Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 124818 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 B


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:56:37

Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning ismi tilga olinishi bilan biz unga ishq va shavq bilan salotu salom keltiramiz. Chunki dinimizning eng muhim asoslaridan biri Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni sevmoqlikdir. Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam hazratlari qasam ila aytadilar:

«Jonim qo’lida bo’lgan Allohga qasam ichib aytamanki, sizdan hech biringiz haqiqiy mo’’min bo’la olmassiz; toki meni otasidan-da, farzandidan-da, barcha insonlardan-da ortiq sevmaguningizcha!»

Mo’minning vazifasi va haqiqiy mo’’min bo’lishlikning sharti Rasulullohni hammadan ortiq sevishlikdir. Ashobi kirom «Onam-otam, jonim sizga fido bo’lsin, ey Rasululloh!» der edilar.

Shuning uchun «Muhammad» deyishlari bilan jonimiz og’zimizga keladi. Sevganimiz, boshimizning toji, ko’zimizning nuri Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam deymiz, sevgi va hurmat ko’rsatamiz.

Men 1981 yil o’n besh kishilik bir hay’at a’zosi sifatida Eronga bordim. Inqilob qutlovi tantanalarida qatnashdik. Bizni eng katta mehmonxonalarda mehmon qildilar. Inqilob himoyachilari, oldinda mashinalar, orqada mashinalar; marosim rasmiga ko’ra yig’ilishlarda bo’ldim. Bu vaqtda Humayniy ma’naviy peshvo edi. Ishoningki, har doim «Imom Humayniy» deyilganda, salondagi har bir kishi oyoqqa turib: «Allohumma solli a’la Muhamadin va a’la Muhammad», — der edilar. Bir gapdan keyin yana «Imom Humayniy» deyilsa, yana har kim o’rnidan turib «Allohuma solli a’la Muhammadin va a’la Muhammad», — derdi. Ya’ni shunday hurmat ko’rsatardilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:57:47

Biz esa nima qilamiz? Biz ham Hazrati Payg’ambarning ismi tilga olindimi, sevgidan jo’shib salot va salom keltiramiz. «Bu ishni qilmagan bir insonga la’natlar bo’lsin! Burni yerda ishqalansin!» — deydi Jabroil alayhissalom. Bu — birinchisi.

Ikkinchi: ona-otamizga yaxshi farzand bo’lamiz, duosini olamiz, roziligini qozonamiz. Qo’lini o’pamiz, hadya beramiz, xohlagan joyiga olib boramiz «Biror xizmat bormi?» — deymiz. Ertalabdan oldilariga bir kirib chiqamiz, kechqurun yana bir kirib xabar olamiz.

Rahmatli onam aytar edilar: «Bolam, bir kun kelib uylanib, bola-chaqali bo’lasiz, holi-ahvolimizni o’zingiz so’rang, birovning qiziga tashlab qo’ymang!» — derdilar. Fikr bilan tushuntiradilar: Bir odam shaharga bozorga tushmoqchi bo’libdi, xotiniga aytibdiki:
«Onam biror narsa istarmikan, bir so’ra-chi!»

Kelin ham boradi:
«O’g’lingiz bozorga bormoqchi, ona, dur-munchoq xohlaysizmi?» -deydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:58:24

Onaning jahli chiqib:
«Xohlamayman!» — deb baqirib beradi.

Qariyalar munchoqni nima qiladi? Keyin kelin keladi-da:
«Ana, eshitgandirsiz, xohlamayman, dedi. Vag’ir-vug’ur baqiradi, senga jahli chiqdi», — deydi, fasodlik chiqaradi. Unday bo’lmang.
«Siz o’zingiz kelib so’rang holimizni!», — deya o’rgatardilar rahmatli onamiz.

Ana shunday. Boshqasiga havola etmaysan. Erta bilan kirasan, «Otajonim!» deb qo’lini o’pasan. Kechqurun yana qo’lini o’pasan. Qorovulni jo’natib, «Ehtiyoji bo’lsa olaver!» demaysan, o’zing olasan! O’zing tanlaysan, o’zing keltirasan! U bo’lsa deydi-ki: «Alloh rozi bo’lsin mening shu bolamdan... Olgani oltin bo’lsin! Ikki jahonda aziz bo’lsin! Alloh jannatiyu jamoli ila musharraf aylasin...» Tamom.

Jannat onalarning oyog’i ostidadir. Onasiga, otasiga yetishdimi, duosini oldimi, Alloh qabul etadi, jannatga kiradi. Bu fursatni qo’ldan boy berdimi, burnini yerga surtadi. Surtsin, jannatiy bo’lolmagandan keyin surtsin, la’natlar bo’lsin!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:59:05

Onamiz, otamiz sog’ bo’lsa, hurmat qiling, jannatni qozonishni biling...

Uchinchisi esa, biz ichida bo’lgan oyga taalluqli. Ramazon kelib, o’tib ketsa-da undan foyda ololmagan insonlardan bo’lmaslikka g’ayrat qiling, ko’p diqqat qiling! Ramazonni jiddiy qabul qiling!.. Ko’p harakat qiling, ko’p yolvoring! Ko’p namoz o’qing, ko’p duo qiling, ko’p Qur’on o’qing, ko’plab sadaqa qiling! Nima qilib bo’lsa-da, ramazonda mujdani oling, Allohning mag’firat etgan, jahannamdan ozod etgan qullaridan bo’ling!..

Mening talabalarimdan biri guruh boshlig’i bo’lib Hijozga ketdi.Qaytishi bilan uyiga kelib, kaminani ziyorat etdi:
«Ustoz, bizni guruh boshlig’i qildilar. Yettita avtobus bor edi qo’limizda. Quruqlikdagi yo’l bilan hajga olib bordik va qaytdik», — dedi.
«Hojilarning ahvoli qanday?» — dedim.
«Xojam, afsuski, millatimiz johil! Kechqurunlari bir-birlariga olgan narsalarini ko’rsatadilar. Sen buni necha riyolga olding? Qaerdan olding?.. Haramning nechta minorasi bor, nechta eshigi bor?.. Bilmadim, nima bo’ldi... Bo’lmaydigan narsalar bilan mashg’ul bo’ldilar», — dedi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:59:53

Evoh, hajga borgan odam ham vaqtini bozorda, chorsuda o’tkazadimi?.. Umrida bir marta borish nasib qilgan joy bo’lsa... Tashlagan bir qadami uchun yetti yuz Makka hasanasi savob beriladi. Makkada qilgan ibodatlari yuz ming misli... Inson vaqtini shunaqa ham behuda o’tkazadimi?.. Bor, Hazrati Sharifda Qur’on o’qi, namoz o’qi, xayr qil, hasanot qil...

«Shunday uxladilar, g’aflatda vaqt o’tkazdilar... Yolg’iz bir donagina oshiq inson bor edi guruhimizda», — dedi. Madinaga borishimiz bilan avtobusdan tushishini ko’rsangiz edi! Avtobusdan tushiboq yerlarni o’pdi, yig’lar edi.

Hajni juda go’zal o’tkazdi. Ibodatini go’zal qildi, hech kimni ranjitmadi. Xayr-hasanotini ham go’zal qildi. So’ngra Madinai munavvaraga keldik», — dedi.

Qarang, muhtaram birodarlarim: tush ko’radi bu oshiq... Tushida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazratimizni ko’radi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazratlari: «Farzandim, hajing qabul bo’ldi. Qog’oz-qalam keltir, bu hajingning qabul bo’lganligini bir qog’ozga yozib, imzolab berayin!» — demishlar tushida...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 07:01:24

U ham ichkaridagi xonaga kirib ketibdi; qog’oz qidirarmish, qalam qidirarmish, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga qog’oz olib borib berayin, deb... Qog’oz, qalamni topib, olib kelibdi. Qarasa, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o’tirgan joyda shayxi o’tiribdi. Tabiiy, buning ma’nosi shuki: shayxi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning haqiqiy vorisi, degani...

Inson hajni tugatgunga qadar bu qadar iltifotga erishmog’i naqadar go’zal emasmi?.. Hajing qabul bo’ldi, farzandim! Keltir, qog’ozga buni yozib, imzolab berayin!» — deyaptilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tushda... Qanday baxt?.. Bu voqea meni juda ham ta’sirlantirdi.

Shuning uchun aziz va muhtaram birodarlarim!.. Shu muborak kunlarda duo qilaylikki, Alloh tushlarimizda bizga ham Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ko’rsatsin. «Ramazoning qabul bo’ldi, farzandim», — deya Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning iltifotini Alloh barchamizga nasib aylasin!

«Subha’naka la’ ilma lana’ illa’ ma’ allamtana’ innaka antal ali’mul haki’m». Subha’na rabbika rabbil izzati amma’ yasifu’n va sala’mun alal mursali’n val hamdu lilla’hi rabbil a’lamiyn», al-fotiha!..

13 fevral 1995/13 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:08:38

RAMAZON ORTIDAN

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz — Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu aziz va muhtaram birodarlarim!..
Barchangizga Alloh taolo hazratlarining salomi, rahmati, barokati, lutfi, ehsoni, ikromi bo’lsin! Alloh taolo ramazondan ayrilganimizdan keyin bayramga yetishgan shu kunimizda hammamizni mag’furin guruhiga doxil aylasin... Bizlarni ham rahmatiga erishgan baxtiyorlarning qatoriga qo’shsin...

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlari ramazon oyini madh etib, bir hadisi shariflarida marhamat qilganlaridek, bu shunday bir muborak, barakot va xayr oyidirki, Alloh taolo hazratlari bu oyda rahmatini tushiradi, bandalarining xatolarini, gunohlarini avf etadi, duolarini qabul qiladi. Qullarining ibodatlaridagi musobaqasiga, g’ayratiga boqib, malaklariga: «Qarang, mening qullarim ibodat va toatda ilgarilab, qanday g’ayrat ko’rsatayaptilar!» deya faxrlanadi. Bu oyda shu qadar rahmat eshiklari ochilar, malaklar qullarga tavba va istig’for aytar, shaytonlar bog’lanar, shu qadar xayr imkonlari bor ekan, ulardan foydalana olmagan kimsa haqiqatdan shaqiydir, qaroqchilardandir. Ya’ni asl qaroqchi u kimsadirki, bu oyning xayru barakatidan foydalana olmagandir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:09:18

Alloh taolo bizni ular toifasidan etmasin... Balki bu oyning rahmati va mag’firatidan barchamizni hissamandu hissador aylasin!..

Ming oydan afzal bo’lgan xayrli bir kecha o’rin olgan Ramazon oyini o’tkazdik. Ro’zalar tutdik, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida ro’zani shunday madh etadilar:

 Ya’ni, «Tongni ro’zador holda kutib olgan biror banda yo’qdirki, unga samo eshiklari ochilmasin!» Alloh taolo uning uchun o’rtadagi ma’naviy to’siqlarni ko’taradi. Duolarning ko’kka ko’tarilishi uchun to’siq bo’luvchi sabablar bordir, osmonning darvozalari bor; u yerdan o’tolmaydi. Ammo Alloh taolo hazratlari osmon darvozalarini u ro’zador uchun ochadi.

 «Ro’zadorning butun a’zosi tasbeh aytadi va u ajrni qozonur. Oqshom tushib, quyosh botgunga qadar ko’kdagi mavjudotlarning hammasi, osmon ahli ro’zador uchun tavba va istig’for aytar. Ro’zador ikki rakat namoz o’qisa, uning uchun osmon nur sochadi. Uning uchun jannat hurlari: Yo Rabbi, uni bizga nasib et! Kelsin bizga... «Biz u ro’zadorning diydoriga mushtoqmiz», — deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:09:56

Agar «La’ ila’ha illalloh», — desa, «Subha’nalloh», — desa, «Allohu akbar», — desa, uning huzuriga yetmish ming malak tashrif buyuradi va uning savobini quyosh botgungacha yozib turadilar». Biz ana shunday muborak oyni o’tkazdik. Bu hadisi sharifni Hazrati Oisha roziyallohu anho volidamiz naql etganlar.

Dinimizning tayanchi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga muhabbat asosida qurilgandir. Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni sevmasdan, uning sunnatiga ergashmasdan insonning biron martabaga erishishi, ma’lum bosqichga ko’tarilishi mumkin emas. Tasavvufdagi ilgarilash ham shunga o’xshash bo’lib, shayxiga muhabbat orqali bo’ladi.

Alloh taoloning rahmati shu qadar keng bo’lmasa, bu qadar gunoh, qusur, qabohatlari bilan insonning jannatga kirishi mumkin bo’larmidi!.. Shu qadar avf ettiruvchi narsalar bo’lgani uchun inson ular sabab jannatning jamoliga erishadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:10:49

Bir boshqa hadisi sharifda Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam hazratlari buyuradilarki:

«Kim haj yoki umra qilsa va o’sha yilda o’lsa, jannatga kiradi». Chunki hajga bordi, umraga bordi, poklandi, tozalandi. O’sha yilda o’lsa, jannatga kiradi.

«Kim G’azotga, jihodga ketsa va o’sha yilda o’lsa, jannatga kiradi».

«Kim ramazon ro’zasini tutsa-da, o’lsa, jannatga kiradi».

«Kim ramazon ro’zasini tutsa, ramazon ro’zasining haqqini berib, ta’qiqlariga tajovuz etmasa, oyoq bosmasa va ro’zador holida saqlanishi kerak bo’lgan narsalardan saqlansa, eski gunohlari avf etilur».

Qayd etilgan