Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Zayd ibn Amr ibn Nufayl (johiliyat davrida yashab, Islomdan burun vafot qilgan bo‘lib, bir kuni) ko‘ngliga to‘g‘ri keladigan biror din to‘g‘risida surishtirib bilmoq va unga kirmoq niyatida Shom tarafga yo‘l oldi. Yo‘lda bir yahudiy (din) olimiga duch kelib, ularning dini xususida surishtirdi. Shunda Zayd unga: «Ehtimol, men sizlarning diningizga kirarman, menga dining to‘g‘risida so‘zlab ber», - dedi. Yahudiy: «Toki Ollohning g‘azabidan o‘z nasibangni olmas erkansan bizningdinimizda bo‘la olmassan (Yani, bizning dinimiz Ollohning g‘azabiga duchor bo‘lganlar dini)» - dedi. Zayd: «Men faqat (aynan) Olloh taoloning g‘azabndan qochurman hamda Olloh taoloning g‘azabidan zarrachasini to abad zimmamga olmasman, men shunga qodirdurman. Menga, bundan boshqa biror din xususida aytib berolmaysanmi?» - dedi. Yahudiy: «Shunday bir din borki, men o‘shanigina haqiqiy din deb bilurman», — dedi. Zayd: «U qanday din?» - dedi. Yahudiy: «Budin Ibrohimning dini bo‘lib, Ibrohim na yag‘udiy va na nasroniy bo‘lgan, u faqat Ollohgagina ibodat qilgandur», — dedi. Keyin, Zayd yana yo‘lda davom etib bir nasroniy (din) olimiga yo‘liqdi, unga ham yahudiyga aytgan gaplarini aytdi. Shunda nasroniy: «Toki Ollohning lanatidan o‘z nasibangni olmas erkansan, bizning dinimizda bo‘la olmassan (ya’ni, bizning dinimiz Ollohning la’natiga duchor bo‘lganlar dini)», — dedi. Zayd: «Men faqat (aynan) Olloh taoloning la’natidan qochurman hamda Olloh taoloning la’natidan ham, g‘azabidan ham zarrachasini to abad zimmamga olmasman, men shunga qodirdurman. Menga bundan boshqa biror din xususida aytib berolmaysanmi?» - dedi. Nasroniy: «Shunday bir din borki, men faqat o‘shanigina, haqiqiy din deb bilurman», — dedi. Zayd: «U qanday din» - dedi. Nasroniy: «Bu din Ibrohimning dini bo‘lib, Ibrohim na yahudiy va na nasroniy bo‘lgan, u faqat Ollohgagina ibodat qilgandur», — dedi. Zayd yahudiy birlan nasroniyning gaplaridan Ibrohim alayhissalomning dinlari o‘zi istagan din ekanligini tushunib, ortiga qaytdi-da, (Baytulloh) ko‘ringach, ikki qo‘lini ko‘tarib: «Yo parvardigoro, darhaqiqat men Ibrohim diniga kirdim, deb senga shahodat keltirurman!» — dedi».