Gulim, Sizni Yaratgan zebo qilib yaratgan,
Ham odobga andoza — a’lo qilib yaratgan.
Duolarim ijobat, niyatni ro’yob aylab,
Mazmunga zor hayotga ma’no qilib yaratgan.
Yulduzlar —sirdoshingiz, oy-chi, kichik singlingiz,
Qalbim uchun mehrga kon bo’lib ulgurdingiz.
Tong kabi oq, musaffo,shabnammisol ko’nglingiz,
Men uchun xo’b o‘zgacha dunyo qilib yaratgan"¦
Xijronlarni zabt etib, visolni boshlasin, deb,
Faqat xursandchilikdan kiprigin yoshlasin, deb,
Bir butunning qadrini xis etib yashasin, deb,
Shu paytgacha ikkimiz atay bo’lib yaratgan.
Men tomon qo’ysangiz poy, Siz tomonga yugurgan,
Charchasayam umid-la, Sizni eslab kun ko’rgan
Chap tarafda intiqib, zo’rg’a duk urib turgan
Yuragim ust qovurg’a qismin yulib yaratgan.
She’rlarimda ilhomim, qo’shig’imda torimsiz,
Yo’llarimga ko’z tikkan, yolg’iz intizorimsiz,
Ajralmasim — qadrdon, umrim bo’yi borimsiz
Taqdirimga ming shukr — baxtim bilib yaratgan"¦
(c)