Sahobalar hayotidan  ( 133051 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:29:46

* * *

Hamza jiyanining ulug‘ va komil inson ekanligini hamda uning ishini haqiqatini va undagi go‘zal xislatlarni juda yaxshi bilar edi. U jiyanini faqatgina amaki sifatida emas, balki birodari va do‘sti sifatida tanir edi. Chuni u Rasululloh sallallahu alayhi vasallam bilan bir urug‘dan bo‘lib yoshlari ham bir- biriga yaqin, birga o‘sib, birga o‘ynab, birga birodar tutinib, eng avvaldan qadamma- qadam yurib ulg‘aygan edi. Garchi yoshlikda bir xil yo‘lda bo‘lgan bo‘lsalarda, ulg‘aygach Hamza o‘z tengqurlari bilan dunyoning yahshiliklaridan foydalanish raqobatlashib, Makka va Quraysh zodagonlari orasidagi o‘z obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lini tanladi. Ammo Muhammad sallallahu alayhi vassallam esa ruhidan chiqib, Allohning yo‘lini unga yoritib berayotgan nurini ibodat bilan ziyoda qilish va hamda uni chuqur tafakkurga cho‘mdirib, hayotning g‘avg‘olaridan yiroq qilayotgan qalbining tubidan chiqayotgan nido haqida o‘ylab, haqiqat bilan ko‘rishishga tayyorgarlik ko‘rar edi. Ular ikkisining tanlagan yo‘llari har xil bo‘lishiga qaramay, Hamza o‘zining jiyani va tengquri bo‘lgan Rosulullohning barcha komil fazilatlarini bir zum ham unutmagan edi. Albatta, bu kabi komil fazilatlar va go‘zal axloqlar, egasini barcha insonlarning qalblarida yuksak maqomga ega bo‘lib, uning buyuk istiqboli uchun oydin va ravshan surat chizib berdi.
Bir kuni erta tongda Hamza odatdagidek ko‘chaga chiqdi. Ka’baning yoniga kelib, u yerda Quraysh boshliqlari va sayyidlaridan bir guruhini ko‘rib qoldi. Ular bilan birga o‘tirib, nima haqida suhbatlashayotganlariga quloq tutdi. Ular Muhammad sallallahu alayhi vasallam haqida gaplashayotgan edilar. Hamza qarasa, ular birinchi bor jiyaning da’vati haqida xavotirga tushib gapirishar hamda so‘zlarida Muhammad sallallahu alayhi vasallamga nisbatan achchiqlanish, g‘azab va hasadga urg‘u berishayotganini bildirishar edi. Ilgari Muhammadning da’vatiga u qadar e’tiborlari yo‘qligini va befarq ekanliklarini izhor qilganday bo‘lar edilar. Ammo bugunchi? Yuzlarida xavotir mavj urib, g‘azab bilan go‘yo u zotni g‘ajiguday so‘zlamoqdalar!!!
Hamza ularning so‘zlarini eshitib uzoq kuldi, so‘ngra ularni haddan ziyod oshirib, yomon gumon qilishda aybladi. Abu Jahl o‘rnidan turib o‘tirganlarga dedi:
"œAlbatta, Hamza Muhammad da’vat qilayotgan narsani xatarini hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi, lekin u, buni yengil sanab, hatto Quraysh uyquga ketib, so‘ngra tongda uyg‘onganida hamma yer rasvo bo‘lib, jiyanining ishi g‘olib bo‘lishini istaydi".
Mushriklar bir birlariga hayqirib va do‘q-po‘pisa qilib suhbatlarini davom ettirishardi"¦ Hamza esa bir tabassum qilib, bir jahli chiqar edi. Hamma tarqab, uy-uyiga jo‘nab ketgach, Hamza boshini yangi fikrlar va xavotirlar bilan og‘irlashtirib o‘zi bilan o‘zi bahslashib, jiyaning da’vati hususida o‘ylay boshladi.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:29:55

* * *
Kunlar ketidan kunlar o‘tib, Qurayshning Rosululloh sallallahu alayhi vasallam keltirgan da’vatlari atrofidagi hayqiriq va xavotirlari yanada ziyoda bo‘ldi. So‘ngra bu xavotirlar janjalga aylandi. Hamza esa bu voqealarni uzoqdan kuzatib turdi. Jiyanining sabot bilan turishi Hamzani hayratga sola boshladi. Chunki, u zotning o‘z iymoni va da’vati yo‘lidagi fidoiyligi barcha Quraysh uchun ilgari ko‘rilmagan yangilik edi.
Agarda o‘sha kunlarda biror-bir shak Payg‘ambar sallallahu alayhi vasallamning rostgo‘yliklari va buyuk fazilatlari xususida biron insonni shubhaga sola olsa, bu shak Hamzaning qalbi va hayoliga sira yo‘l topa olmas edi. Hamza Muhammad sallallohu alayhi vasallamni go‘dakligidan to ulg‘ayguncha insonlar orasida eng yaxshi biluvchi zot edi. U jiyanini huddi o‘zini tanigandek, balki undanda ziyoda tanir edi. Ikkovlari birga hayotga kelganlaridan boshlab, to birga o‘sib-ulg‘aygunlarigacha Muhammad sallallahu alayhi vasallamning hayoti quyoshning nuri kabi pokiza edi!!! Hamza mana shu pokiza hayotga yetgan biror shubhani eslay olmasdi. U biror marta Rosululloh sallallahu alayhi vasallamning g‘azab qilganini yoki noumid bo‘lganini yoki birovdan ta’ma qilganini yoki beparvo va qo‘rqoq bo‘lganini ko‘rmagan. Hamza faqatgina baquvvat jismga ega bo‘lmay, balki teran aql va kuchli iroda sohibi ham bo‘lgan edi. Shuning uchun tabiiyki, rostgo‘yligi va omonatdorligini juda yaxshi bilgan zot, ya’ni Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga ergashishdan o‘zini chetga olishi mumkin emas edi. Bas Hamza tez kunda Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga iymon keltirishni qalbiga tugib qo‘ydi.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:30:24

* * *
O’sha kun yetib keldi"¦.
Hamza kamonini yelkasiga osgan holda, sevimli mashg‘uloti bo‘lmish ovchilik qilishi uchun, yuzini sahroga tomon qaratib uyidan chiqdi. U ovchilik bobida nihoyatda mohir edi. Sevimli mashg‘ulotini tugatib. O’ljasi bilan uyiga qaytayotganida, odatiga ko‘ra tavof qilish uchun Ka’ba tomon yo‘l oldi. Ka’baga bir oz qolganda Abdulloh ibn Shud’onning xodimasi unga yo‘liqdi. Xodima Hamzani ko‘riboq dedi:
"œEy Abo Umora, agarda jiyaning Muhammadga xozirgina Abu Hakam ibn Hishomdan yetgan ozorni ko‘rganingda edi. . . Uni Ka’ba yonida ko‘rib qolib, so‘kib, haqoratlab, qattiq ozor berdi." So‘ngra Abu Jahl Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga qanday ozor berganini birma-bir tushuntira ketdi. Hamza uning so‘zini diqqat bilan tingladi, biroz sukut saqlab, so‘ngra kamonini olib, yelkasiga osdi. Keyin tez va shahdam qadamlar tashlab, Abu Jahlni topish maqsadida, Ka’ba tomon yurib ketdi. Agar Ka’ba yonida uni uchrata olmasa, albatta boshqa yerlarni qidirib uni topishga ahd qildi. Biroq Ka’baga yetgach, Abu Jahl uning hovlisida bir guruh Quraysh zodagonlari orasida o‘tirganiga ko‘zi tushdi.
Hamza o‘zini bosgan holda Abu Jahlning yoniga kelib, birdan kamoni bilan uni boshiga bir tushirdi. Abu Jahlning boshi yaralanib, qonab ketdi. O’tirganlar dahshatdan o‘zlariga kelmaslaridan ilgari Hamza Abu Jahlga qarata qichqirdi:
"œMuhammadni haqorat qildingmi? Bilgingki, men ham uni dinidaman. U aytgan so‘zni men ham aytaman. Agar qodir bo‘lsang menga javob qaytarginchi".
O’tirganlar barchalari boshliqlari ustiga tushgan xorlikni va uning boshidan oqayotgan qonni bir lahzaga unutib qo‘yishdi. Ustilariga yashindek tushgan Hamzaning so‘zlari ularni mashg‘ul qilib qo‘ygan edi. Bu shunday so‘zlar ediki, ular orqali Hamza Muhammad sallallahu alayhi vasallamning diniga kirib, u kishi aytayotgan so‘zni aytishini bildiryapti.
Hamza islomni qabul qildimi??
Qurayshning eng baquvvat va ulug‘ yigitiya??

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:30:35

Bu Quraysh ustiga tushgan katta bir halokat ediki, uni qaytarishga qodir emasdilar. Hamzaning islomni qabul qilishi, sara insonlarning ko‘pchiligini tez kunda islom tomonga boshlashi mumkin. Bu bilan Muhammad o‘z atrofiga tez orada kuchiga-kuch qo‘shadigan, da’vatini quvvatlaydigan kuch va quvvatni topishi mumkin. Natijada Qurayshliklar kunlardan bir kuni o‘z but-sanamlarini parchalab tashlanayotganlik shovqinini eshitib uyg‘onadi!!!
Ha, albatta, Hamza iymon keltirdi. Va Quraysh boshliqlariga hafsalasini pir qilgan mushrik jamoatni tark qilib, qalbini Islomga bag‘ishlaganini e’lon qildi. Abu Jahl yorilgan boshidan oqayotgan qonni artish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan paytda, Hamza kamonini yelkasiga osib, shahdam qadamlar tashlab uyi tomon ravona bo‘ldi.
Hamza teran aql va yuksak qalb sohibi ham edi. Uyiga qaytgach, kunning g‘avg‘olaridan forig‘ bo‘lib, fikr qilish uchun o‘tirdi. Hozirgina bo‘lib o‘tgan hodisa hech ham ko‘z o‘ngidan ketmasdi.
O’z Islomini qanday qilib va qachon e’lon qildi "¦???
Darhaqiqat, u o‘z Islomini g‘azab va nafratga to‘lib, qizishgan lahzalarda e’lon qildi. Jiyani biror yordamchi topolmay haqorat qilinib, zulmlanganligiga g‘azab qilib, Bani Hoshimning sharafini himoya qilgan holda, Abu Jahlning boshini yorib uning yuziga Islomni qabul qilganini ochiq-oydin e’lon qildi. Lekin inson uchun asrlar davomida amal qilinib kelgan ota-bobolarining dinini tark qilib, haqiqatini oz bilgan va ta’limotini o‘rganib chiqmagan dinni qabul qilishning eng to‘g‘ri yo‘li shu bo‘la oladimi?
Haqiqat shuki, Hamza Muhammad sallallhu alayhi vasallamning rostgo‘yliklari va niyatlarining pokligiga zarracha ham shubha qilmas edi. Biroq, kishi butun farzlari va mas’uliyatlari bilan yangi dinni g‘azabga to‘lgan holda qabul qilishi mumkinmi?

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:30:47

Bas, Hamza tafakkur qila boshladi"¦. Oradan bir necha kunlar o‘tdi. Ammo Hamza na kunduzi va na kechasi tinch orom olar edi. Shunday qilib Hamza Islom haqiqatiga yetishish uchun ota-bobolaridan qolgan eski din bilan yangi dinni taqqoslab tarozuga solib, aqlini bir oz ishlatib ko‘rgan edi, hatto nafsida ota-bobolaridan meros qolgan dinga fitriy hohish va har bir yangi sinalmagan narsadan fitriy qo‘rquv hosil bo‘ldi. Uning hayolidan Ka’ba oliyhalari va but sanamlar va ota-bobolaridan qolgan din va uning natijasida quraysh ahli va butun Makkaga kelgan obro‘-e’tibor o‘ta boshladi.
Darhaqiqat, uning qalbida jiyani bayrog‘ini ko‘targan bu yangi da’vatga nisbatan hurmat va ehtirom cheksiz edi. Ammo agar unga mana shu da’vatga iymon keltirib, unga ergashib va uni himoya qilish taqdir qilingan bo‘lsa, bu dinga kirishning eng munosib vaqti qachon bo‘lishi mumkin?
G’azab va nafratga to‘lib toshgan lahzalardami, yoki aqlini ishlatib chuqur fikr yurgizgan vaqtdami? Shunday qilib, qalbining to‘g‘riligi va fikrining pokligi, uni bu ish xususida yangitdan, chuqur va nozik ravishda fikr qilishga chorladi. Hamza taajjub qildiki, qanday qilib, inson bu qadar osnonlik va tezlik bilan ota-bobosining dinini tark qilishi mumkin. Va qilib qo‘ygan ishiga nadomat chekdi. Lekin yana o‘ziga kelib aqliga murojaat qila boshladi. Qarasa, haqqa yetishishga aqlning o‘zi kifoya qilmas ekan. So‘ngra u Ka’baning yoniga borib, ko‘zlarini samoga qaratgan holda, unga hidoyat yo‘lini ko‘rsatishligi uchun Alloh taologa yolvorib, tazarru bilan duo qila boshladi. Keling, uning o‘ziga quloq tuta qolaylik, u bizga qolgan voqealarni hikoya qilib bera qolsin:
"œSo‘ngra qavmim va ota-bobomning dinini tark qilganimga meni nadomat tutdi, pushaymon bo‘lganligimdan kechasi bilan uyqum kelmadi, keyin Ka’baga borib Allohning qalbimdagi shak-shubhani ketkazib, uni haq tomonga burishini yolborib so‘radim. Bas, Alloh mening duolarimni ijobat qilib, qalbimni iymon va yaqin bilan to‘ldirdi. Ertasi kuni Rosululloh sallallahu alayhi vasallam huzurlariga borib, barcha bo‘lib o‘tgan ishlarni u zotga so‘zlab berdim. Bas, Janob Payg‘ambarimiz sallallahu alayhi vasallam Alloh qalbimni dinida sobit qilishini so‘rab duo qildilar." Huddi shunday ravishda Hamza roziallohu anhu Islom dinini qabul qildi.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:30:58

* * *
Alloh Ta’lo Hamza roziallohu anhu bilan Islomni aziz qildi. U kuchli g‘urur bilan Rosululloh sallallhu alayhi vasallam va u zotning zaif ashoblarini himoya qila boshladi. Abu Jahl Hamzani muslmonlar safida ko‘rgach urushdan qochishning hech ham chorasi yo‘qligini tushunib yetdi. So‘ngra Quraysh mushriklarini Rosululloh bilan u kishining ashoblariga aziyatlar yetkazishga gij-gijlay boshladi. Albatta tabiiyki, Hamza musulmonlarga yetadigan barcha aziyatlarni qaytara olmasdi, lekin shunga qaramay uning Islomi musulmonlar uchun himoya va qalqon bo‘ldi. Shuningdek Hamza roziallohu anhu so‘ngra Umar ibn Hattob roziallohu anhularning Islom dinini qabul qilishlari tufayli ko‘pgina qabilalar guruh-guruh bo‘lib Islomni qabul qilishlari uchun turtki bo‘ldi. Hamza roziallohu anhu iymon keltirganidan keyin butun kuch-quvatini va hayotini Alloh va uning diniga xizmat qilishga bag‘ishladi. Hatto Nabiy sallallahu alayhi vasallam uni "œAlloh va Rosulining arsloni" degan buyuk laqab bilan mukofotladilar. Musulmonlar dushman bilan to‘qnashgan birinchi jangda Hamza qo‘shinning amiri vazifasini bajargan. Rosululloh sallallahu alayhi vasallam musulmonlarga tutqazgan bayroqning ilk sohibi ham Hamza roziallohu anhu edi. Ikki qo‘shin to‘qnashgan Badr jangida Alloh va Rosulining arsloni buyuk jasoratlarni ko‘rsatdi.
* * *
Mag‘lubiyatdan alamda bo‘lgan Quraysh qo‘shinining qoldiqlari Badrdan Makkaga qaytdi. Abu Sufyon ham boshini egib, qalbida qo‘rquv bilan Makkaga kirib keldi. Chunki u jang maydonida Quraysh boshliqlarining eng ulug‘laridan bo‘lmish Abu Jahl, Utba ibn Robia, Shayba ibn Robia, Umayya ibn Halaf, Uqba ibn abi Muayt, Asvad ibn Abdul Asad Al Mahzumiy, Valid ibn Utba, Nazr ibn Horis, Os ibn Sayid, Tama ibn Adi va o‘nlab qurayshning dovyurak yigitlarini qoldirib kelayotgan edi. Quraysh bu mag‘lubiyatni osonlik bilan qabul qila olmay, qaytadan o‘ch olish uchun butun kuch-quvvati va mol-mulkini to‘plab, musulmonlarga qarshi urush qilishga tayyorgarlik ko‘rdi.
* * *
Quraysh Abu Sufyon boshchiligida butun urug‘ aymog‘lari va arab qabilalari orasidagi do‘stlarini yig‘ib, Uhudga yetib keldi. Qurayshning boshliqlari bu jangda ikki kishini nishon qilib olishgan edi. Ular Rosuli akram sallallahu alayhi vasallam va Hamza rozaiallohu anhu edi. Ha albatta! Ularning urushga chiqishdan ilgari mahfiy suhbatlarini eshitgan kishi, Hamza Rosululloh sallallahu alayhi vasallamdan keyin bu jangdagi asosiy mo‘ljal ekanligini osongina bilib olish mumkin edi. Mushriklar urushga chiqishlaridan avval Hamzani o‘ldirish uchun bir kishini tanladilar. U habashiy qul bo‘lib, nayza otish bobida yuksak mahorat egasi edi. Ular bu habashiy qulning jandagi vazifasi faqatgina Hamzani "œovlab" nayzasi bilan uni qatl qilishidan iboratligini uqtirib , urushning taqdirining qanday rivoj olishiga qaramay o‘z vazifasidan sira og‘ishmasligini buyurdilar. Unga buning evaziga juda ulug‘ mukofot, ya’ni ozozdlikni va’da qildilar. Bu kishining ismi Vahshiy bo‘lib, Jubayr ibn Mut’amning quli edi. Jubayrning amakisi Badr kuni halok bo‘lgandi. Jubayr quliga dedi:
"œOdamlar bilan jangga chiq , agar Hamzani qatl qilsang, ozod bo‘lasan!"
So‘ngra mushriklar Vahshiyni o‘zlarining asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan Hamzani daf qilishga ko‘proq gij-gijlash uchun, uni Abu Sufyonning xotini Hind bintu Utbaga topshirdilar. Hind Badr jangida otasi, akasi va o‘g‘lini yo‘qotgan edi. Unga:
"œHamza shularning ba’zilarini o‘ldirib, ba’zilarini esa o‘ldirishga ko‘maklashgan" - deb xabar berishgandi.
Shuning uchun Quraysh erkak va ayollarini ko‘pchilgi bu urushga chiqishga haris bo‘ldilar. Ularning asosiy maqsadlari, garchi bu xatarli ishning qiymati har qancha bo‘lmasin, Hamzani qatl qilish edi.
Hind jangga chiqishdan bir necha kun ilgari butun yumushlarini yig‘ishtirib, faqatgina Vahshiyning qalbini Hamzaga nisbatan adovat va g‘azabga to‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. U Vahshiyning qo‘liga o‘zi ega bo‘lgan barcha zeb-ziynat, duru- gavharlarini tutgan holda :
"œAgar Hamzani qatl qilsang, mana bularning hammasi seniki" - deb va’da qildi. Vahshiy bu zeb-ziynatlarni ko‘rib so‘laklari oqqan holda, ozodligini qo‘lga kiritib, qaytib qul bo‘lmay va Quraysh boshlig‘i ayolining bo‘ynini bezatib turgan zeb-ziynat va duru gavharlarga ega bo‘lgan holda chiqadigan bu jangni hayolidan o‘tqazib, uni mushtoqlik bilan kuta boshladi.
Demak mushriklarning mahfiy kelishuvlari va butun jangning asosiy maqsadi ochiq-oydin shaklda Hamzani o‘ldirishdan iborat ekan.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:31:14

* * *
Uhud g‘azoti ham yetib keldi.
Ikki qo‘shin bir biri bilan to‘qnashdi. Hamza roziallohu anhu jang maydonining o‘rtasida turardi. U urush liboslarini kiyib, ko‘ksiga har doimgidek tuyaqush patini taqib olgan edi. U mardlik bilan jang qilib, ro‘parasidan chiqqan mushriklarni birin-ketin yer tishlatardi. Musulmonlar ham barchalari hujumga o‘tib, mushriklar esa mag‘lub bo‘lib, ortlariga qochib, chekina boshlaganlaridan go‘yo g‘alaba-nusrat juda yaqinday bo‘lib ko‘rina boshladi. Agarda tog‘ning tepasida turgan kamonchilar g‘animatlar ilinjida joylarini tark etib, pastga tushib, buning oqibatida pistirmada turgan mushriklar qo‘shniga tog‘ning ortidan hujumga o‘tishga imkoniyat paydo qilib bermaganlarida, shubhasiz Uhud g‘azoti faqatgina Qurayshning erkagu ayollari uchun emas, balki uning otlariyu tuyalarining ham qabristoniga aylangan bo‘lar edi. G’aflatda qolgan musulmonlarning ortlaridan mushriklar otliqlari hujumga o‘tib birin-ketin ularni qilichdan o‘tkaza boshladilar. Bu holatdan musulmonlar esankirab qoldilar, chunki ko‘pchiliklari qilich va nayzalarini yerga uloqtirib, hamma narsalarini tashlab qochib ketayotgan mushriklardan qolgan g‘animatlarni to‘plash bilan ovora bo‘lib qolishgan edi. Musulmonlar yana qayta o‘zlariga kelib, uloqtirib yuborgan qurol-aslahalarini qaytib qo‘llariga olib, jang qila ketdilar. Lekin fojia yuz berib, butun jangdagi tashabbus mushriklarning qo‘llariga o‘tib bo‘lgan edi.
Bu voqealarni ko‘rib turgan Hamza o‘zini yo‘qotmay, quvvatiga-quvvat, kuchiga- kuch qo‘shilib, yanada qattiq jang qila boshladi. Birin-ketin mushriklarni qilichi bilan savalab, yer tishlatayotgan vaqtda Vahshiy uni kuzatib, nayzasi bilan zarb berish uchun vaqt poylab turardi.
Keling, bu voqealarni bayon qilib berishni Vahshiyning o‘ziga qo‘yib bera qolaylik:
"œMen habashiy bir odam edim. Huddi habashilarga hos bo‘lganidek, nayzam bilan biron narsani mo‘ljalga olib uloqtirsam, kamdan-kam holda xato qilar edim. Ikki tomon Uhud g‘azotida to‘qnashgan vaqtda men ham birga chiqdim. Hamzani qidirib oxiri odamlar orasida huddi kul rang tuyadek ajralib turib, jang qilayotganiga ko‘zim tushdi. Qarshisidan chiqqan kishini qilichi bilan urib, yer tishlatardi. Allohga qasamki, men uni o‘ldirish uchun tayyorgarlik ko‘rgan edim. U menga yaqinroq kelishi uchun bir daraxtning orqasiga yashirinib, payt poylab turdim. Shu payt mendan ilgari Sibog‘ ibn Abdul Uzzo unga tashlandi. Hamza uni ko‘rishi bilanoq unga:
"œQani beri kelchi, ey odamlarning a’zolarini kesuvchi" - deb, qilichi bilan shartta uning boshini kesib tashladi. Shu payt nayzamni silkitib, payt poylab nishonga tegishiga aniq ishonch hosil qilgach, uni uloqtirgan edim, Hamzaning kindigi ostiga kirib, ikki oyoqlari o‘rtasidan teshib chiqdi. So‘ng u menga tashlanmoqchi bo‘ldi, lekin holdan toyib yiqilib joni uzildi"¦
Uning oldiga borib, nayzamni sug‘urib oldim. So‘ng jang maydonini tark etib, askarlarning qarorgohida o‘tirib turdim. Sababi, men jang qilish uchun kelmagan edim. Faqatgina ozod bo‘lish uchungina Hamzani qatl qilgandim."

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:31:24

Vahshiy o‘z so‘zini nihoyasiga yetqazib qo‘yish uchun unga yana bir oz quloq tutsak zarari yo‘q deb o‘ylayman:
"œ Makkaga qaytganimdan so‘ng ozod qilindim. Rosululloh Makkani fath qilib, unga kirmagunlaricha, men Makkada yashadim. So‘ng Toifga qarab qochdim. Qachonki Toif ahli Rosululloh sallallohu alayhi vasallamga iymon keltirish uchun Madinaga bir guruh elchilarini jo‘natgach, men uchun barcha boradigan yo‘llar berkildi. Men o‘zimcha:
"œ Shomga yoki Yamanga yoki boshqa biror yerga boraman" - deb o‘yladim. Allohga qasam men shuni harakatida turganimda bir kishi kelib menga dedi:
"œ Ey bechora, albatta Rosululloh sallallohu alayhi vasallam o‘z dinlariga kirgan biror kishini qatl qilmaydilar".
So‘ngra men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga, Madinaga bordim. U zotning ko‘zlari menga tushishi bilanoq , shahodat kalimasini aytib iymon keltirdim. So‘ngra menga dedilar:
"œSen Vahshiymisan?"
Men:
"œHa yo Rosululloh" dedim.
U zot:
"œQanday qilib Hamzani o‘ldirganingni menga aytib ber" - dedilar. Bas, men bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. So‘zim nihoyasiga yetkazgach, menga dedilar:
"œEy bechora, yuzingni mendan yashirgin".
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam to vafot etgunlariga qadar, meni ko‘rib qolmasliklari uchun u zotdan o‘zimni olib qochib yurdim. Vaqtiki musulmonlar Yamoma sohibi bo‘lgan Musaylamatul Kazzobga qarshi jangga otlanganlarida men ham Hamzani o‘ldirgan nayzamni olib, ular bilan birga chiqdim. Jang boshlangach ko‘zim qo‘lida qilichini tutib, tik turgan Musaylamaga tushdi. Nayzamni olib unga uloqtirdim. Bas, nayzam unga tegib yiqildi.
Garchi men mana shu nayzam bilan insonlarning eng yaxshisini qatl qilgan bo‘lsamda, huddi shu nayzam orqali insonlarning eng yomonini o‘ldirganim tufayli Alloh meni mag‘firat qiladi deb umid qilaman".

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:31:50

* * *
"œAlloh va Rosulining arsloni" mana shunday shahidlarning ulug‘i bo‘lgan holda vafot topdi. Hayoti ham shovqin-suronli bo‘lgani kabi, o‘limi ham huddi shunday shovqin-suronli bo‘ldi. Dushmanlari uni o‘ldirish bilan kifoyalanmadilar. Qanday qilib kifoyalanish yoki qanoatlanish hosil qilsinlar, axir ular bu jang uchun butun mol-davlatlari va hamda erkagu ayollarini to‘plab, maqsadlari faqatgina Rosululloh va Hamzani qatl qilishdan o‘zga narsa bo‘lmasa?
Abu Sufyonning xotini Hind bintu Utba Vahshiyga Hamza roziallohu anhuning ko‘ksini yorib, jigarini keltirishni buyurdi. Bas, Vahshiy bu quturgan ayolning rag‘batini qondirib, unga o‘ng qo‘li bilan Hamzaning jigarini uzatib, chap qo‘li bilan Hindning zeb-ziynatlarini oldi. Hind Hamzaga nisbatan g‘ayri insoniy bu nafrat va g‘azabini qondirish uchun, uning jigarini chaynay boshladi. Ammo bu pokiza insonning jigari, uning tishlariga bo‘ysunmadi. Natijada Hind uni yutishga ojiz qolib, og‘zidan chiqarib tashlashga majbur bo‘ldi. Shunday qilib jang nihoyasiga yetdi. Mushriklar tuya va otlariga minib shahid musulmonlarni ko‘mish uchun Makkaga qaytib keldilar. Rosululloh sallallohu alayhi vasallam va sahobiylar tepalikdan jang maydoniga tushdilar. Rosululloh vodiydagi Alloh Ta’loga o‘z jonlarini sotib, evaziga Buyuk Robbilariga qurbat(yaqinlik) hosil qilib, qurbon bo‘lib yotgan sahobiylarning yuzlariga birma-bir tikildilar.
Birdan muborak yuzlarida qayg‘u va alam alomatlari paydo bo‘lib ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Qanday qilib arab halqi bu qadar jirkanch vahshiylikka qo‘l urib, "œShuhadolarning sayyidi va Allohning arsloni" bo‘lgan amakilar Hamza ibn Abul Muttalibning o‘lik jasadini manna bu suratda tilka-pora qilganlariga aqllari bovar qilmay qoldi.
So‘ngra muborak yoshlari bilan jiqqa ho‘l bo‘lib ketgan ko‘zlarini Hamza raziallohu anhuning jasadiga tikkan holda dedilar:
"œHech kim siz kabi holatga tushmagan, hech hachon mana bu kabi, men uchun yomon bo‘lgan joyda turmaganman".
Keyin esa ashoblarga qarata dedilar:
"œAgar Hamzaning singlisi Sofiya hafa bo‘lamaganida va hamda mendan keyin keladiganlarga sunnat bo‘lib qolmaganida, uning jasadini shunday holda dafn qilmay, hatto yirtqich hayvon va qushlar uchun qoldirgan bo‘lardim. . . Bordiyu biror-bir jangda Alloh meni Quraysh ustidan g‘olib qilsa, ulardan o‘ttiz kishini musla (jasadni tilka pora qilish) qilaman".
Ashoblar ham:
"œAllohga qasam, agar Alloh kunlarning birida bizni ularning ustidan g‘olib qilsa, ularni shu qadar musla qilamizki hali biror arab uni ko‘rmagan" - deb hayqirdilar.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:32:31

Alloh taolo Hamza raziallohu anhuga shahidlikni in’om etib uni birinchi bor mukarram etgan bo‘lsa, uning o‘limini ham mukarram etib, adolatni himoya qiladigan, hatto uqubat va qasos vaqtida ham rahm-shavqatni vojib va farz qiluvchi buyuk dars uchun fursat qildi. Shunday qilib Rasullulloh sallallohu alayhi vasallam aytayotgan tahdid va qasamlarini tugatmay turib, Alloh taolo mana bu oyati karimalarini nozil qildi:
126. (Ey mo‘minlar), agar sizlar (o‘zingizga yetgan biron ziyon-zahmat uchun) intiqom olmoqchi bo‘lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olingiz. (Ammo) agar (intiqom olmay ) sabr-toqat qilsangizlar, albatta sabr qiluvchi kishilar uchun (bu intiqom olmoqdan) yaxshiroqdir. 127. (Ey Muhammad, bu da’vat yo‘lida sizga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr-toqat qiling. Yolg‘iz Alloh yordami bilangina sabr qilishga qodir bo‘lursiz. Ularning (ya’ni, mushriklarning dinga kirmasliklari) ustida mahzun bo‘lmang. Ularning makru hiylalaridan siqilmang ham! 128. Zotan, Alloh taqvodor boshlgan va chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir.
Mana shu oyatning, huddi shu makonda nozil bo‘lishi, ajr mukofoti Allohning zimmasida bo‘lgan Hamza roziallohu anhu hurmatini yanada ziyoda bo‘lishi uchun yorqin dalildir.
Janob Payg‘ambarimiz sallallhu alayhi vasallam Hamza roziallohu anhuni juda qattiq sevar edilar. Yuqorida zikr qilganimizdek, Hamza roziallohu anhu Payg‘ambarimizga faqat amaki bo‘libgina qolmay, balki emikdosh birodari, bolalikdagi tengquri va hamda butun umrlari davomidagi do‘stlari ham edi.
Hamza roziallohu anhu bilan vidolashish uchun biror so‘z topa olmay, Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam unga jangda shahid ketgan musulmonlarning soni miqdorida, ya’ni yetmish marta janoza namozi o‘qidilar.
Shunday qilib janoza o‘qiladigan joyga Hamza roziallohu anhuning jasadi keltirilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam va barcha sahobiylar unga janoza o‘qidilar. U kishining jasadi joyida qolgan holda, yoniga ikkinchi shahidning jasadi keltirildi. Rosululloh va musulmonlar u ikkovlariga janoza o‘qidilar. So‘ngra Hamza rodiallohu anhuning jasadi joyida qolgan holda, haligi ikkinchi shahidning jasadini olib ketib, o‘rniga uchichi shahidning jasadi qo‘yildi. Shunday qilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam shahid ketidan shahid kelib Hamza rodiallohu anhuga ular bilan qayta-qayta janoza o‘qidilar. Mana shu kuni Janob Rosuli Akram sallallahu alayhi vasallam amakilari Hamza roziallohu anhu uchun jami yetmish marta janoza o‘qidilar!

Qayd etilgan