Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 97395 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Shoxjahon12  03 Oktyabr 2006, 10:56:57

Biz borgan sari forumdoshlarimizning ajoyib qobiliyatlarini kashf qilib boryapmiz. Forumimizdagi ijodkorlarning she'r,hikoya,qissa,roman kabi ijod namunalaridan bu mavzu orqali o'qisak, degan umidda edik...^^

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Oktyabr 2006, 14:56:12

Juda yaxshi fikr man ham qo'shilaman :)

Bersang erta menga g’amni
Bilay sabr toqatni
Bersang menga molu davlat
Unutmayin qanoatni
Yiroq tutgin Ollohim
Shirk, zino, hiyonatdan
Bergin menga Ollohim
IYMON, INSOF, DIYONATNI!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Oktyabr 2006, 14:59:19

Juda yaxshi fikr man ham qo'shilaman :)

Bersang erta menga g’amni
Bilay sabr toqatni
Bersang menga molu davlat
Umutmayin qanoatni
Yiroq tutgin Ollohim
Shirk, zino, hiyonatdan
Bergin menga Ollohim
IYMON, INSOF, DIYONATNI!


Qoyil. Mana dastlabki ijod namunasi.^______^
Noza, ijodingizga baraka .Boshqalardan ham kutamiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Oktyabr 2006, 07:44:38

Qoyil. Mana dastlabki ijod namunasi.^______^
Noza, ijodingizga baraka .Boshqalardan ham kutamiz.

KOTTA RAHMAT. :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2006, 19:52:14

Jahl kelsa qoshimga
Bergin aql boshimga
Dardni bersang jonimga
Shukr qilay borimga!

Qayd etilgan


Nodi  16 Oktyabr 2006, 15:51:47

Dunyo asli bir karvonsaroy,
Bu rabotda talashilar joy,
Yo'llar egri, goh ququr, goh loy,
Hamma kelar, kambag'al-u boy,
O'yla, do'stim, keyin bo'lma voy...

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Oktyabr 2006, 16:06:47

Dunyo asli bir karvonsaroy,
Bu rabotda talashilar joy,
Yo'llar egri, goh ququr, goh loy,
Hamma kelar, kambag'al-u boy,
O'yla, do'stim, keyin bo'lma voy...

Juda ma'noli va chiroyli she'r!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Oktyabr 2006, 16:08:29

Dunyo asli bir karvonsaroy,
Bu rabotda talashilar joy,
Yo'llar egri, goh ququr, goh loy,
Hamma kelar, kambag'al-u boy,
O'yla, do'stim, keyin bo'lma voy...
Ajoyib...

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2006, 09:01:39

Iymon bergin Yo Rabbim
Halolla kun ko’rayin
Qiyin bo’lsa ham yo’lim
Xaromga qo’l urmayin.
O’zing asra shaytondan
To’g’ri yo’ldan yurayin
Gar so’rasang Yo Rabbim
Jonimni ham berayin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2006, 12:18:02

KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦

Qayd etilgan