Men yangi hayot boshladim. Bolalarga qarayman deb ishdan ham bo’shadim. Bundan qaynonam juda xuxrsand bo’ldi. U ayolni ikkinchi onam, desam xato qilmagan bo’laman. Ularning samimiyligi, mehribonligi, ayniqsa bilmagan ishlarimni o’rgatib, "œbolam bolam"lab gapirishlari menga juda yoqardi. Nilufar menga juda o’rganib qolgandi, hech yonimdan jilmasdi. Lekin katta o’g’li biroz injiqroq edi. Mendan yotsirardi. Sekin asta menga o’rganib qolar, deb unga ko’proq e’tibor berardim. Turmush o’rtog’im chetdan qaraganda sodda, muloyim odamga o’xshaydi-yu, lekin uning ham o’ziga yarasha xarakteri bor ekan. Asta sekin bunga ham ko’nikdim. Erim tijorat bilan shug’ullanardi. Boshqa shahardan oziq ovqat mollarini olib kelib, do’konlarga tarqatardi. Bir hafta uyda bo’lsa, uch kun yo’lda edi. Erim uyda bo’lganda men bilan ortiqcha ishi yo’q, o’z ishlari bilan ovora bo’lardi. Men esa u bilan gaplashib o’tirishni, yoki u yoq bu yoqlarga borib aylanib kelishni xohlardim. Chunki har kuni uyda zerikib ketardim. Qaynonamni, bolalarni ishga solardim, so’ng olib borardi. Buni ko’rgan qaynonam:"xotini o’lgach, shunday bo’lib qolgan", -derdi. Bundan biroz tushkkunlikka tushib qolardim. Bilaman, men uning birinchi ayoli ornini bosa olmayman, lekin uning hayotini davom ettirishuchun, farzandlarining boshini silayman, deb kelganman. Eh, hayot risolagidek bir tekis o’tmas ekan. Nima bo’lganda ham men baxtliman. Chunki mening oilam, farzandlarim va farishtadek qaynonam bor. Ba’zida o’ylab qo’rqib ketaman: "œBizning hayotimizz doim shunda tinch bo’larmikan yoki...." Avvalgi turmushim bilan buning o’rtasida yer bilan osmonchalik farq borda
Keyingi paytlarda erim ulfatlari bilan tez tez gaplarga boradigan, u yerdan ichib keladigan odat chiqardi. Buni qaynonamga aytmadim. Bir kuni telefonjiringlab qoldi. Erimning o’rtog’i ekan. Ichkari uyda ish qilgan odamdek bo’lib yurib, erimning telefondagi gaplarini sekingina bildirma eshitdim. Tushunishimcha, erim o’sha o’rtog’i bilan kecha gapda birga bolishga va u yerda ayollar ham bo’lgan. Erim unda so’rayapti:"Kechagi zo’r ekana? Manzilini oldingmi? Maza qildik ... "œ Bu gaplardan toshdek qotib qoldim. Nahotki mening erim............