Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 124528 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 29 B


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:41:22

Savbon raziyallohu anhudan bir mujdani sizlarga yetkazaman:(Savbon raziyallohu anhu — Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xizmatchilari). Bir kun Savbon Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning yuzlariga muhabbat, sevgi bilan qarabdi. Quyoshga o’xshab porlab turgan nuroniy yuzni hayron bo’lib tomosha qilib turgan ekanlar. Uning bu qarashini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sezib qolibdilar:
«Ey, Savbon, tinchlikmi, nima bo’ldi? Tikilib qolding?».

Savbon debdi:
«Sizning jamolingizga qarab, mamnunu masrur bo’laman, yo Rasululloh, oxiratni eslab esa ko’nglim cho’kadi. Chunki siz oxiratda Firdavsi a’loga kirasiz, Maqomi Mahmudga erishasiz, jannatdagi eng yuksak darajalarga yetishasiz! Men esa hatto jannatga kirish-kirmasligimni ham bilmayman? Jannatga kirgan taqdirimda ham sizning maqomingiz qaerdayu mening darajam qaerda? Ajabo, Sizni u yerda ko’ra olarmikanman?».

«Milliardlarcha inson, millionlarcha musulmon — hammalari Rasululloh ishqida. Hovlimiz Rasulullohniki bilan qo’shni bo’lsin», — deb duo qilib turibdi. Qayoqda, biz u davlatmandning yoniga yaqinlasha olarmidik?» — deb xavotirga tushibdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:41:48

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
«Xafa bo’lma! Kishi sevgan odami bilan birga bo’ladi!» — deb lutf aylabdilar. Alloh qodir, sevganni sevgilisidan ayirib qo’ymaydi. Jannatda g’amginlik yo’q.

Demak, inson yaxshilarni sevsa, qiyomatda ular bilan hashr bo’ladi.

«(Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas».

Chunki Alloh yaxshilarni, muhsin qullarini zoe’ qilmaydi.

Muhsin — biror narsani chiroyli bajargan degani. Ehson — ishini chiroyli qilmoq degani. Ibodatdagi ehson nima ekan? Ya’ni ibodatni qanday qilib chiroyli bajaramiz, mukammal ado etamiz?

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:42:42

«Ehson nima degani, ey Rasululloh?» — deb so’raydi Jabroil alayhissalom:
«Ehson — Allohni ko’rayotgandek Unga ibodat qilishingdir, agarchi sen Allohni ko’rmasang ham U seni ko’rib turadi», — deb buyuradilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.

Sen «Allohu akbar» deyishing bilan uning huzurida bo’lasan. U senga shoh tomiringdan ham yaqin.

«Sizlar qaerda bo’lsangizlar U sizlar bilan birgadir».

«Ko’zlar unga yeta olmas. U ko’zlarga yetar!»


Asablar ko’zdan idrokni miyaga olib boradi. Alloh o’shalarni ham biladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  05 Oktyabr 2006, 07:43:37

Ibodatdagi ehson — shu. Allohni ko’rib turgandek Allohning ko’rayotganini bilib, Alloh menga qarayapti, ko’rib turibdi, deb ixlos bilan ibodat qilmoqlik. Ammo:

«Alloh har narsada insonni ehsonga amr qilgandir». Mo’’min bajarayotgan har narsani yaxshi, chiroyli bajarishga buyurilgan. Etikdo’z etigini mustahkam tikadi. Nonvoy nonini yaxshi yopadi, tikuvchi narsalarni bejirim tikadi, xattot chiroyli yozadi. Har bir kishi bajarayotgan ishini eng go’zal shaklda bajaradi. Qassob hayvonga azob bermaslik uchun pichog’ini yaxshilab o’tkirlaydi. Chunki Alloh muhsinlarning, chiroyli bajaradiganlarning ajrini zoe’ qilmaydi. Mukofotini beradi, chunki mo’’minga har narsaning chiroylisi yarashadi. Mo’’minga chiroylisini bajarish va chiroylisiga mazhar bo’lish yarashadi.

Alloh taolo amallarimiz, fe’llarimiz, toatlarimiz va ishlarimizni chiroyli, go’zal qilib bajarishni nasib aylasin! Va mukofotlarining eng go’zaliga, ne’matlarining eng mukammaliga erishishni, yurtlarning eng go’zali bo’lgan jannat diyoriga kirishlikni, Allohning eng sevimli bandalari bilan qo’shni bo’lishlikni nasib aylasin!

«Subha’naka la’ ilma lana’ illa’ ma’ allamtana innaka antal ali’mul haki’m». Subha’na rabbika rabbil izzati amma’ yasifu’n va sala’mun alal mursali’n val hamdu lilla’hi rabbil a’lamiyn», al-fotiha!

12 fevral 1995 / 12 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:22:10

KUNDALIK ZIKRLAR

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.


Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz — Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!

Aziz va muhtaram birodarlarim.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bomdod namozini masjidda jamoat bilan o’qib bo’lgach, o’tirib zikr qilishni va ibodatlar bilan mashg’ul bo’lishni sevardilar. Bu go’zal odatni o’z hadisi shariflari orqali bizlarga ham tavsiya etganlar.

Imom Termiziy raziyallohu anhu hazratlarining, Sihahi Sitta kitoblarining birisidagi, Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar:

Imom Termiziy bu hadisi sharifni ahsan hadis, deb ataganlar. Ma’nosi shunday: Kim bomdod namozini jamoat bilan masjidda o’qib, keyin quyosh chiqqunicha o’tirib, Allohni zikr qilsa va karohiyat vaqti chiqqanidan keyin turib ikki rak’at namoz o’qisa, shu qilganlari unga to’la haj va umraning savobini olishga sabab bo’ladi, to’la haj va umraning savobini, to’la haj va umra savobi!» — deb uch marta buyuradilar. Bu xususda boshqa rivoyatlar ham bor.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:22:24

Hazrati Umar raziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar:

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Madinai munavvarada bo’lgan paytlarida mushrik qabilalari ustiga bir islom qo’shinini yuboradilar. Qo’shin juda ham qisqa muddatdan so’ng katta g’animatlar va zafar bilan Madinai munavvaraga qaytadi. Bundan hamma mamnun bo’ladi. Chunki bunda ham zafar bor edi, ham ko’plab molu dunyo va podalar qo’lga kiritilgandi. Shunda birisi: «Qanday yaxshi! Qisqa zamonda bu qadar buyuk g’animat!» — dedi. Rivoyatlarga ko’ra, bu Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu bo’lganlar.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
«Men sizlarga bundan ham ulug’ g’animatning xabarini beraymi?»
«Bering, yo Rasululloh!» — dedilar.
«Kim bomdod namozini jamoat bilan o’qib, keyin o’tirib zikrulloh bilan mashg’ul bo’lsa, bu uning uchun yanada buyuk g’animatdir, ma’naviy yutuqdir».

Shuning uchun ham Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bu go’zal tavsiyalarini va odatlarini avliyoi kirom, ulamoi izom davom ettirganlar. Bomdod namozidan keyin ishroq vaqtigacha zikru ibodat bilan shug’ullanib, keyin ishroq namozini o’qiganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:22:43

(Summa qaada yazkurulloha). « So’ngra o’tirib Alloh ni zikr qilsa...», — deyilmoqda. Zikr — arabchada xotirasida saqlash, yodga olish degani. Zikrning turlari bor. Tili bilan «Alloh», «La ila’ha illalloh», — deyish. Asmoi husnaning birisini qaytarish, «Alhamdu lilloh. Subhanalloh. Allohu akbar», — deb kalimai tayyibani qaytarish, qo’liga tasbeh olib, takror-takror o’qish zikrdir. Zikr deganda birinchi bo’lib bizning aqlimizga keladigani — shu.

Keyin Qur’oni karim zikrdir. Hatto Qur’oni karimning ismlaridan birisi ham zikrdir.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
«Zikrni biz tushurdik, uni biz qo’riqlaymiz», — oyati karimasidagi «az-zikr» so’zidan murod — Qur’oni karim. Ya’ni: «Qur’oni karimni biz tushirdik, uni biz qo’riqlaymiz», — demoqdir.
Namoz ham zikr bo’lib, zikrlarning eng buyugi, muazzam bir majmuidir. Boshlanishi, o’rtasi, oxiri ham zikr. «Allohu akbar» bilan boshlanadi. «Subhanaka» — hamd, Qur’oni karim, ruku va sajdalardagi tasbehlar, tahiyyatlar, salotu salomlar bilan davom etib, oxiri salom bilan tugaydi.

Faqat zikrning zikr bo’lishi, zikr deb hisoblanishi — Alloh nazdida maqbul bo’lishi uchun zokir, ya’ni zikr qiluvchiAllohga mute’ — itoatkor bo’lishi lozim. Bir inson Allohga itoatda bo’lganligi uchun ham zikr qiladi, chunki itoat qilmoqda. Nima uchun itoat qilmoqda? Alloh xotirasida bo’lganligi uchun ham Allohga osiy bo’lmayapti, shuning uchun ham u zikr holatida. Agar bir inson Allohga osiy bo’lib isyon etish holatida bo’lsa, tilida biz biladigan, tushunadigan bir qator chiroyli kalimalarni takrorlayotgan bo’lsa ham zikr qilayotgan bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:23:07

Bu jihatdan zikr Allohga itoat bilan birga bo’ladigan bir ishdir. Til bilan zikr, ya’ni: «Alloh», «La ilaha illalloh» deyish yoki asmoi husnani, boshqa kalimoti toyyibotni takrorlash, asl maqsad bo’lgan Allohni ongida, xotirasida, zehnida jonlantirish uchundir. Shuning uchun ulamolarimiz buyurganlarki:
«Doimiy ravishda Alloh bilan birga bo’lish holi davomli zikr qilish orqali hosil bo’ladi».
ga o’xshash. Ya’ni «Olimlik o’rgana-o’rgana, ta’lim olish bilan bo’ladi». Zikr ham tafakkur bilan o’zini majburlash orqali bo’ladi. Inson harakat qilib-harakat qilib, oxirida shunday bir holga keladiki, bunga zikri mudom holi deyiladi, ya’ni Alloh taolo xotirasidan hech chiqmaydi. Hech bir narsa uni Alloh zikridan to’xtatib qo’yolmaydi.

Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
«Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas» holi unda ro’yobga chiqadi. Alloh doimo xotirasida bo’ladi. Hayoti Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam hayotiga o’xshab boradi.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duoyu zikr bilan yotardilar. Yonlarida misvok bo’lardi. Orada uyg’onsalar, duo va zikr qilar, misvoklarini ishlatardilar. Tursalar ham, o’tirsalar ham tillari va dillari zikru duoda edi. Hojatga ketishlarida zikr qilardilar, Allohga sig’inardilar. Hojatdan qaytganlarida yana zikr qilib, Allohga hamd aytardilar. Tahorat olganlarida ham, masjidga borayotganlarida ham, namozni o’qib bo’lib, chiqayotganlarida ham, kiyim kiysalar ham, yechsalar ham, ovqat yesalar ham, yeb bo’lganlaridan keyin ham zikr qilardilar, duo etardilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:23:25

Bu hol nimani ko’rsatadi? Har onda Alloh taolo bilan birga bo’lganligini ko’rsatmoqda. Har lahza zikri haqiqiy, zikri mudom holida bo’lganliklarini ko’rsatadi. Biror lahza ham g’aflatda bo’lmaganliklarini ko’rsatadiki, maqsud — shu, inson shunday bo’lishi lozim.

Shuning uchun tasavvufning asoslaridan biri — hush dar dam bo’lish. Sulaymon Chalabiy:
Har narsada Alloh yodin aytgil mudom,
Alloh oti birla bo’lur har ish tamom,


— deb yozganidek, har nafasda Allohni xotirasida saqlash, Allohni unutmaslik, Allohga qulligini bilish holatidir. «Xilvat dar anjuman» bo’lish tavsiya etilmoqda. Ya’ni xalq orasida bo’lsa ham Xoliq bilan birga bo’lish, qo’li ishda, ko’ngli yorda bo’lsin. «Dast ba koru dil ba yor». Buni tilimizda: «Qo’l ishda, ko’ngil bilishda», — deyiladi. Bilish —Mavlosi, Rabbini tanish, unga imon keltirish demak. Zikr shunday bo’ladi.

Shuning uchun inson bomdod namozidan keyin o’tirib zikr bilan mashg’ul bo’ladi. Yo qo’liga tasbeh olib, zikrlarni qiladi. Yoki bo’lmasam, Qur’oni karimni tilovat qilib, vaqtini unumli o’tkazadi. Namoz o’qimaydi, chunki bomdod namozidan keyin quyosh chiqquncha bo’lgan muddatni karohiyat — makruh vaqt, deyiladi. Agar kishi bomdod namozini quyosh chiqqunicha turib o’qiyolmagan bo’lsa, makruh vaqti tugamagunicha qazosini o’qiyolmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  06 Oktyabr 2006, 11:23:39

Karohiyat vaqti quyosh chiqib, 25-30 daqiqa o’tganidan so’ng tugaydi, yoki bo’lmasam, quyosh yer sathidan bir nayza balandligicha ko’tariladi. Tabiiyki, hozir bizning yonimizda nayzamiz yo’q, uning qanchalik balandligini ham bilmaymiz. Ammo inson ufqqa qaraganida, quyoshning ufqdan biroz yuksalganini ko’radi. Quyoshga qaraganda ko’zlarini hali qamashtirmayotgan bo’lsa, shu ishroq vaqti. Agar quyosh yaxshigina ko’tarilgan bo’lsa va unga qarab bo’lmaydigan holga kelgan bo’lsa, u holda ishroq vaqti o’tib, zuho namozi vaqti kirgan bo’ladi.

Bu yerda quyosh 25-30 daqiqa o’tganidan keyin turib ikki rakat namoz o’qish tavsiya qilinyapti. Va boshqa bir hadisi qudsiyda Parvardigorimizning: «Ey Odam farzandi! Sen menga kunning avvalida ikki rakat namozni (kafolat) qil, keyin men senga kunning oxirigacha holingning chiroyli bo’lishiga kafil bo’lay!» — deb buyurgani rivoyat qilinadi.

Hadisi qudsiydagi ikki raka’at namoz, bir qator rivoyatlarga ko’ra, ishroq namozidir. Kunduz deganda biz quyoshning chiqib ko’tarilganini tushunamiz. Tabiiy, nahori shar’iy fajrdan, subhdan boshlanadi. Sharq ufqidan oydinlik boshlanishi bilan subhi sodiq bilan birga, nahori shar’iy boshlanadi va biz ro’za tutishni boshlaymiz. Bomdod namozini ham o’sha paytda o’qiymiz. Shu sababdan ham olimlar «Mukofot va’da qilingan namoz bomdod namozining boshidagi ikki raka’at sunnatidir», — deganlar.

Hadisi shariflar ishroq namozini o’qishlikni tavsiya qiladi. Ba’zi hadisi shariflar ishroq namozining o’qilishi inson rizqining ortishiga sabab bo’lishini bayon etadi.

Qayd etilgan