Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 97663 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


fayoza  12 Oktyabr 2007, 02:01:00

Iltimos, agar she'rlarim yoqmasa manga zamechaniya berila.

Qayd etilgan


lolo  07 Noyabr 2007, 00:40:43

fayoza, hafa bo'lmangu sherlarizda mutlaqo maza-matra yo'q, tavba. Bir paytlar mis_shoiraning sherlarini tanqid qilganman, u sherlarga masalan 3 baho bergan bo'lsam, sizning sherlarizga 1 baho ham juda ko'plik qiladi. Forum islom uz da bir odam juda bemani hikmatlar yozgan ekan, uni ham tanqid qilgandim, chunki hikmat atayin yozilmaydi, ulamolarimizning har bir aytgan so'zi hikmat bo'lgan. Sher ham shunchaki yozib tashaladigan narsa emas, bunda mazmun va qofiya bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


Mamur  29 Dekabr 2007, 13:59:44

"œOy yuzlik dustim,kunduz qoshlik sirdoshim Madina Honimga"
Zulayho savdosida beqaror Yusuf ismidan,Layli ishqida yig’lag’an Majnun ismidan — sizga olamdag’i barcha yaxshiliqlaridan behad salom.Mendan  - haddu-hisobsiz gunoh,sizdan - kechirish .O’tkan ishka salovat.Chunki 7 yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun qaytadan boshdan kechirishlik singari,ul kunlarni siz unuting,unutmang, ammo men unutdim!Shuning uchun so’zimni o’zimning ohirg’i,ham chin baxt hidlarini hidlagan kunlarimmi eslayman..Men — qochoqman,nari-beri til uchinda sizga bir narsa yozg’andek ,bir oy bo’yi Internet kelib yurishlarimni men uzimcha tushundim.Mendin ancha hatolik utibdur.Aslo bulmas uni siz tarafdin oqlab.Mening barcha mashaqqatlarim manim uchun bir sinov bulg’onligin angladim.Yo’qsa Olloh kaminani bundan ham battar azoblarg’a duchor aylarmidi.Siz manim uchun bir najot farishtasi eding’iz.Men kabi baxtsiz,men kabi g’ovg’asi kub sizni zeriktirib,jondan to’ydirg’an bulsa,ajab emaski,jong’a tega boshlaganman"¦. Siz oliyjanobsiz: eski qadrdonliq hurmatiga ko’ngil uchun javob yozarsiz,balki yozmassiz ham.Bu sizning ihtiyoringizdadur"¦. Loaqal shugina bilan  ham baxtsizni ma’sud qilarsiz.
 Shayton uya qurgan bu yurak manim nomimdan sizga yozg’an hatisi ila menga qarshi yonib ketkan yurakingizning nafrat o’ti ehtimol endi o’cha tushkandir"¦. Ushbu hatni yozar ekan,dustligingiz bilan to’liq bulgan yurakim mudhish bir azob  ehtimolidan yafroq kabi titrar va o’zining to’lib toshgan hasratlarini,faryodlarini ifodasi birlan sizni hafa etdi"¦. Sizga ochib so’zlay,eng yaqin do’stim: go’yo manim bu maktubim sizning Ma’mur uchun hasratlik ajoblar to’kkan,o’tlik afsuslar tortqan chog’ingizda erisharda unutilg’an,eskirgan bir yurak arzini tinglay,o’qiy olmassiz va yonib turgan yurak o’tingiz  bilan kuydirarsiz"¦
Ammo maktubni o’qumasangizda va marhumingiz uchun tortqan ohingiz o’tida kuydirsangizda,manim uchun bu muhumdur.Nega deysizmi?Chunki siz manim sirdosh va yaqin  dustimsiz-yaxshiliq bilan-da men buni isbot qilishga hozirman.!
Ushal kun Yani Hayit kun yozg’an maktubim,adabsizligim,hunxo’rliklarim uchun meni kechiringiz.. Chunki men bu vaxshiylikni ishlashda ahmoq bulub edim:bu men uylagim buyincha  g’ururimni saqlanishin bunda taqozo etar edi"¦. Albatta men ishonamanki,siz manim bu aybim uchun "œminnatdorchilik" izhor etarsiz.Lekin men  bu ahmoqlikka  o’zimni sazovor hisoblayman.
Men ushal kun hamma yomon suzlar borki barin sizga jamuljam etdim. Va bu darajada razil bulgam men kuydurmoqdadur.Manim uchun  dustligim va yana inson sifatinda sizga noma bitish  juda shirin va juda kupdan beri g’oyam edi.Bugun manim bu qarorga kelishda bir inson sababchi buldi.Va bundan manim also afsus chekmaydir.
Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko’rishmak menga muyassar bulmadi.Bilinkim men also yomonlk uchun bu niyatda ushrashuv tashkillatmagandim.Bil’aks manim bu birlan siz bilan o’zimning ahvolim haqinda gaplashmoqlik qaror etib edim.Bunday bulib chiqqani uchun kaminani beozor bir kechirish bilan munavvar etarsiz deb o’ylayman.Bungacha manim hayajon va qayg’u orasinda yozg’an yo’llarimg’a balki tushunmagandirsiz,buning uchun g’azablanmay bu gunohimni sizga sodiq bir qullig’im yo’lig’a kechirursiz,agar kechirsangiz. Umrimda birinchi marta ko’ngil orzusig’a qarshi bordim.chunki mani  sizni balki yaqin dustlikni yanada mustahlamoq niyatinda erdim.Ammo men adashib edim.sizdek beozor va beg’ubor bir do’stni qadrlay olmadim.Men hohlardimki ham istardimki Yangi yilga hech qanday ginalarsiz yorug’ oy yuz ila o’tmoqlikni.Manim sizni hafalatgan va azob bergan bulsa olloh balki mani jaolzar ham.Nima bulganda Olloh Sizni o’z panohida asrasin.Bil’aks siz mening g’aflat uyqusinda yotkan ko’zimning ochilishiga sababchidirsiz.siz meni  5 farzni yana eslatib Iymon, insofa atalmish tushunchalrni yurakim solg’on bir farishtasiz.shuning sizga o’z tahmat va tashakkurlarimni yetkazmoqdaman.Ha men bosh egdim sizning oldingizda.men o’ylab kelmas erdim: er kishining boshi Onasidan boshqasin oldinda egilmaydur deb.Kamina kechiring.Balki kechirmassiz ham Ammo men Rabbim oldinda yuzim yorug’ bulishin va sizni olding’izda  aybim bulmaslikin hohlab edim.Manim Bu aybim kechirin deb  Ma’mur!

Qayd etilgan


Mas'ud  15 Yanvar 2008, 09:39:35

Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim
Mo‘ysafid nogahon ko‘zlarin yoshlar"¦
"œZamon o‘zgardimi, odamlar"¦  balkim"¦
Ne uchun beboshroq hozirgi yoshlar?

Bilmaydi, oddiy bir "œsalom" so‘zini,
Qo‘llari ko‘ksining visoliga zor.
Uyalish tark etgan chaqnoq ko‘zini,
Ma’nisiz seriallar aylayapti xor.

Kitob dunyosidan yiroqdir ular,
Navoiydan bitta satr bilmaydi"¦
Qiziqib asarlar o‘qishmas tunlar,
Nasihatga aslo quloq ilmaydi"¦   

Vaqt bekor o‘tgandan achinmaydi hech,
Aniq maqsadidan yo’qdir nishona"¦
Tushunar ekanmi bo’lganini kech,
Devorga urilgan chog’da peshona?...

Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim,
Mo’ysafid ko’zlari to’ladi yoshga
Chin dildan istaydi, imkonin topib,
Aylashni nasihat har bitta yoshga:

"œYoshsan"¦
Quvvating bor"¦
Shijoat bisyor"¦
Bilim ol!
Ilm o’rgan!
Ollohni tani!
Qalbingni pok ayla, bo’lmasin g’ubor,
Egam ham, haq yo’lda qo’llar bandani"¦

Jigarim!
Avlodim!
Ertam, indinim!
Imonni but ayla,
E’tiqodni do’st!
Millatning sha’nini boshingga qo’yib,
Shu Yurtga munosib farzand bo’lib o’s!"

Mo‘ysafid uzoqqa termular, besas"¦


dekabr, 2007

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Iyun 2008, 11:39:02

JaruleUZB, yaxshi she'r ekan... Garchi kech o'qigan bo'lsam ham...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Avgust 2008, 00:01:37

Men o’ylagan orzularga balki yetarman,
Balki yetmay armonlarning qo’lin tutarman.
Boshim olib bu dunyodan bir kun ketarman,
Lekin shu kun bugun bo’lsa, ayting netarman!

                                                       2005.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Avgust 2008, 00:19:34

Hayot nima — o’lmoqmi bu yoki tirilmoq,
Shaxmat kabi o’yinmi bu: qora hamda oq.
Yo bo’lmasa o’yin-kulgu, g’am-anduhmi bu,
Yo’q!
Hayot asli bor-yo’g’i bir siqim tuproq.

Xom sut emgan bandamizda qilmaymiz shukur,
Pul ketidan quvamiz-u topmaymiz huzur.
Savobnichi?
Ayting axir qachon qilamiz,
Dunyo axir abadiymas, g’animat umr.

                                              2006.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Avgust 2008, 00:24:18

Orzularim armon bo’lmasin desang,
Shijoat, qanoat, sabrni bilgin.
Qalbda hayot guli so’lmasin desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin.

Paymonam ko’z yoshga to’lmasin desang,
Qora kunlarda ham g’am chekma, kulgin.
Har bir ishda Olloh qo’llasin desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin.

Bu dunyoda o’ynab kulaman desang,
O’qigin, izlangin, ilmli bo’lgin.
U dunyoda Jannatiy bo’laman desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin!

                                               2006

Qayd etilgan


Mas'ud  30 Oktyabr 2008, 16:27:06

Сени ўйлаяпман...
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим...
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам.
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.

Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл...
Йўл қараб чарчаган
Нигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаяпти тин.

Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси –
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?

Битмас матонат-у
Туганмас тоқат,
Ва жиндек табассум,
Кўзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси –
Юзта илтижо.

Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
Эзгуликка тўла
Кўркам ҳаётда,
Албатта иккимиз
Бахтли бўламиз...

Соғиниб, ўртаниб,
Энтикиб ёниб,
Сени ўйлаяпман...


JaruleUZB

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 11:02:03

A.alaykum JaruleUZB

She'rlaringizni hech kitob holiga keltirganmisiz? O'zingiz haqingizda ma'lumot bersangiz hursand bo'lardik. İjodingizga baraka....

Qayd etilgan