jubba, boshida salla bilan yuradi. Uni ko’rgan kishi beixtiyor «Bu bizning qoradengizli mullalardan», — deb o’ylaydi. Ya’ni shu qadar e’tiqodi sog’lom bir musulmon birodarimiz.

Qanday qilib musulmon bo’libdi? Dengizda cho’kib ketib, bo’g’ilib qolib: «Yo Rabbim! Agar meni o’ldirmasang, bundan keyin senga yaxshi ibodat qilaman. Haq din ustida senga chiroyli qullik qilaman», — deb aytibdi. Alloh bir vasila bilan uni qutqazibdi. Qutilibdi. U esa bergan so’zini unutibdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:22:04

Inson farzandi shunday, muhtaram birodarlarim! Zilzila bo’lsa, hamma duo aytishga tushadi, tugashi bilan yana unutadi. Urush bo’lsa, Qibrisga yuborish boshlansa, kimning qanday bo’lishini hammangiz yaxshi bilasiz.

Gazeta-jurnallarning, radiolarning havosi o’zgaradi. U tugashi bilan din va imonga bo’lgan munosabat kamayadi. Kemaga mingandan keyin, to’lqinlar kemaga urila boshlashi bilan:
«... chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar».

Ixlos bilan Allohga duo qiladilar, quruqlikka chiqqanlarida esa unutadilar. Inson farzandining turgan-bitgani shunday...

Yusuf Islom ham bergan so’zini unutibdi. Ammo «Hoy sen, «Ey Rabbim, agar meni qutqarsang, senga yaxshi ibodatlar qilaman», deb va’da bergan eding! Nima bo’ldi?» — deb bir necha marta tush ko’raveribdi va oxiri musulmon bo’libdi. Alloh uni ogohlantirgan ekan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:22:30

Bu birodarimizni yaxshi bilamiz, uni hurmat qilamiz. Qani, tomosha qilaylik, dedim. «32-kun» dasturi boshlanish soatida televizorni qo’ydik. Bu ko’rsatuvni tayyorlaganlarning jazosini Alloh bersin. Bu aslida musulmonlar tomosha qiladigan Yusuf Islom haqidagi bir dastur edi. Men ham shuning uchun tomosha qilmoqchi bo’ldim. Dasturning boshiga behayo bir filmning yotoqxona sahnasini kiritibdilar — xalqni masxara qilayotgandek. Men uni kutmagandim-ku, men sening dasturingni — Yusuf Islomning qanday musulmon bo’lishini tushuntirib berasan, deb tomosha qilmoqchi edim. Nega behayo sahnani kiritib, meni gunohkor qilasan? Zotan, o’zing gunohga botib turibsan...

Biz Yusuf Islomni tomosha qilmoqchi edik, lekin bu dasturni ko’rgan, ko’zimizni yopdik, lekin xohlaganingcha berkit, uying ichida ham mayxona, ham diskoteka, ham cherkov, ham pop, ham kazino, umuman hamma narsa bor. Bu televizor har narsa...

Shuning uchun ham, muhtaram birodarlarim, ko’z zinosi masalasida juda ehtiyot bo’ling! Payg’ambarimiz bejizga: «Ko’z ham zino qiladi» demadilar. Ya’ni haromga qaradimi — ko’zning zinosi bo’ladi. Zino ham gunohi kabira. Gunohi kabira qiladigan insonning esa duosi aslo qabul bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:23:00

Bir kishi ko’chada biror ayolga ko’zi tushsa, birinchi boqish kechiriladi. Ikkinchi marta nazari tushsa, gunoh yozila boshlaydi. Chunki ikkinchi qarash shaytondan. Birinchi marta ko’zi tushganda, nima qilsin, ma’sum, chorasi yo’q. Ikkinchi qarashi shaytondan bo’lib, gunohga boshlaydi. Shuning uchun ham bizning naqshbandiya tariqatimizning asoslaridan biri: «Nazar bar qadam». «Nigohing oyog’ing uchida bo’lsin», — deyiladi. Bu nima degani? Atrofga qaramasdan, bokira qizdek hayoli bo’l, degani. Chapga, o’ngga qaradimi, agar ko’rib qolsa gunohga kirgani shu.

Shoir nima deydi:
Ko’z ko’rdi, ko’ngil sevdi, o mening yuzi mohim!
Qurboning bo’lay, bormi, bunda mening gunohim?


— Ha, bor. Ko’z ko’rgani uchun gunoh yoziladi. Nomahramga qaramasliging kerak edi. Ko’chaga chiqadigan ayolingni yarim-yalang’och emas, yopinchiqqa o’ratib chiqarishing kerak. Qizingni esa bolalagidanoq hayoga, odobga o’rgatasan...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:24:04

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinibdi, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuribdilarki:
«Kim ramazonda ro’zasini tutsa, ya’ni, kim ramazon ro’zasini tutib, ramazonning maxsus sunnati bo’lgan tarovih namozini o’qisa, imon keltirib, mo’min holda savobini Allohdan kutib bu amallarni bajarsa, uning oldingi va kelajakdagi gunohlari kechiriladi».

Boshqa bir mashhur hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ramazon oyini ta’riflab aytadilarki: «Ramazonning boshi Allohning rahmatiga, marhamatiga erishmoqdir. O’rtasi gunohlarning kechirilishi, afvu mag’firat etilishidir. Oxiri esa, jahannamdan ozod bo’lishidir». Banda ro’za tutishni boshlashi bilan Ramazonning boshida Allohning marhamatiga erishadi, o’rtasida mag’firat etiladi, oxirida esa «Sen endi jahannamdan qutulding, ozod bo’lding!» — degan mujdaga erishadi va jahannamdan najot topadi, inshoalloh. Ammo:
«Agar kishi shunday chiroyli savoblari bo’lgan ushbu ramazon oyida Allohning rahmatiga erisha olmasa, xayrlarga noil bo’lolmasa, demakki, u qaroqchidir», — deb aytmoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:24:49

Qaroqchi deganida, tog’lardagi qaroqchi tushunilmaydi. Islom adabiyotida inson ikki toifaga bo’linadi: birinchisi — suado, saidlar zumrasi, ya’ni, dunyo va oxirat saodatiga erishib, jannatga boruvchilar. Ikkinchisi — ashqiyodir. Shaqiylar, ya’ni Allohning rahmatiga erisholmagan do’zaxiylar zumrasi degani... Shaqiy — jahannamiy, said — jannatiy deganidir. Demak, «Ashqiyo ramazon oyining fayzidan, barakotidan, rahmatidan foydalana olmaganlar. Aslida haqiqiy saodatdan mahrum qolganlar shu toifadir», — demoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam...

Hozir yo’lda ko’rdim, birov sigaretini olib yoqdi. Eski hammom, eski tos. Sen Ramazonda kunduzlari Alloh hatto halol qilgan narsalariga sabr qilgan eding: yemasding, ichmasding, sen uchun odatiy hol bo’lgan narsalarni bajarmasding. Oqshom esa, nima uchun makruh, ba’zilariga ko’ra harom bo’lgan narsani bajarayapsan? O’zingni tutishing kerak edi! Demak, sen bu ishning ruhini fahmlay olmabsan. Ramazonda taqvo sohibi bo’lishing, nafsingga hokim bo’la olishing, yomonliklarni tark eta oladigan holatga kelishing lozim edi. Bu holga yetib kelmabsan. Ammo, hali ramazon tugagani yo’q, ish nihoyasiga yetganicha yo’q. Yana o’n to’qqiz kun bor, oldimizdagi kunlarda g’ayrat ko’rsatib, Alloh taoloning rahmatini qozonishga harakat qilaylik!

Alloh taolo barchamizni tavfiqi samadoniyasiga mazhar qilsin. Bu go’zal oyning xayru barakotidan foydalanib, Alloh sevgan taqvo ahli, solih bir mo’’min holiga kelishni nasib etsin. Yomon xulqlarimizni tark etib, go’zal axloqlarga erishishni nasib aylasin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  03 Oktyabr 2006, 07:25:38

Yana bir hadisi sharif bor, uning ta’siri ramazondan keyin ma’lum bo’ladi. Bir inson ramazondan keyin ramazondagi chiroyli axloqlarini tark etib, ramazondan oldingi holiga — past saviyaga tushib qolsa, bu — tutgan ro’zalari, qilgan toat — ibodatlarining qabul bo’lmaganligi alomati. Qabul bo’lganligining alomati esa holatining yanada yaxshi holga o’zgarishidir. Ramazondan oldingi holidan farqli, ramazondan keyingi holati juda ham chiroyli bo’lishi kerak!

Alloh taolo barchamizni g’aflat uyqusidan uyg’otsin, orif, ogoh qullaridan qilsin. Umrimizni o’zining rizosi yo’lida kechirishga muvaffaq aylasin, tavfiqini rafiq etsin, xos bandalaridan bo’lishimizni nasib qilsin. Husni xotima ila oxiratga borishni lutf aylasin. Hammamizni jannati va jamoliga musharraf etsin.

Bi hurmati asrori suratil fotiha.

10 fevral 1995/ 10 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:25:09

«JAHANNAMGA KIRADIGANLAR»

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu aziz va muhtaram birodarlar!
Alloh taolo ro’zalarimiz, namozlarimiz, ibodatlarimizni qabul aylasin. Dunyo va oxiratdagi murod-maqsadlarimizga noil qilsin.

Sizlarga bu xufton namozidan keyin ikki oyati karima va bir hadisi qudsiyni tushuntirib bermoqchiman.
Alloh taolo qator oyati karimalarida bizlarga taqvoni amr etmoqda. «Muttaqiy qul bo’ling, taqvo ahli bo’ling, taqvoga ergashing, taqvoni shior qiling!» — deb bizdan taqvoni talab qilyapti. Xudovandi karim «Hashr» surasida shunday buyuradi.

Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Bu oyatni ilgari ham sizlarga eslatib, sharQlab berganman. «Ey mo’’minlar, Allohdan qo’rqinglar va har bir jon erta (Qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo’rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».

Qayd etilgan