Internetda tarmog`i, unda ishlash va shunga oid savollar  ( 49472 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

Musannif Adham  08 Noyabr 2008, 03:06:04

Y_U_R_I_S_T, birodar. Siz o'zingiz foydalanayotgan internet provayderning saytiga kirib ma'lumot olishga harakat qiling. Saytdagi o'zingizning shaxsiy hisobingiz(account)ni tekshirib ko'ring: Callback yoqilganmi, yo'qmi? Agar hammasi risoladagidek bo'lsa-yu, modemingiz yana Callback ni qabul qilmasa, telefon liniyangizni ATS xodimlarini chaqirib, tekshirtiring. Bunda ham muammolar bo'lmasa, u holda so'nggi chora: modemni almashtiring. Dial-up, ya'ni uy tarmog'idagi oddiy ulanishlar uchun eng yaxshi modemlardan biri sifatida Blaster ni tavsiya qilaman. O'zim 2 yildan buyon shu modemdan foydalanaman. Alhamdulillah, haligacha muammo yo'q.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  09 Noyabr 2008, 18:29:16

Rahmat. Menda 1-muammo yo'q. Ya'ni provayderimda hammasi yaxshi. Chunki 3 ta provayderdan foydalanib ko'rdim (TPS, Comnet, Infonet). Hammasida ishlamadi.

Modemim esa Blaster V.92!

Demak bundan ham emas. ATS dan odam chaqirib ko'rsam foydasi bo'larmikin. Balki modemni qaytatdan ustanovka qilishim kerakdir????

Qayd etilgan

Musannif Adham  10 Noyabr 2008, 12:26:04

Modemning dasturini qaytadan o'rnatib ko'ring. Agar bu ham bo'lmasa, ATSdan odam chaqiring. Liniyani tekshirib, muammolarni bartaraf qilib berishsa, inshaAlloh yaxshi bo'lib ketadi.

Qayd etilgan

Muslim_4101  22 Yanvar 2009, 21:34:06

Assalom aleykum!
Manda bir savolim bor edi. shu forumda mavzularga qanday rasm qoysa bo'ladi. javoblarni kutib qolaman oldindan raxmat

Qayd etilgan

ZUBAIR  23 Yanvar 2009, 02:25:15

Assalom aleykum!
Manda bir savolim bor edi. shu forumda mavzularga qanday rasm qoysa bo'ladi. javoblarni kutib qolaman oldindan raxmat

Javob:

O'zim foydalanadigan usul:

1. www.imageshak.us saytida ro'yxatdan o'tib, o'zingizga account (shaxsiy sahifa) ochasiz.

2. Ayni shu sahifaning o'ng tomonidagi Upload image buyrug'i orqali kerakli rasmni saytga yuklab olasiz.

3. Yuklangan rasmning yonida tepadan pastga 6 qatorli piktografik (rasm ko'rinishidagi) buyruqlar bor. Shulardan tepadan 2-si - Image details ni tanlasangiz, yangi oynada tanlagan rasmingizni forum, web saytlarda joylashtirishga imkon beruvchi kodlar chiqadi.

4. O'sha kodlardan mos keladiganini tanab, ko'chirib olasiz va forumning fikr yoziladigan qismiga qo'ysangiz(yozsangiz), rasm chiqadi. 

Qayd etilgan

Musannif Adham  23 Yanvar 2009, 05:19:31

Assalom aleykum!
Manda bir savolim bor edi. shu forumda mavzularga qanday rasm qoysa bo'ladi. javoblarni kutib qolaman oldindan raxmat

Javob:

O'zim foydalanadigan usul:

1. www.imageshack.us saytida ro'yxatdan o'tib, o'zingizga account (shaxsiy sahifa) ochasiz.

2. Ayni shu sahifaning o'ng tomonidagi Upload image buyrug'i orqali kerakli rasmni saytga yuklab olasiz.

3. Yuklangan rasmning yonida tepadan pastga 6 qatorli piktografik (rasm ko'rinishidagi) buyruqlar bor. Shulardan tepadan 2-si - Image details ni tanlasangiz, yangi oynada tanlagan rasmingizni forum, web saytlarda joylashtirishga imkon beruvchi kodlar chiqadi.

4. O'sha kodlardan mos keladiganini tanab, ko'chirib olasiz va forumning fikr yoziladigan qismiga qo'ysangiz(yozsangiz), rasm chiqadi. 

Men bu yerda saytni xato ko'rsatganman.

Sayt mana bu: www.imageshack.us

Qolgan hammasi o'sha yuqoridagi iqtibosdagi kabi qilinadi.

Qayd etilgan

Muslim_4101  24 Yanvar 2009, 18:39:58

Assalom aleykum sizlar etgan usulni qo'llab ko'rdim ro'yxatdan ham o'tdim ammo hech rasm qo'yib bo'lmayapti aziz birodarlar "Image details" shu yerdan keyingi qanday amallarni qilishimni batafsil yoritib bersanglar(qaysi kodan foydalanaman) shu to'g'risida yozib qo'ysangiz yaxshi bo'lar edi. oldindan raxmat

Qayd etilgan

Musannif Adham  24 Yanvar 2009, 22:49:53

Image details ni bossangiz, yangi oynada o'sha rasmning kattalashtirilgan tasviri va chap tomonda 4 qator kod chiqadi:

IM

Forum

Alt Forum

HTML

Siz har doim Forum darchasidagi kodni tanlashingiz kerak. Masalan men tanladim:

Forum

Qayd etilgan

Muslim_4101  25 Yanvar 2009, 12:19:52

Assalom aleykum! Raxmat aka o'xshadi

Qayd etilgan

Ulugbek-Uz  08 May 2009, 16:51:36

Mobilnikda Internetni sozlash va ulanishni o'rgatvoringlar iltimos.

Operator - MTS
Model - SE K800i

Qayd etilgan