Uchqo'rg'onda bo'ldik, havosiga gap yo'q!
Uchqo'rg'onga ertalabdan boshlangan safar hozirgina nihoyasiga yetdi...
Bu joylarning havosi juda toza, odamning bahri-dilini ochadigan ekan. Ayniqsa Norin daryosining tiniq suvi shunaqangi zavq berdiki, o'zimni suvga otishdan zo'rg'a tiyildim.
Yana bu yerda daryoda forel balig'i (яарскас форель) bor emish, bugun vaqt bo'lmadi totib ko'rgani. Bir kun yana qaytib kelaman shu baliq uchun, - deb qo'ydim o'zimga...