Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 124820 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 29 B


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:52:16

«Ey, bu qadar saxiylik qilinmaydi!» — debdi. Xayrni ko’p qilib yubording, deb unga tashlanibdi. U esa: «Amaki, bilaman, siz otamning do’stisiz. Ammo, qarang, otam vafot etdilar», — debdi. Ya’ni «Inson o’lib qolishi mumkin, xayru hasanot qilish lozim! Otam o’ldi, sen otamning do’stisan, sen ham o’lasan bir kun, shuning uchun sen ham xayr qilgin!» — demoqchi bo’libdi. U ham gap nima haqida ekanligini tushunib:

«Jim bo’l, meni o’lim bilan qo’rqitma!» — debdi.

«Ustoz, Allohning ibratli ishiga qaraginki, bir necha kun o’tdi. Shahar o’rtasidagi eng qimmat, bir metr joyi million lira foyda beradigan joyda do’koni bor edi. Hokimiyatdan kelib, uni chiqartira boshladi», — dedi. Senmiding hali boshqalarning xayriga monelik qilib, bajarmaydigan? Qara-chi, qo’lingdagi do’koning qoldimi? Hukumat olib qo’ydi. Evaziga qancha berdi? Arzimagan pulni beradi. Shunga o’xshash kimlardir birovlarning berayotgan zakotiga to’sqinlik qiladi.
6. (Va a’kilur ribo). Foiz — ribo yeydigan. Foiz oluvchi, foiz beruvchi, foiz yeyuvchi. Bu toifa ham jahannamga kiradi.
7. (Va sha’ribul xamr). Ichkilik, aroq ichuvchi. U ham jahannamga kiradi.
8. (Va zolimil yatim). Yetimga zulm qilgan. Ota-onasi, qarovchisi yo’q deb urib tepib, ham molini sarflab, ham o’ziga zulm qilgan kimsa ham jahannamga kiradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:52:51

9. (Val aji’ril g’a’dir). Ishchini ishlatib, haqqini bermagan, haqsizlik qilgan ham jahannamga kiradi. Ba’zi zo’ravon kishilar bor: «Shuncha olding, yetadi, yo’qol endi!» — deydi. Noinsof mansabdor yo biror korxonaning boshlig’i, ishchining haqqini esa o’ylab ham ko’rmaydi. O’ylamaydi, lekin Alloh bir kun yoqasidan tutadi, ana shunda jahannamga kiradi.
10. (Van-na’yihati). O’likka yig’lovchilar. Arablarda shunday xotinlar bor edi. Ular pul evaziga birovlarning uyida o’likka yig’lab beradilar. Sochlarini yulib, dod-faryod solib, «Oh, bunday edi! Oh, shunday edi, qora ko’zli edi!» — deb baqirib-chaqirib yig’lardi. Bunga nayiha deyiladi. Bular ham jahannamga kiradilar.
11. (Va ja’mi’il-harom). Harom mol-dunyo to’plaganlar. Ular ham jahannamga kiradi.
12. (Va na’sil-Qur’on). Qur’onni yodlab, unutib yuborganlar ham jahannamga kiradi.

Muhtaram birodarlar! Qur’oni karimni ikki yo’l bilan unutish mumkin:
Birinchisi yodlaydi, lekin qaytarmaydi, natijada Qur’oni karimni unutadi. Bundaylar ko’p, balki sizlarning orangizda ham bordir. Yodlaganini unutish katta gunoh.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:53:20

— «Ar-rohman» surasini yoddan bilasizmi?
— Bilardim, lekin hozir o’qiyolmayman.
— «Taboraka»ni bilarding, o’qi!
— Unutdim.
— Bu gunoh. Bilgan suralaringni unutish gunoh...
Ikkinchisi: Qur’oni karimning ahkomlarini unutadi, amal qilmaydi. Musulmon nima qilishi kerak? Qur’onning ahkomlariga amal qiladi. Allohning buyrug’ini bajaradi, harom ishlardan qochadi.

13. (Va likulli fa’jir). Fajr — gunoh qilmoq degani. Gunoh qiluvchilar ham jahannamga kiradi.

14. (Va mu’zil-jiron). Qo’shnisiga jafo, ziyon yetkazgan kishi. Bir shaharga borgan edik, o’sha yerlik bir kishi shikoyat qilib keldi:
«Domla! Men falon mahallada yashayman. Shunday qo’shnilarim borki, to’pponcha qadab, tahdid soladilar!» — dedi.
«Alloh seni ularning yomonligidan saqlasin! Yo ularni isloh qilsin, yo seni ularning orasidan qutqarsin, yo bo’lmasam ularni u yerdan daf’ qilsin!» — dedim.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:53:46

Demak, qo’shnisiga aziyat bergan ham jahannamga kiradi.
— Domla, agar mazkur illatlardan ba’zilari bizlarda bo’lsa, xasislik, chaqimchilik, riyokorlik yoki zakot bermaslik bo’lsa, nima bo’ladi endi? Albatta, riyokor bo’lmaslik, g’iybat qilmaslik, chaqimchilik qilmaslik oson ish emas.
— Ha, bu yerda bitta qutulish eshigi bor:

Agar bularni qilib, keyin tavba qilgan bo’lsa...

Hazrati Ali raziyallohu anhu aytadilarki: «So’zda astag’firulloh al-azim va atubi ilayh», — deyishlik yolg’onchilarning tavbasi. Tavba — qaytish degani. Turgan holida turib, bajarayotgan ishini bajarib, yana tavba desa, yolg’onchilarning tavbasi bo’ladi. Asl tavba gunohni tark etib, gunohdan voz kechmoqdir.

Tavba qilgan avvalgi yo’lidan qaytadi. Ba’zan aytamiz-ku: «Falonchi odam o’z yo’lidan qaytibdi. Tavba qilib insofga kelibdi. Qur’on kursiga qatnab, mutaddayyin musulmon bo’libdi. Islomni yoyishga xizmat qilmoqda. Ichkilik ichardi, tashlabdi. Qamoqxonaga tushib, tavbakor bo’lib chiqibdi, yaxshi inson bo’libdi».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:54:09

Ammo haqiqiy tavba qilganlar va imonini qutqarib, amali solih qilganlar Allohning rahmatiga erishadi.
Alloh ularni kechiradi, kechiribgina, gunohlarini tozalabgina qolmasdan, ana o’sha gunohlarini hasanotga aylantiradi. Gunohlarini savobga almashtiradi. Nima uchun? Tavba qildi deb. Tavba qilganning oldingi gunohlari kechiriladi.

«Chunki Alloh taolo G’afurdir, Rahimdir». G’afur — ko’p-ko’p mag’firat qiluvchi degani. Rahim — marhamati ko’p degani. Alloh ko’p marhamatlidir, ko’p mag’firatlidir. Shuning uchun tavba qilib, imonini quvvatlantirib, yaxshi inson bo’lib, solih amallar qilsa, ham kechiriladi, ham gunohlari tozalanadi hamda gunohlari hasanotga aylantiriladi.

U holda, ey mening qullarim, o’zingizga marhamat qiling! Chunki shu badanlar azobga chidolmaydi, zaifdir, olovga chidolmaydi. O’zingizga achining! Oxirat yo’lchiligi, uzoq-uzun yo’lchilikdir, yuklar, vazifalar og’irdir. Badan zaif, yo’l uzoq, yuk og’ir. Isrofil alayhissalom surnayga puflab, insonlarni Arosat maydoniga chaqiradi. Kim qaerga ko’milgan bo’lsa, o’sha joyidan turib, u yerga borib to’planadilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:54:45

Alloh ogohlantiradi: «Ey bandam, o’z nafsinga rahm qil, badanlar ozg’in, manzil yiroq, yuk esa og’ir», ko’zingni och, hushyor bo’l. Safar tadorigini ko’r, bo’lmasa sharmanda bo’lasan». Chunki, (Van na’ra talazza’). Jahannam otashining olovlari otilib chiqib turadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadisi sharifda tushuntiradilar: Farishtalar mahshargohga jahannamni olib keladilar. O’zi muazzam, juda ham keng bo’lishiga qaramay, farishtalar uni mahshargohga olib kelishadi. Chapga-o’ngga og’ib turadi. Mujrimlar — gunohkorlar jahannamning ichiga otiladi. Shunda Alloh taolo jahannamdan so’raydi:

«Ey, do’zax to’ldingmi, ichingda joy qolmadimi?»

Jahannam javob berar ekan:
«Yana bormi, ey Rabbim, agar bo’lsa, jo’nataver!»

(Val qozi’, rabbul a’lamiyn). Alloh taolo Mahkamai Kubrosini quradi va insonlarning bu dunyoda bajargan amallaridin hisob so’raydi. Zarra miqdoricha xayrning mukofoti bo’ladi, zarra qadar sharrning jazosi bo’ladi.

(Va yuhazzirukumullohu nafsahu). «Alloh oldindan sizlarni o’zidan ogoh etayapti, saqlayapti, qo’rqityapti», — deb aytilmoqda hadisi qudsiyda.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  04 Oktyabr 2006, 07:55:24

Aziz va muhtaram birodarlarim! Fursat hali qo’ldan ketgani yo’q. Ramazon tugagani yo’q. Ishlash imkoniyati bor hali. Allohdan qo’rqing! Taqvoni shior qiling, taqvoga rioya qiling! Kunduzi ro’za tutib, kechasiga gunoh qilmang! Alloh yo’lida doimo sog’lom shaklda yuring! Orif guvohnomasini qo’ldan boy bermang! Ramazon fursatini boy berib qo’ymang, keyingi ramazonga chiqolmaydiganlar ham bo’lishi mumkin. Keyin bu fursatni tutolmaslik ham mumkin!

Alloh taolo bizni g’aflat uyqusidan ogoh etsin! Sevgan amallarini bajarishga muvaffaq qilsin. Yo’lida doim, zikrida qoyim aylasin. Huzuriga o’zi sevib, rozi bo’lgan bir qul bo’lib borishni nasib aylasin!

Bi hurmati habi’bihi Muhammadinil mustafo va bi hurmati shahri ramazonal muborak va hurmati asrori suratil fotiha!

11 fevral 1995 / 11 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:23:47

OXIRATGA HOZIRLIK KO‘RISH

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.


Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz — Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!

Amma ba’d:
Alloh taolo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ruhlarini shod qilib, hayot bo’lganlarga sihatu ofiyat va chiroyli xizmatlarni nasibu muyassar aylasin!

Rahmatli birodarim Fikriy Yovuz tarjima qilgan «Qirq qudsiy hadis» kitobidagi 26-hadisi sharifda shunday deyiladi:
«Alloh taolo buyuryaptiki, — demoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Ey odam farzandi!».

Hammamiz Odam alayhissalom farzandlarimiz. Shuning uchun hammamiz, aka-ukalar, birodarlarmiz. Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilganligiga ko’ra barchamizning asl xamirturushimiz tuproq bo’lganligi uchun buni unutmasligimiz, kamtarin bo’lishimiz lozim. Alloh taolo bizlardagi barcha yomon axloqlarni shu muborak ramazon oyida isloh qilsin. Kibr, ujb, g’urur, hasad, kin va shunga o’xshash yomon illatlardan xalos etib, axloqi hamidaga erishtirsin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:24:37

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Me’roj kechasi Odam alayhissalom bilan uchrashib, gaplashganlar. Ul zot O’ng tomonlariga qarab kularkanlar, chap tamonlariga qarab yig’larkanlar. O’ng tomonlariga qaraganlarida imonli — mo’min farzandlarining ruhlariga qarab, ularning jannatiy bo’lishlaridan sevinib kularkanlar.

Chap taraflariga qarab esa, g’ofil, johil, mujrim va gunohkor farzandlarini ko’rib, ularning azobga giriftor bo’lishlarini o’ylab, yig’larkanlar.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki: «Dunyodagi insonlarning amallari jum’a kechalari oxiratga ketgan, vafot etgan buyuklariga qabrda arz qilinarkan. Shunda ular dunyodagi farzandlarining bajargan savob ishlaridan sevinar, qabrlarida yorug’lik ortib, mamnunliklari ortar ekan. Bajargan yomonliklari arz etilgudek bo’lsa, u holda suyaklari zarar ko’rib, xafa bo’larkan».

Shuning uchun ham Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu hadisi sharifning oxirida bizlarga tanbeh berib:
«Allohdan qo’rqing va o’tganlaringizga ozor bermang! O’ldilar, ketdilar, endi ularni qabrida bezovta qilib, ranjitmang!» — demoqdalar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:25:11

Gunoh qilish bilan kishi o’ziga zulm qilgan bo’ladi, bu — bir. O’ziga zulm etibgina qolmasdan, boshqalarga zarar ham yetkazadi. Birinchi bo’lib sevgili ota-onasiga zarar beradi. Qabrda ularni bezovta qiladi, ranjitadi. Chunki, ularning ruhlari his etadilar, nimaiki yomonlikni bajarsalar, farishtalar ularga bildiradi.

Agar ota-onangizni sevsangiz, agar ularga nisbatan farzandlik burchini chiroyli ado etishni xohlasangiz, agar ularni sevintirishni o’ylayotgan bo’lsangiz, ular uchun gunohlardan voz keching! Alloh uchun voz keching, nafsingizni qutqarish uchun voz keching, ota-onangizning xotiri uchun, bobongizning xotirasi uchun voz keching! Chunki, ularga bildiriladi va ular ranjiydilar.

Hadisi sharifda o’qigan edim, gunohning boshqalarga ham zarari tegadi.
Gunoh boshqa kishi uchun ham shumlik keltiradi. Agar biror kishi gunohkorni «Hayf senga! Shunday ham bo’ladimi? Uyatsiz, ahmoq...», — deb ayblasa, aybini oshkor qilsa, Alloh shu qusurni gunohkorni ayblagan kishining ham boshiga solib qo’yadi. Chunki Alloh birovning aybini oshkor qilgan odamni yomon ko’radi. Hattoki, ochiq bir aybi tufayli birovni izza qilgan, uyaltirgan, unga ta’na qilgan odamni ham Alloh yomon ko’radi. Demak o’zi ham gunohga botmasligi uchun, Allohning g’azabiga uchramaslik uchun, hech kimni, hattoki, ochiqdan ochiq gunoh ish qilayotgan odamni ham ayblab bo’lmaydi.

Qayd etilgan