Assalamu alaykum.
Bugun ishxonada hamma uyqisiragan, esnagan...
Sababi bitta! Alloh O'ziga umid bilan duoga qo'l ochib,
Mag'firat so'raganlarni mag'firat qilsin.
Bir maruzada eshitgandim,
Ummatim, Ummatim deya, ummat uchun qayg'urgan Habibimiz
"Yo Rabbim nega meni ummatimga boshqa payg'ambarlarning zamondoshlariga berganing kabi uzoq umr bermading, deya so'raganlarida. Kursisi yeru -osmonlardan ziyoda katta bo'lgan Zot Rabbil A'lamin shunday deb marhamat qilgan ekan:" Ey, Muhammad sening ummatingga Qadr kechasini tushirdim. Bu kechadagi ibodatning misli ularning butun umr qilgan ibodatlaridan fazilatliroqdir."
Mana shu kechani g'animat bilganlardan Alloh rozi bo'lsin, duolarini ijobatini bersin, inshaAlloh Qiyomatda o'ng tomon ahli ichinda yuzlashtirsin, amin.