Margilanets:Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda).
Hozir davlat sizi bepulga jo'natadimi? Puliz bo'sa bemalol keto'rasiz. Hamma chet-elga ketganlaram unaqabas. Endi borib attegi sharoitti ko'rgandan keyin nima qiladi qaytib. Betga kelib ketmon chopadimi yo 50 ming oylikka ishlaydimi? Qandini ursin. Yurursin. Pul topadi, ilm o'rganadi. Dunyoni ko'radi. O'sha davlatimiz kelajagi uchun uyoqdan valyuta jo'natadi. Davlatimizam boyiydi. Xalqimizam boyiydi (agar qisib qomasa).
Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda.
Temirchi, ketmonchingizni puli oldin o'ziga yetsin. Keyin siz aytgandaqa bo'ladi. O'qitgan bo'lsa, o'zini farzandini o'qitgan. Bir kun kelib , albatta kuniga yaraydi.
Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi.
Eee, akam Navoiyni ilm bilan shug'ullanishi uchun kotta sharoit yaratib berishgan. Hazrat boy bo'lgan. Kotta-kotta ehsonlar qilgan. Tashvishi (iqtisodiy) yo'q bo'lgandan keyin bemalol ijod qilgan. Sizga kim hozir sharoit yaratib beradi. 15000 stipendiyez bilan necha kun tirik yura olasiz?
Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang.
Asta-sekin ko'pchiligi kelyapti. Mayli-da, borib ko'p narsalarni o'rganib keladi, keyin o'zimizdayam qo'llashar. Lekin kel-kel, deyaverish, ularning ustiga mag'zava ag'darish kerak emas.
“Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “,
Stalinning shiori! KOmmunizmning shiori!
“O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ”
Juda yaxshi shior. Hammaning maqsadi ham shu! Qabrga to'plaganiz opketalmesiz. Xalqqa qilgan xizmatiz, xalqti duosi qoladi. (agar shunga loyiq bo'sez).
“biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??
Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, Amerikayam 2000 yilda erishgan, bizga endi 15 yil bo'ldi

))) Shunday deb o'zimizi o'zimiz ovutib yururamiz...