Assalomu-alaykum azizlar. Bu yerda judaaa dolzarb mavzular yozilib tortishilganiga ham ancha bo'libdi, men ziyouzga yaqinda a'zo bo'lganim uchun, sekin asta qolgan sahifalardagi mavzularni o'qiyabman. Endiii, grant degan narsalar bizga nasib bo'lmagan. Ota-onamiz davlatda ishlaydigan oddiy odamlar bo'lgani uchun o'qishga ham Alloh-Taoloninggina yordami, nasibi bilan kirganman. Yana boshqa sahifalarda yozganimday o'qishga kirganimga o'zim ham ishona olmay, o'rnimdan turolmay qolganman. Davlat imtihoniga 1-2 hafta qolgunicha belimga kitobni bo'g'lab qo'limda ketmon bilan, egilganimda o'qib yurganman. Ha endi nima qilasiz, tirikchilik. Hullas, o'qish ham tugadi, Turk tilida aspirantura o'qish niyati bilan yana o'zimni Allohga omonat qilgan holda, qayerdasan Turkiya deb, yo'lga tushdim. Turkiya Aeraportiga kelib tushganimda cho'ntagimda 11 Dolar bor edi.
Allohga shukrlar bo'lsin, boshda Ollohning menga bergan dastaklari bilan aspiranturamni ham tugatdim. Tabiiki ota-ona yor birodarlarimning hayir duolari ham katta yordamchi bo'lgan.
Balki shahsiy hayotimni yozish bilan sizlarni ancha siqqandurman, lekin bular haqiqat, shunchaki aytilgan go'zal so'zlar emas. Ukalar-singillar, hech narsa uchun hech qachon kech emas, Ollohga tavakkal qilinglar har doim, inson avvalombor ota-onasi, tanish bilishini emas, o'zining kuchiga ishonishi kerak. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz butun mashhur kishilar kambag'allikda yashab ijod etganlar. Faqatgina qorin masalasi emas, jon masalasi ham ular uchun jiddiy muammo bo'lgan. Yuqorida bir ukamiz Navoiy boy bo'lgan,debdilar. To'g'ri lekin hech kim Navoiyning joni uchun so'z beraolmas edi. Shuning uchun inson o'zidan so'rashi kerak:
Men nima uchun o'qimoqchiman, o'qib pul topib boy bo'lish uchunmi?
Yoki faqat ilm yo'lida yangi kashflar qilib insonlarga foydali bo'lish uchunmi?
Va yohud faqatgina Ollohning menga bergan aqlini bir ishlatib ko'ray qanchalik muvoffaqiyatli ishlar ekan, deyish uchunmi?
Men hech qachon ilmni orqasidan pul topishni o'ylamadim, hamma so'rardi ota-onamdan, "qizingiz pul jo'natib turibdimi Turkiyadan?"deb
Aytganimday hammaning kelajakdagi niyatlari farqli farqli. Lekin kun o'tishi uchun ham tabiiki moddiyat lozim.Ortiqcha pulni hech zarari yo'q, hech bo'lmaganda ehtiyoji bo'lgan bechora bir talabaga dastak bo'lasiz. Alloh Taolo: İlm yo'lidagi kishi mening yo'limdadir, deb buyurganku ahir. Lekin moddiyatni asiri bo'lib qolishdan qo'rqish kerak.
Barchaga kelajakdagi o'qish-ishlarida omadlar tilayman, buni beradigan ham Alloh, demakki nima ekan, bu yo'lga duo bilan boshlashimiz kerak ekan:)