Laylatul qadr  ( 98054 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 07:02:34

Laylat ul-Qadr tayin qilingan kunning, kishilar janjallashib qolganligi sababli, yoddan ko‘tarilganligi haqida

Uboda ibn as-Somiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadr qaysi kuni bo‘lmog‘ini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo‘lda ikki musulmonning janjallashayotganini ko‘rib, o‘shal kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo‘ladirgan kunni xabar qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, biroq yo‘lda falonchi birlan pistonchining janjallashayotganini ko‘rib, yodimdan ko‘tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to‘qqiz yokim yigirma yetti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!» - dedilar».

Qayd etilgan


Muslimaxon  15 Oktyabr 2006, 07:03:21

Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ibodat qilmoqqa qattiq
kirishmoq lozimligi haqida


Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, ahllari ila aloqa qilmoqdan uzoqlashar erdilar, kechalari uxlamas erdilar va uydagilarni ham ibodat qilmoqqa uyg‘otar erdilar»,-deydilar.

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  15 Oktyabr 2006, 07:05:45

As-salamu alaykum varahmatulloh!!!

Jazakallohu hayron va Roziyallohu ank!

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 09:00:27

Bismillahir rohmanir rohiym

Alloh robbil-olamiynga hamdu sanolar, payg‘ambarlar sayyidi — hazrati Muhammad va uning ahli bayti, sahobalari va ularga go‘zal suratda ergashgan barcha mo‘‘minlarga salotu-salomlar bo‘sin!

Ey, musulmon birodarim, Ushbu muborak oyning fayzli kunlari kamayib, barakotli kechalari tugab bormokda. Balki, safar taraddudini ko‘rib, ro‘zadorlar bilan vidolashmokchi bo‘lib turibdi.

Do‘stim, Ramazon oyining ushbu o‘tgan kecha va kunduzlari sizning amallaringizga shohid va ularni saqlab qo‘yguvchi bir sandiqdir. Ular qiyomat kuni sizing foydangizga yoki zararingizga guvoh bo‘ladilar. Alloh taolo aytadi: "Har bir jon o‘z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh kilur. Alloh bandalariga G’amxo‘r-Mehribondir". (Oli Imron: 30)

Ey birodarim, Ushbu kecha va kunduzlaringizni solih amallar, go‘zal so‘zlar bilan bezating! Ularni yomon amallar va xunuk so‘zlar bilan bulg‘atib ko‘ymang! Ulug‘ parvardigorimiz Alloh taolo sizu menga nido kilib aytadi: «Ey bandalarim! Shubhasiz bular sizlarning amallaringizdir, ularni sizlar uchun saqlab qo‘yib, to‘la qilib beraman. Kimki, yaxshilikni topsa, Allohga xamd aytsin, undan o‘zgasini topgan kishi esa, o‘zidan boshqa birovni malomat kilmasin!» (Imom Muslim rivoyat kilgan hadisi kudsiy)

Hoy Allohning bandasi! Ramazon oyi borgan sari kamayib, tugab bormoqda. Qaysi birimiz o‘zimizni hisob-kitob qildik? Qaysi birimiz, jannat eshiklari berkitilishidan avval u yerga qavat-qavat uylar bino qiloldik?.

Birodar, Ushbu oy nihoyalab bormokda, qolgan kunlarni g‘animat bilib, solih amallarga astoydil bo‘ling! Boshqa oylarning o‘rnini bosadigani bo‘lishi mumkin. Ammo Ramazon oyining o‘rnini bosadigan oy yo‘q. Siz agar ushbu oyni g‘aflat bilan befoyda o‘tkazib qo‘ysangiz, o‘zingizga zarar qilasiz, xolos. O’zingiz o‘ylab ko‘ring, ushbu oyni yana kayta kelishini orzu qilgan qancha kishilar unga yetib kela olmadilar-ku! Ajal va uning oqibati hakida o‘ylab ko‘rmadingizmi? Uning aldovi sizga ayon bo‘lmadimi?

Musulmon do‘stim, Kechagina shod hurramlik bilan Ramazon oyini kutib olgandik. Mana endi, biz g‘aflatda turgan bir paytimizda u tugab, safar taraddudini ko‘ra boshladi. Umr ham shunday, uni kanday qilib tugab qolganini sezmay qolamiz. Oxiratmiz uchun nima narsa takdim eta olganimiz haqida ham bir o‘ylab qo‘yaylik!

Aziz do‘stim, G’aflat uyqusini bas qilaylik. Bu muborak oyning ko‘pini g‘aflat bilan o‘tkazib yubordik, uning oxirgi o‘n kunigina qoldi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunga qanday e’tibor berganlar?

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Ramazonning avvalgi ikki o‘n kunligi ya’ni, yigirma kunida namoz ham o‘qir, uxlar ham edilar. Oxirgi o‘n kunlik kirgach esa, ayollardan yiroq bo‘lib, yeng shimarib jiddi-jahd qilar va oila a’zolarini ham uyg‘otar edilar.

Imom Ahmad "Musnad"da Oisha onamiz roziyallohu anhoning hadislarini rivoyat qiladilar. Oisha onamiz aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam yigirma kunda namoz va uyquni aralash qilardilar (ya’ni, kechalarning bir qismida uxlar, bir qismida bedor bo‘lardilar). O’n kunda (ya’ni, oxirgi o‘n kunda) esa, ayollardan yiroq bo‘lib, yeng shimarib ibodatga jiddi-jahd kilardilar».

Hurmatli birodar, Ehtimol bu — ro‘zasini tutishga muvaffaq bo‘lingan oxirgi Ramazonimizdir. Kelgusi Ramazonga yana yetib boraman deb qaysi birimiz ayta olamiz. Shunday ekan ushbu muborak kunlarni g‘animat bilib, qattiq ijtihod kilib, Alloh taolo ato etgan ne’mat — tansihat-xotirjamlikdan unumli foydalanib muzoaf-muzoaf ajru savoblarga erishib olaylik.

Ushbu fazilatli kechalarning qadriga yetmay, g‘aflatda o‘tkazayotgan kishilardan ajablanasan kishi. Undaylar ko‘p xayrli ishlarga beparvo bo‘lgan, ushbu oyning fayzi-futuhotidan mahrum bo‘lgan, tom ma’nodagi ziyonkor shaxslardir.

Aziz birodar, Ramazon oyining yigirma kuni xam o‘tib ketdi. U kunlarni beparvo bo‘lmay, ibodatda mashg‘ul bo‘lib o‘tkazgan bo‘lsangiz nur ustiga nur. Aks holda, Ramazon oyining barcha fazilatidan mahrum bo‘lib qolmaslik uchun qolgan o‘n kunni g‘animat bilib, himmat kamarini belga bog‘lab ibodatga kirishing! Ushbu o‘n kunni kanday kilib o‘tkazishda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan namuna oling!

Oisha onamizdan rivoyat qilingan sahih hadisda aytadilar: "Rosululloh sallollohu alayhi va sallam (oxirgi) o‘n kunlik kirsa, bellarini bog‘lar (ya’ni, ayollardan yiroq bo‘lar), kechani bedor o‘tkazar va ahllarini uyg‘otar edilar". Buxoriy rivoyati.

Muslimning rivoyatida esa, Oisha onamiz aytadilar: "Rosululloh sollallohu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunlikda boshqasida qilmagan jiddi-jahdni qilardilar".

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Fotima va Aliy roziyallohu anhumolarning eshiklarini qoqib, "Namoz o‘qimayapsizlarmi...?",— der edilar. Buxoriy va Ahmad rivoyatlari.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam xotinlarining uylariga yuzlanib turib, buyurgan hollarida: "Xonadon sohibalarini uyg‘otinglar, bu dunyoda liboslik bo‘lgan ko‘p kishilar borki qiyomat kuni yalong‘ochdirlar", — derdilar. Buxoriy rivoyatlari.

Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Aliy roziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida o‘z ahllarini va namozga toqati yetadigan  barcha katta va kichikni uyg‘otar edilar».

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning oxirgi o‘n kundagi holatlari mana shulardir. Avvalin va oxirin gunohlari mag‘firat qilingan zotki, shu qadar ibodatga mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, biz kabi gunoh botqog‘iga botganlar nima uchun beparvomiz? Nega bunday!? Alloh taolo bizlarni ham yaxshilikka muvaffaq aylasin!

Aziz birodarim, Ogoh bo‘lingki, mana shu fayzli kechalar ichida ulug‘ bir kecha bor. U "Kadr kechasi"dir. U kecha haqida muttafaqun alayh hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "Kimki, "Qadr kechasi" iymon bilan, (Allohdan) savob umid qilgan holda qoyim bo‘lsa (uxlamay ibodatga mashg‘ul bo‘lsa) uning o‘tgan gunohlari mag‘firat kilinadi".

Qadr kechasining oxirgi o‘n kunlikda ekanligi ta’kidlangan. Oisha onamiz rivoyat kilgan sahih hadisda Nabiy alayhissalatu vassalam aytadilar: "Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kunidan izlanglar". Buxoriyning rivoyatlarida esa: "Ramazonning oxirgi o‘n kunning toq kechalarida". (deyilgan) Bu borada juda ko‘p hadislar vorid bo‘lgan.

Do‘stim, Mana shu oxirgi o‘n kunlikda dunyo mashg‘ulotlaridan uzilib, e’tikof o‘tirish ham Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan. Sahihaynda rivoyat kilingan hadisda Oisha onamiz aytadilar: "Payg‘ammar  alayhissolatu vassalam Alloh u zotni vafot toptirgunga qadar har Ramazonning oxirgi o‘n kunida e’tikof o‘tirganlar".

Qimmatli birodar, sizu bizga Rosulullohda chiroyli namuna bor. Alloh taolo barchamizni payg‘ambarimizning izlaridan yurishga muvaffaq aylasin! Omiyn.

Abu Muhammad ibn Siroj 

Qayd etilgan


watson  18 Oktyabr 2006, 02:41:16

qadr ke4asi qaysi duolarni kuproq qilgani maqulroq????
olloh rozi bulsin

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Oktyabr 2006, 05:14:12

qadr ke4asi qaysi duolarni kuproq qilgani maqulroq????
olloh rozi bulsin

Yuqoridagi maqolalarni o'qib chiqing.

Qayd etilgan


Tilla  21 Dekabr 2006, 16:18:01

Laylatul qadr kechasida Jabroil a.s ,Alloh ta'olo  amri bilan ;
" Yo farishtalar jamoati,arraxil-arraxil", - deb nido qilurlar.
Farishtalar; "Yo Jabroil qaerga boraylik?" deb aytadilar .
Jabroil a.s shunday javob beradilar; "Bu kechaning 1 qismida dunyoga nazul qilamiz, chunki bu kechada Alloh subxonahu va ta'olo  Muhammad s.a.v ning ummatlariga raxmat nazari bilan qarab,4 guruhdan boshqa barchaning o'tmishidagi gunohlarini mag'firat etgusidur".Farishtalar; "U 4 guruh kimlar?",-deb so'radilar.
Jabroil a.s dedilar;
1. Sharob xo'rlar  (aroqxorlar-alqashlar)
2. Ota-onasiga oq bo'lganlar.
3. Raxm,Mexr-shavqatni tark etganlar
4. Musulmonga nisbatan ko'ngilda 3 kundan ortiq kina-adovat saqlaganlar"nn



Qayd etilgan


Robiya  26 Sentyabr 2008, 13:15:05

Assalamu alaykum aziz birodarlar!
Bu yil ham Qadr kechasiga sog'-salomat yetkizganiga Allohga shukr. Alloh qilayotgan ibodatlarimizda erinchoqlik qilishdan saqlasin, farzlarni mukammal ado etishlikni nasib aylasin. Payg'ambarimiz SAV sunnatlari ila hayot kechiraylik.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 22:18:30

Ollohga shukrlar bo'lsinkim bu yil ham sog'-salomat Laylatul Qadr kechasiga yetib keldik. Rabbim bu kecha butun qilgan duolarimizni qabul etsin.
Bu kechaning hususiyatlarini sanaydigan bo'lsak:

Qur'oni Karim bu kechada nozil bo'la boshlagandir.
Bu kecha ming oydan ham hayrli bo'lgan kechadir. Ming oy-83 yillik umrga teng bo'lib, bir Musulmon Ramazon oyining 26 kechasini 27 kunga bog'lagan kechani Ollohning qatida haqqi bilan o'tkazsa 83 yilda qozona olmagan savobini bir kechada qozonishi mumkin ekan.
Bu kecha yer yuziga Jabroyil (A.S) va butun malaklar tushishar ekan. Musulmonlar Ka'bani qanday tavof etganiday, malaklar ham u kecha Musulmonlarning atrofida aylanar ekanlar. 
Bu kecha faqatgina Payg'ambarimiz (S.A.V)ning  Ummatiga berilgan qutlug' kechalardan ekan.
Agar bu kechaning ulug'ligiga ishonib ertalabgacha duo qilsak, Rabbim butun gunohlarimizni affedar ekan.
Qadr kechasi-Qadar (taqdir) kechasidir, Qadr kechasi-Qur'on kechasidir.

Payg'ambarimiz (S.A.V) Qadr kechasini Ramazonning so'ng 10 kunida qidiring, degan ekanlar, İslom olimlari ham bu kechaning 26dan 27 kunga o'tadigan kechaga to'g'ri kelishi haqida hamfikr bo'lganlari uchun bizlar ham bu kechani toat-ibodatda o'tkazib, ertasi kunga yangi tug'ilgan bolalarday gunohsiz bo'lishni payida bo'laylik azizlar. Barchangizga Qadr kechasi hayirli bo'lsin.


Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 22:23:11


Qayd etilgan