Yog'siz, shakarsiz, lekin- Shinnili, sabzili keks:)  ( 3773 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Dekabr 2012, 13:15:19

 :asl3:

Anchadan beri oylab yurgandim, kechaga nasib ekan:)

Tayyorlanishini keyinroq yozaman inshalloh:)




Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 20:02:16

Kerakli masalliqlar:

4 dona tuxum
1 stakan (200 ml) shinni (tut yoki uzum shinnisi bolaveradi)
2 dona sabzi
1 qoshiq razrıxlitel'
2 stakan un
1 stakan yong'oq (maydalangan) men yeryong'oq soldim:) (2 qoshigini ajratib qoying, keks qolibiga sepamiz chunki)
1 choy qoshigi Коричник-Cinnamómum

Tayyorlanishi:

Sabzilarni qirgichdan otkazing. 4 dona tuxumni 3-5 daqiqa kopirtiring. Sabzi, shinnini solib aralashtiring. Ketidan un, yongoq, razrıxlitel'ni soling, aralashtiring. Ohirida korichnikni soling. Butun masalliqlar aralashgandan keyin oldindan yoglangan va biroz yongoq sepilgan keks qolibingizga toking. 30 daqiqa 180 darajada, yana 30 daqiqa esa 170 darajada pishirib oling.

Bu ta'm umuman boshqacha, biroz quruq, tez uvalanadigan kek boldi, lekin uydagilarga yoqdi shukr:)

siz ham bir sinab koring, hozirdan yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan