Ogoh bo'ling: FAST FOOD yoxud FARZANDlarimiz taomlariga befarq bo'lmaylik!  ( 11342 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  22 Noyabr 2012, 23:45:14

 :asl3:


Ogoh bo'ling: FAST FOOD yoxud FARZANDlarimiz taomlariga befarq bo'lmaylik


Gamburger, sendvich, pizza, hotdog ... Qorin ochligida ularni tasavvur qiliboq odamni ishtahasi qitiqlaydi. Ham tez tayyorlanadi, ham arzon! Bundan ham qulayroq taklif bo'lishi mumkinmi? Ayniqsa maktabdan, o'qishdan qorni ochiqib chiqqan bolalarga maktab eshigi oldidagi hotdog yoki gamburger olovday ko'rinishi tabiiy. Bolalar-ku yeyayotgani qanchalik foydali yoki zararli ekanligi haqida bosh qotirishmas, lekin ota-onalar, o'qituvchilar, kattalar qanday taomlar foydali, qandaylari odam sog'ligíga tahdid solishi haqida ma'lumot berishlari shart, deb oýlayman.
AQSHning o'zida 50 000 000 dan ortiq odam fast foodsiz hayotini tasavvur qila olmaydi va buning uchun 110 milliard dollar pul sarf qiladi. Fast food iste'mol qilganlarlarning sog'liqlariga ortiqcha vazn, infarkt va gipertoniya kabi kasalliklar  jiddiy xavf soladi. Tarkibida qo'llanilgan yuqori miqdordagi tuz, soda, yog'lar va kaloriyalar hisobiga ortiqcha vazn keltirib chiqaradi. Ortiqcha vazn orqasidan yurak, qon tomirlar aziyat chekib, qon bosimi ko'tarilishiga sabab bo'ladi.

Ko'p miqdordagi tuz, yog'lar, kaloriyadan tashqari fast foodlarda bizni tashvishlantirishi lozim bo'lgan yana bir muhim omil - bu qo'shimchalardir! Turli rang beruvchi, ta'm beruvchi qo'shimchalar - E-kodlar yordamida ifodalanadi. Agar Siz iste'mol qilayotgan taomingiz etiketkasiga bir dunyo zararli kimyoviy moddalar nomi keltirilgan bo'lsa, bu taom yemaslikka loyiq deb topilishi kerak. Fast foodlarning deyarli barchasida meýoridan ortiq darajada tuz ishlatiladi. O'rta yoshdagi katta odam iste'mol qilishi lozim kundalik tuz miqdori esa atigi 6 gr ni tashkil qiladi - bu bir choy qoshiqdan sal ko'proq. Hozir Siz o'zingiz kundalik iste'mol qiladigan tuz miqdorini xayolan bo'lsa-da hisoblab ko'ra olasizmi? Biz iste'mol qiladigan tuzning 80% i ovqatlar orqali organizmimizga kiradi, stoldagi tuz idishdan emas. Tuz organizmdagi suv miqdorini qisqartiradi, bu esa arterial qon bosimi ko'tarilishiga sabab bo'ladi. U esa o'z navbatida yurak va qon-tomir kasalliklariga turtki beradi. 

Bunday tez tayyorlab beriladigan taomlar keltirib chiqaradigan yomon oqibatlar oldini olish uchun bir necha usullar mavjud.

Birinchisi, ularni doimiy ravishda iltimos qilmaslik! Fast foodlarni ba'zi-ba'zida iste'mol qilish inson so'g'ligíga o'ta jiddiy ta'sir qilmaydi. Shuning uchun oltin meýorni saqlash ovqatlanish borasida ham katta ahamiyatga ega. Ibn Sino aytganlaridek, "Tinchlik tilasang, kam de, Sog'liq tilasang kam ye!"

Ikkinchisi, fast foodlar orasidan sog'lom taomlarni tanlash. Masalan, salatlar - fast food restoranlari menyusi orasida sog'ligíngiz uchun eng yaxshi tanlov. Non mahsulotlaridan esa oq undan tayyorlanganlarini tanlang. Go'shtlarning yog'sizi - Sizning salomatligingiz uchun foydalisidir. Qovurilgan yoki qaynatilgan taomlar orasidan tanlash imkoniyati bo'lsa, qaynatilgani maqsadga muvofiqidir. Chanqaganingizda ham gazsiz ichimliklar ichishga harakat qiling. Meva va sabzavot sharbatlari, yog'siz sut - shular jumlasidan.

Eng yaxshi variant esa uydan buterbrod yoki mevalar olib, ularni tanovvul qilish! Bu tanlov Sizning xarjlaringizni kamaytiradi hamda ishonchli. Lekin shunda ham Siz portfel yoki sumkangizda buterbrod ko'tarib yurishga erinib, fast food dan ovqatlanadigan bo'lsangiz, yuqoridagi tavsiyanomlarga amal qilishingiz Sizning sog'ligíngiz uchun ahamiyatli ekanini unutmang!

Manba: farzand.uz

Qayd etilgan