Turmush chorrahalarida..........  ( 15599 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Feruzabegim  02 Oktyabr 2006, 05:49:30

Assalomu alaykum.
Ushbu sahifani ochishdan maqsad hayotda ko'rgan, bilgan, eshitgan va o'qigan narsalarni berib borish va shu orqali o'zimizga to'g'ri xulosa chiqarishdir. Toki, biz ham ularga o'xshab, xatolarga yo'l qo'ymaylik.

Qayd etilgan


Feruzabegim  02 Oktyabr 2006, 05:50:51

Mana bu voqeani gazetada o'qib qoldim. O'shani kiritsam degandim. Fikrlaringizni kutib qolaman:

Peshonamdagi o’chmas tamg’a

"œTurmush-to’rt musht" degani. Hayotning to’rt mushtiga chidagan turmush quradi", derdilar rahmatli buvim.
Men bugun to’rt emas, o’n to’rt mushtga ham tayorman. Qani endi vatni orqaga qaytara olsam....
O’rta maktabni a’lo baholarga tugatib, oliygohga o’qishga kirdim. Ikkichi kursga o’tganimda uyimizga sovchilar kela boshladi. Men o’qishim kerakligini aytib rozi bo’lmadim. Uchinchi kursni tugatgunimcha sovchilar keti uzilmadi. Hammasiga bir xil javob berardim. Vaqt ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. O’qishgni tugatib, ishga ham joylashib oldim. Bu vaqtga kelib men bilan birga o’qigan kursdoshlarimning deyarli hammasi turmushga chiqib ketishgan edi.
   Men esa o’qishni deb....... Endi eshigimizga meni hech kim so’rab kelmay qo’ydi. Mendan keyingi singlimga sovchi kelganda o’zimni juda yomon his etdim. Nazarimda xuddi men bu uyda ortiqchadek edim. Kelgan sovchilarga ota-onam rozilik berishmadi. "œAvval opasi, so’ng singlisiga navbat", deyishdi.
   Kunlarning birida uzoq qarindoshlardan meni so’rab kelishibdi. Avvaliga ko’nmadim, chunki qarindoshga turmushga chiqishni istamasdim, buning ustiga ularning uylari bizdan ancha uzoqda, shaharning chekkasida edi. Ota onam qarindoshlik rishtalarimiz uzilib ketmasin, begona emas ular bizga, deya mening roziligimni olishdi. To’y ham bo’lib o’tdi.
   Men katta oilaga kelin bo’ldim. Junga ko’nikishim ancha qiyin kechdi. Chunki men ‘dom’da -shaharda katta bo’lganman. Ular esa ko’pchilik, katta hovli, mol-hol degandek....
   Mehnat ta’tilim tugab, sihga borish vaqti kelganda erim shaharga qatnab ishlashga qarshilik qildi. Ota onamning aralashuvi bilan ishlashga ruxsat berishdi. Uzoq yo’lning ishi qiyin bo’lar ekan. Erta ketib, kech qaytaman. Kelinlik vazifamni bajara olmayotganimda juda xijolat bo’lardim. Shanba va yakshanba kunlari esa uy ishlarining hammasi menga qolib ketardi. Go’yo ular meni shu yo’l bilan ‘jazolashar’ edi.

p/s. Ushbu maqola "Oila va jamiyat" gazetasidan olindi.

Qayd etilgan


Feruzabegim  02 Oktyabr 2006, 05:56:55

Shunday kunlarning birida singlim mehmonga kelib qoldi. Onam men yaxshi ko’radigan manti va bir qancha ho’l mevalardan berib yuborgan ekan. Buni ko’rgan ovsinimning ensasi qotdi vasinglimga:"Opam bu yerda och o’tiribdi, deb o’ylab shuncha yo’ldan ovqat ko’tarib keldingizmi?"-deya kinoyali kulib qo’ydi. Singlim nima deyishini bilmlay" Faqat opamga emas, sizlarga ham olib keldim", -dedi-yu, bir menga, Shu bilan oilalarimiz o’rtasidagi qarindoshlik rishtalari uzildi. Turmushim buzilib, uyga qaytib kelganimda hayotdan ko’nglim sovib ketgan edi. Yuragimga qil sig’maydi. Ostona hatlab ko’chaga chiqolmay oqldim. Shu holatda ikki oy uyda o’tirdim. Bir kuni ish joyimdagi hamkasblarim ko’rgani kelishdi va hali ham o’rnim bo’sh ekanligini atib sihga chiqishimni tainlab ketishdi. Hamkasblarim juda yaxshi, ochiqko’ngil inosnlar. Ishxonada qanday vaqt o’tganini bilmay qolaman. Lekin uyga qaytsam, yuragim siqilaveradi. O’zim baxtsiz, ha-ha, baxtsiz ekanligimdan dod sogim kelardi.
   Oradan olti oy o’tgacha, ancha o’zimga kelib, sog’ligimni tiklab oldim va hayotga qiziqishim orta boshladi. Turmushimdan ajralganim bilan hayot to’xtab qolmas ekan. Ajrashgan faqat menmi? Bir kuni tushlik payti hamkasbim Noila ismli ayol ishga qizchasi bilan kelgan ekan. Uni menga tashlab, qarab turishni iltimos qildi. Qizchaning ismi Nilufar ekan. U bilan u yoq bu yoqdan gaplashib o’tirdik. U juda mahmadona qiz ekan. Bir ozdan so’ng u bilan do’konga borib, muzqaymoq olib berdim. U juda xursand bo’ldi. Shu kundan boshlab men Nilufar bilan do’stlashib qoldim.

Qayd etilgan


Feruzabegim  02 Oktyabr 2006, 05:57:54

Men hamkasblarimning shaxsiy hayoti bilan deyarli qiziqmayman. Shuning uchun Nilufarni Noilaning qizchasi deb o’ylagan edim. Keyinchalik bilsam, Noilaning yangiasi og’ir kasallikda so’ng vafot etgan, ikki farzandi, ya’ni bir o’g’ril bir qizi Noila va ota onasining qo’lida qolgan ekan. Bu gapni eshitgan kundan boshlab:"Bechora qizchaning ko’ngli yarim ekan-da", deya Nilufarni ko’p o’ylaydigan bo’lib qoldim.
   Noila jiyani bilan ishga kelgan kuni men uchun bayram edi. Chunki Nilufar mening yonimdan hech ketmas, uning gaplari, kulishlari menga zavq bag’ishlardi.
   Nilufar ko’nglimga o’tirib qoldi. Qani endi u mening qizim bo’lib qolsa-yu, o’zim uni katta qilsam....
   Yakshanba kuni unga atab bir qancha o’yinchoqlar va shirinliklar sotib olidm. Ertasiga sovg’alarni ko’rgan Nilufar juda ham sevinib ketdi. Bir ozdan so’ng Noila yonimga kelib, sovg’alar uchun minnatdorchilik bildirdi. Nilufar ham onimizda edi, u mening yuzimdan o’pib qo’ydi. Shu tobda mening ham mehrim yanada tovlanib ketdi. Uni mahkam quchib oldim. "œAgar mening qizim bo’lsang, bundan ham kok’p o’yinchoqlar olib beraman", - dedim uning sochlaini silab. U indamay mening gaplarimga ishonib, ko’zimga qarab turardi. "œO’zingiz bizga oyi bo’la qoling, demaysanmi?"- deb qoldi kutilmaganda Noila.
   Men nima deyishni bilma noqulay ahvolda qoldim. Noila sovg’alar uchun yana bir bor tashakkur bildirib Nilufar bilan xonamdan chiqib ketdi.
   Men o’sha kundan boshlab Noila bilan ortiqcha gaplashmadim. Sababini o’zim ham billmayman. Lekiin undan o’izmni nariroq olib yurdim. Nilufarni esa kun sari ko’rgim kelaverardi. Hamkasblarim ham menga g’alati qarashayotgandek edi.
   Bir kuni ishdan kelsam, mehmonlar kelishgan ekan. Singlimdan so’rasam:"Ularni tanimadim", -dedi. Hayron bo’lib turgandim, oyim:"bor, mehmonlariga choy olib kir", -deb meni qo’yarda qo’ymay uyga boshlab kirdi. Mehmonlarni ko’rib, dong qotib qoldim. Noila bilan bir ayol men bilan so’rashmoqchi bo’lib o’rnilaridan turishdi. To’g’risi, jahlim chiqdi. Nima uchunligini bilmayman. Noila hamkasbim bo’lganligi uchun qolaversa, mehmon bo’lib kelganligini o’ylab, ular bilan biroz o’tirdim.
   U yoq bu yoqdan gaplashdik. Men ular nima maqsadda kelishganini tushundim. Noila olamdan o’tgan yangasini eslab, kok’ziga yosh oldi. "œYangam tilla ayol edi, -deya so’z boshladi u.


Qayd etilgan


shoir  03 Oktyabr 2006, 07:51:32

Ta'sirli hikoya ekan.
Afsus, hayotda shunaqa voqealar ham uchrab turadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2006, 19:50:10

Assalamu alaykum,Feruzabegim.
Juda ham ibratli va tasirli hikoya ekan.
Davomi ham bormi....
Agar bo'lsa kutib qolamiz...
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Feruzabegim  04 Oktyabr 2006, 05:19:02

Assalamu alaykum,Feruzabegim.
Juda ham ibratli va tasirli hikoya ekan.
Davomi ham bormi....
Agar bo'lsa kutib qolamiz...
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Va alaykum assalom.
Hali davomi bor, Olloh nasib qilsa hozir kiritaman.
Bu hikoya boshida ta'sirli ko'rinadi, lekin oxirini o'qiganimda shunaqangi jahlim chiqqan. Kirgizishdan maqsad fikrlaringizni bilishdir. Gazetada ham hayotini aytib berayotgan ayol maslahat so'ragan.
BIldirgan tilaklaringiz uchun tashakkur!

Qayd etilgan


Feruzabegim  04 Oktyabr 2006, 05:20:43

Ta'sirli hikoya ekan.
Afsus, hayotda shunaqa voqealar ham uchrab turadi.

Oxirini o'qing, keyin fikringizni eshitaman!

Qayd etilgan


Feruzabegim  04 Oktyabr 2006, 05:23:02

                                                                                       Davomi

-Xudo uni bizga ko’p ko’rdi. Umrining oxirgi oylarida yotib qoldi. Hech ham hayot bilan vidolashishni istamadi, umidlari katta edi.
   Bir kuni yangamdan xabar olgani kelsam, ahvoli ancha og’irligini ko’rib, qo’rqib ketdim. Nahotki... U meni yoniga chaqirib:"Noilaxon, men oltindan ham aziz bo’lgan bolalarimni sizga topshirdim. Ularni o’zingiz..."-dedi. Men yangamni mahkam quchib oldim."Unday demang, ularni birgalashib katta qilamiz, xudo xohlas..... "œ Men o’zimni tutolmay yig’lab yubordim. Yangam biroz tinchlangacha, so’zida davom etdi. "œNoilaxon,sizdan iltimos, bolalarim shum yetim bo’lishmasin. Aytishadiku, otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim shu yetim deb"....
   Yangam bilan so’nggi suhbatimiz shu bo’ldi. Ikki yildan oshayapti, yangamning o’rnini bosa oladigan ayol topa olmayapmiz", -deya ko’z yoshlarini artib, chuqur xo’rsinib qo’ydi Noila.
   O’sha kundan boshlab, yursam ham, tursam ham o’sha bolalar ko’z o’ngimdan ketmadi. Xuddi meni chaqirib kelayotgandek. Avvaliga ota onam hech nima deyishmadi. Oradan bir hafta o’tgach, dadam meni yoniga chaqirib:"Bolam, yetimning boshini silasang, katta savobga qolasan. Undaylarga Ollohning mukofoti tayin. O’ylab ko’r", -dedi.
   Men uzoq o’yladim. Bu orada bolalarning otasi bialn ham tanishdim. U yomon insonga o’xshamadi. Uyimizga haftada ikki martalab kelib ketishdi. Men o’sha bolalarning qora ko’zlarini deb to’yga rozi bo’ldim.

Qayd etilgan


Feruzabegim  04 Oktyabr 2006, 05:24:12

Men yangi hayot boshladim. Bolalarga qarayman deb ishdan ham bo’shadim. Bundan qaynonam juda xuxrsand bo’ldi. U ayolni ikkinchi onam, desam xato qilmagan bo’laman. Ularning samimiyligi, mehribonligi, ayniqsa bilmagan ishlarimni o’rgatib, "œbolam bolam"lab gapirishlari menga juda yoqardi. Nilufar menga juda o’rganib qolgandi, hech yonimdan jilmasdi. Lekin katta o’g’li biroz injiqroq edi. Mendan yotsirardi. Sekin asta menga o’rganib qolar, deb unga ko’proq e’tibor berardim. Turmush o’rtog’im chetdan qaraganda sodda, muloyim odamga o’xshaydi-yu, lekin uning ham o’ziga yarasha xarakteri bor ekan. Asta sekin bunga ham ko’nikdim. Erim tijorat bilan shug’ullanardi. Boshqa shahardan oziq ovqat mollarini olib kelib, do’konlarga tarqatardi. Bir hafta uyda bo’lsa, uch kun yo’lda edi. Erim uyda bo’lganda men bilan ortiqcha ishi yo’q, o’z ishlari bilan ovora bo’lardi. Men esa u bilan gaplashib o’tirishni, yoki u yoq bu yoqlarga borib aylanib kelishni xohlardim. Chunki har kuni uyda zerikib ketardim. Qaynonamni, bolalarni ishga solardim, so’ng olib borardi. Buni ko’rgan qaynonam:"xotini o’lgach, shunday bo’lib qolgan", -derdi. Bundan biroz tushkkunlikka tushib qolardim. Bilaman, men uning birinchi ayoli ornini bosa olmayman, lekin uning hayotini davom ettirishuchun, farzandlarining boshini silayman, deb kelganman. Eh, hayot risolagidek bir tekis o’tmas ekan. Nima bo’lganda ham men baxtliman. Chunki mening oilam, farzandlarim va farishtadek qaynonam bor. Ba’zida o’ylab qo’rqib ketaman: "œBizning hayotimizz doim shunda tinch bo’larmikan yoki...." Avvalgi turmushim bilan buning o’rtasida yer bilan osmonchalik farq borda
   Keyingi paytlarda erim ulfatlari bilan tez tez gaplarga boradigan, u yerdan ichib keladigan odat chiqardi. Buni qaynonamga aytmadim. Bir kuni telefonjiringlab qoldi. Erimning o’rtog’i ekan. Ichkari uyda ish qilgan odamdek bo’lib yurib, erimning telefondagi gaplarini sekingina bildirma eshitdim. Tushunishimcha, erim o’sha o’rtog’i bilan kecha gapda birga bolishga va u yerda ayollar ham bo’lgan. Erim unda so’rayapti:"Kechagi zo’r ekana? Manzilini oldingmi? Maza qildik ... "œ Bu gaplardan toshdek qotib qoldim. Nahotki mening erim............



Qayd etilgan