Bolani 7 qadamda gorshokka o'rgatamiz.  ( 16076 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  22 Noyabr 2012, 23:20:24

 :asl3:

1. Bolangiz gorshokka o'tirishga tayor ekanligiga amin bo'ling.
Gorshokka o'rganish, bola rivojlanishidagi yangi bir bosqichdir. qanday bo'lmasin, yangi bosqichdan o'tish bolada ma'lum bir psihologik va jismoniy o'zgarishlarni namoyon etadi.  Bola turmush tarziga yangilik kiritayotganingizda avallambor uning o'ziga qarang. Bola bunda tayormi, yoqmi? Gorshokka tayor bo'lganini quyidagilardan aniqlashimiz mumkin:
- bola sizning hojatga borishingizni ko'rsatadi;
- qorni ochganligi to'g'risida so'z bilan habar bera oladi;
- "ko'ptokni olib kel" kabi oddiy talablarni tushuna oladi;
- Pampersi kir bo'lganida, g'ashiga tegayotganini bildiradi (eshishni hohlaydi, pampersiga sizni nazaringizni qaratadi)
- Gorshokda o'zi o'tira oladi;
- 3 soatcha quruq yurishi mumkin;
- o'z jinsiy a'zolarini o'rganadi.
 
2. Bolangizni gorshokka o'rgatishga o'zingiz tayor ekanligingizga ishonch xosil qiling.

Siz tayormisiz? Gorshokka o'rgatish vaqtini boshqa zarur ishlar bo'lmagan paytga: yangi farzand tug'ilish arafasi, ishhonadagi stress, katta farzanddagi muammolar va xokazo, mo'ljallaganingiz ma'qul. Undan tashqari iliq yoki issiq havoda pampersdan chiqish osonroq kechadi. Sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
- sabr-toqat
- gorshok
- o'rgatuvchi ishtonlar
- hazil tuyg'usi
- ijod qilish
Bolangizga gorshok haqida ko'rsatib, aytib bering.
Boshqa bolalar gorshokka borishini ko'rsating.
Qo'g'irchoq, gorshokka bog'liq o'yinchoqlarni jalb qiling.
Gorshokka borishni o'rgatadigan bolalar kitobchalaridan foydalaning.

3. Bolaga qaerga borishni va bu nima deb atalishini tushuntirib, o'rgating.

Bolangizga gorshokni yahshilab tanlab olib bering. Gorshok bola uchun qulay, hohlasangiz qiziqarli, eng asosiysi havfsiz va oson yuviladigan bo'lishi kerak. Gorshokda qilayotgan ishiga nom bering.

4. Bolaga hissiyot bilan jarayonni ulashni o'rgating.

Bu bosqichda bola organizmidagi hissiyotlarni tushuna bilib, gorshokka borishni, gorshokka o'tirib ishini qilishini anglay olishi zarur. Boshida siz uning kuzatuvchisi va yo'l boshllovchisi bo'lasiz.
Xis qildi gorshokka bordi, yoki xis qildi onasiga aytdi.

5. Bolani butunlay pamperssiz qoldirib, o'rgatuvchi ishtonlarda olib yuring.

Bu ishtonlar oddiy ishton bo'lib, faqat oson yechiladigan va tez quriydigan bo'lishi kerak.

6. Bolangizga yoshiga qarab ishtonini yechish, kiyish va ishini qilib bo'lgach qo'lini yuvishni o'rgating.

Bolangizni yutuqlari uchun ko'p maqtang, boshida ko'p sodir bo'ladigan "avariyalarga" ko'zingizni yuming.

7. Hamma ishni surib qo'yib, butunlay bolangiz bilan birga bo'ling.

Bunda siz bolangizni doim kuzatib borib, uni gorshokka borishini xohlashini vaqtida seza olasiz, vaqtida unda yo'l ko'rsata olasiz, borib borib bola nima qilayotganini tushuna oladi.

Shuni unutmang, gorshokka o'rgatayotganingizda kechalari dam bering. Kunduzi gorshokka borishni o'rgangan bola, 2-3 haftalarda kechasi xam pamperssiz uhlashga o'rganadi.
Agar bolangiz sizning barcha qilgan iltimoslaringizga qaramay gorshokka o'tirishdan bosh tortsa, demak u hali tayyor emas. Shu deb uni qiynamang. Bu borada vaqtlidan ko'ra kechroq degan ibora o'rinli bo'ladi. Havotir olmang, bolangiz bir ozdan so'ng albatta tayor bo'ladi.
 
Manbaa: Uzbaby.com
Muallif: Dinara

Qayd etilgan


Ansora  22 Noyabr 2012, 23:41:59

Mana bu yerda gorshoklar haqida toliq malumot berilgan ekan:


http://farzand.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=523&Itemid=60

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Noyabr 2012, 08:43:51

Mani fikrimcha esa bola o'zi mustaqil bemalol o'tirsa (9 oydami 1 yoshdami) shundn keyin o'rgatish kerak.

Qayd etilgan


Ansora  26 Noyabr 2012, 14:10:00

Mani fikrimcha esa bola o'zi mustaqil bemalol o'tirsa (9 oydami 1 yoshdami) shundn keyin o'rgatish kerak.

 :asl3:

Aslida mavzuni nomi: Bolalarni hojatga qanday orgatamiz" deyilsa togri bolardi. Menda judaam zor maqolalar bor, lekin Turkcha:( tarjimaga vaqt yoq.

Gorshok- deyilishiga sabab menimcha bolalarni bohchaga borishini oylashgani bolsa kerak.

Aslida bolani "tushshaga" qirqida orgatsa bolarkan, eskilar shunday qilishar ekanu.
Lekin hozirgi kunda biz onalarni vaqti kamroq:)

Oglimga gorshok olganimizda boshiga kiib oynadi, uni "tushsha" joyi olaroq hech qabul qila olmadi:)

Shunga togridan hojatxonaga olib borib (domdamiz) tosa boshladim. Bolada 1 haftada chushshasini tuta olish qobiliyati kelishdi.

Lekin har 10 daqiqada hojatxonaga chopdik ikkalamiz:) mendan oyin qilib qochishlarini aytmay qoya qolay:) 15-daqiqaga otganda esa tagini hollatgan bolardi. Lekin asta sekin tushshasini 30 daqiqagacha tuta olishni organdi.

Qayd etilgan