Taxinili qatlama:)  ( 3697 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Dekabr 2012, 13:23:46

 :asl3:



Yeb ko'ruvchim- oglimga yoqdi:)



Biroz kutasizlar buniyam tayyorlanishini:)

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 20:01:38

Kerakli masalliqlar:

1 stakan sut
1/3 stakan qatiq
1/3 stakan salat yogi (kungaboqar yoki zaytun)
yarim paket ho'l xamirturush (20 gr-1 qoshiq tola) yoki quruq droja
1 qoshiq shakar
0,5 qoshiq tuz
4,5-5 stakan un (xamir yumshoq bolishi kerak, uningizni suv tortishiga qarab un soling)

Xamirni orasiga

Taxini (men xamirni 3 bolakka boldim, har bir bolakka 5 qoshiq aylantirib taxini sepdim, siz istakka qarab kam yoki kop solishingiz mumkin)

Va har bir bolak xamirga 2 qoshiq shakar sepdim, buni miqdori ham sizni istagingizga bogliq.

Tayyorlanishi:

Xamir masalliqlarimizdan yumshoqqina xamir qoramiz.
Unutmang, xamiringiz yaxshi oshishi uchun butun masalliqlar xona haroratida bolishi shart, bolmasa xamiringiz kongildagiday shishmaydi. Xamirni qorib, yana iliq joyda oshishini kutamiz, tahminan 1 soat.

Xamir oshgandan keyin yuqoridagi miqdordan qorilgan xamirni 3 bolakka bolamiz. Un sepib juda ingichka va juda qalin bolmagan shaklda yoyamiz.

Istakka qarab tahini va shakar sepib chiqamiz, xamir choziluvchan bolganligi uchun yoib bolgandan keyin qolda ham kersangiz boladi.

Tahini va shakardan keyin rulet qilib, songra o'z atrofida kulcha qilib oraymiz. Bu bolak b15 daqiqa qadar kutsin, siz bu orada qolgan 2 bolakni shu shaklda yoyib, tahini va shakarini sepib chiqing.

Tovangizni kattaligiga qarab yoying (agar juda kichkina bolsa, eng boshdan 4-5 bolakka boling) va har 2 tarafini orta olovda pishirib oling.

Tovani yoglashingiz shart emas, chunki ham xamirda, ham tahinida yog bor. Men teflon tovada pishirdim. Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan