Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 97563 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Mas'ud  11 Aprel 2010, 23:32:49


Sog’inch — men to’ymagan xushta’m musallas,
Hijron — yuragimni teshgan qora o’q.
Kutish — har on chuqur olganim nafas,
Umid — zulmat ichra miltiragan cho’g.

Alam — sochlaringni silolmagan qo’l,
Azob — do’st tutingan ichki dushmanim.
Iztirob — oxiri yo’q tuganmas tor yo’l
Dard — bedor tunlarda she’rlarim manim.

Ro’yo — sendan tashkil ajib tasavvur,
Xayol — istaklarim oyna jahoni"¦
Orzu — duolardan yaralgan oq nur,
Havas — yaxshilarning qilgan ehsoni.

Soniya — yilga teng bo’lgan sabrlar,
Kunlar — kundalikda o’chmas sahifa.
Oylar — visolingga intiq  jabrlar,
Umr — bizlar uchun tuhfa-sharifa"¦

Qalb — qo’lda tutganim — omonatingdir,
Quyosh — yuzlaringda porlagan nusrat.
Mehr — o’rtamizda rishtai taqdir,
Sevgi — tuyg’ularim jamlagan hilqat"¦


(c)

Qayd etilgan


Jamila  25 Iyun 2010, 12:16:53

Kuz kelmasaydi...

Sog'inib sirlarin kutmas bu zamon,
Armonga aylandi minglab orzularim.
Yo'llariga ko'z tutib tursam har zamon.
Orzularimni qildilarku armon.
Bilmas edim yo'qotishligim,
Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...!

Aytolmadim dildagi so'zim,
Qani endi aytay olsaydim barisin.
Kechikib bo'libmanku bir qara sirdosh,
U eshitmaydi endi mening dardlarim.
Yomg'ir kabi oqmoqda ko'z yosh,
Qani endi kelmasaydi kuz hech qachon...!

Qayd etilgan


Mas'ud  14 Iyul 2010, 00:06:33

Atrof sariq tusda, xiradir osmon,
Yaproqlar shivirlab so'ylamoqda sir.
Sinoatga to'lgan shu fasli xazon,
Hassos yuragimning tarjimasidir.

Xayolim qush kabi uchib ketmoqda,
Ayro yo'llari yo'q shamol yo'lidan.
Taqdirga tan berib hayot o'tmoqda,
Tutib yolg'izlikning so'lg'in qo'lidan.

Huzur-halovatga begona ko'nglim,
Shikasta dillardan izlaydi najot.
Umid-la ko'z tikib, boshin egib, jim,
Qilarin bilmasdan boshlaydi ijod.

Xazin satrlardan qalbimni topib,
Mungli misralardan qidirib to'zim,
O'zim bemor qilib, ham bo'lib tabib,
To'lg'anib yozaman har bitta so'zim.

Daraxtlar sevinchi - ko'klam ilinji...
Men esa oromim qidirib tundan,
Ichimni kemirib, timdalab, yulib,
She'rlarim yozaman...
Shu qolar mendan.

Kuzgi barg sigari sarg'ayib, so'lib,
Uzilib, yo'q bo'lib ketmasam bo'ldi.
Bir-birovga muhtoj foniy jahonda,
Hech kimga keraksiz o'tmasam bo'ldi...


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  14 Iyul 2010, 21:54:04

O'shlik jigarbandimga...

Mungli ko’zlarigdan qalqimasin yosh,
Siniq ko’ngling hecham bo’lmasin yarim.
Biz senga hamrohmiz, hamisha dildosh,
Urush neligini ko’rgan jigarim.
Yig’lama,
Xo’rsinma,
O’ksinma,
Tinchlan,
Orom ol bir nafas,
Kiprigingni yum
Kecha shodon seni o’ynatib yurgan,
Qo’rqmas akang uchun yig’lama yum-yum.
Kel, bosay bag’rimga,
Dardlaringni ber,
Vahshatdan yuraging ketibdi bezib.
Mayus qarashlaring ich-etimni yer,
Gapir, jim turmagin,
Ko’ksimni ezib"¦
Mehribon opangni eslayotirsan,
Ko’rgilik boshingni qilgandir garang.
Qo’zim, yonimizda bexavotirsan,
Birimiz akangdir, birimiz opang"¦
Uxla,
Tushlaringga qo’riqlab turay,
Cho’chib uyg’onmagin,
O’rtab jonimni.
Murg’agim,
Iloyo, xush kuning ko’ray,
Sen uchun sarflayin bor imkonimni.
Jajji qo’llaringni qo’llarimga qo’y,
Ertak aytib beray; sen olgin maroq.
Jovdirab turganing  - ayni shu damda,
Mehrga tasnasan suvdan ham ko’proq
Sen O’shda yo’qotib qo’ygan mehrni,
Berguvchi erkalab undan ziyoda.
Boshing silaguvchi,
Yo’l ko’rsatuvchi,
Yaxshi insonlar ham ko’pdir dunyoda"¦

Yong’in gavdalanar ko’zing o’ngida,
Son ‘gsiz baqiriqdan qulog’ing bitgan.
Seni xavfsiz joyga joylash son’gida,
Dadangni bir daydi o’q olib ketgan.
Qo’ygin,
Eslamagin,
Kipriginni yum,
Qadriga yetaylik tinchlik tuhfasin.
Haqqinga tinmayin duolar qilgum,
"œYomon odamlarga yo’liqtirmasin"¦"
Yayra istagancha,
Kel, oting bo’lay,
Mindirin ortimga, ketaylik g’amdan.
Faqat tabassum qil,
so’ng men ham kulay,
Voz kechgin, iltimos, ko’zdagi namdan"¦
Hali zamon kelar,
O’tar bu kunlar,
Qanday musibatlar kechdi oradan"¦
Yechilar sen bilmas mavhum tugunlar
Ajratib olasan oqni qoradan.
Faqat, o’ksimagin,
Ichikib qolma,
Sen yolg’iz emassan,
Cho’kmasin qalbing,
Azob ham imtihon  - ko’nglingga olma,
Minglab yaqinlaring bilishar qadring.
Peshonang quyoshi porlar zamon bor,
Hozir tinch uxlagin,
Yolg’izim, qo’zim,
Biz-chi, iltijolar etib ming takror
Haqdan yaxshilikka so’raymiz to’zim"¦

Mungli ko’zlarigdan qalqimasin yosh,
Avlodim, jigarim, dilbandim, qo’zim"¦

(c) Iyun, 2010

Qayd etilgan


Muhseena  15 Iyul 2010, 00:22:09

 :as:

Judayam ta'sirli chiqibdi  :'(

Qayd etilgan


Mas'ud  18 Iyul 2010, 01:20:20

Кeраксан,
бирга жим хаёллар сургани,
Кeраксан, бахт нима сканин ксргани,
Кeраксан
тақдирим қургани,
Яшашнинг маъносин ссргани,
Умрбод ҳаётнинг йслида юргани
Кeраксан.

Йсқ,
Мeнга кeракмас бошқалар,
Сeнингдeк мeн билан
дсст смас бошқалар
Ҳижронлар юракка ст қалар,
Қсзғалар муштдeк жон срнидан
Йсрғалар,
Талпинар сeн томон —
Кeраксан.

Бeдорман - уйқусм кeракмас,
Ҳeч нима, ҳeч қачон
Сeн каби дилимни
Тслатмас
Ссзингдeк дардимни
Қулатмас.
Қайғуни ёнига йслатмас.
Иқболим шамини ёрқинроқ ёққани
Кeраксан.

Кераксан,
Интиқ дил сзгани ксрмайди,
Ҳолингни мен каби
сабрсиз ссрмайди,
Сосдек ортингдан сргашиб,
Орзу-ю ҳавасга тенглашиб,
Бекорга изингдан юрмайди.
Кераксан.

Ўзгалар не деса десинлар,
Барибир,
Личинглар, ғийбатлар
ксзимдан наридир.
Менда бор сгона хавотир:
Кераксиз бслишдан,
Қаровсиз сслишдан,
Яратган умрбод асрасин.
Кераксан.

Кераксан
Айни дам,
Йсқ бошқа каломим тилимда,
Ҳамроҳ бсл куну тун
сснгсиздек йслимда,
Гарчи мен билмасман,
Ае бслар,
Ае кутар снгиму сслимда,
Кераксан.

Кераксан,
Ксзимга тор бслиб
Кетганда дунёлар,
Кераксан
Сувталаб бслганда дарёлар,
Қирғоқлар бирлашиб,
Юлдузлар сирлашиб,
Қуёшга қалб муҳтож бслганда,
Кераксан.

Турибман чорасиз йироқда,
Кснглим ҳам қийналар,
Унгасм осонмас фироқда.
Қай замон ёнингга кeтгумдир?
  - Сабр йсқ
Ғамларим ксмгани қабр йсқ.
Ҳолимни тасвирлаб бeргани
 таъбир йсқ -
тилим ҳам ссроқда.
Турибман чорасиз йироқда,
Шу дамда жудасм кeраксан.

Кeраксан  ҳамнафас бслгани,
Ғурбатда шeрик ҳам,
шодликда кулгани,
Ярмини қидирган
срмимга тслгани,
Гулласам очилиб,
Юлдуздeк сочилиб,
Ва ҳатто,
Бу фано дунёдан
Гар сслсам, сслгани,
Кeраксан.

Табассум срашар
Истара кони бор юзингга,
Муштоқман
Саҳарги сабодeк
Янграган ссзингга,
Қанийди, тeрмулиб стирсам
Ўзимнинг аксим бор
Ксзингга.
Кераксан.

Кераксиз слишдан асрасин,
Юраксиз бслишдан асрасин,
Аур истаб чанқаса
қон кснгил,
Туганмас зиёни берувчи
Фалаксиз бслишдан асрасин,
Кeраксан"¦

(c) 2010

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Iyul 2010, 03:43:08

judayam guzal, unaqa tasirli sherlarni oqimaganimga ancha bogandi.. BRAVO

Qayd etilgan


Mas'ud  23 Yanvar 2011, 04:36:23

Тунги осмонимни бeзар снги ой,
Ичим тслиб кeтган схши нистга.
Орзу-ҳаваслардан қидириб чирой,
А уҳим талпинади абадистга.
Шукр, имонимдан иштибоҳ йироқ,
Гуноҳнинг залвори тортмас оёқдан.
Ҳар тонг дуо айтиб, оламан мароқ
Узоқда чарақлаб турган маёқдан.
Лeшонам юлдузи ҳилолдeк гсзал,
Яратган манглайим ёруғ сратган.
Ташаккур, мунаввар тақидири азал
Юзимни туганмас нурга қаратган.
Гумроҳ хаёлларим кeтган тарк стиб,
Табаррук мақсадлар бeзар қалбимни.
Аруғлик дилимнинг тубига етиб,
Ҳиммат туйғулари кeзар қалбимни.
Кснглимга сзгулик муродин сраб,
Сув кeлса симириб, тоғни ёраман.
Қилган хатолар чун Ҳақдан авф ссраб,
Мангуликка қадам босиб бораман.

Тунгги осмонда-чи, кулар снги ой,
Бeқиёс жамолин зсрға ксрсатиб"¦

(c)

Qayd etilgan


azizbek_mx  07 Aprel 2011, 20:10:39

Ta'rifga til ojiz...

Qayd etilgan


Best friend  19 Aprel 2011, 18:30:03

Azobga asirdir bechora ko'ngil,
Ravshanlik hohlaydi zulmatgohda dil,
O'zing menga endi bir marhamat qil,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Nafsim hohishini qaytara olay,
Tag'in sururimni yo'qotib qo'ymay,
Shayton aldovidan omonda bo'lay,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
"Ota bobolarim mo'min bo'lgan" deb,
Yashamay "Shuning chun musulmonman" deb,
Yashayin ularni sen uchun sevib,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Har yahshi amalni ixlosla qilay,
Roziliging istab xaq yo'lda yuray,
Sendan o'zim uchun bir narsa so'ray,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Mayliga dunyoda bor yo'g'im ketar,
Yurakni bir narsa haroba etar,
Gunohim kechirsang shu menga yetar,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Ibrat topa olay bo'lsa hikoya,
Qur'onga, sunnatga etib rioya,
Oxir mo'min holda o'lsam kifoya,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Bobur holi bugun o'ziga so'roq,
Bilmam menga endi nima afzalroq,
Robbim bilguvchisan mendan yahshiroq,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.

Qayd etilgan