" Shokoladlik pahlava " New retcept  ( 9850 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Хадича  15 Dekabr 2012, 19:33:02



     

Assalomu alaykum.

Bu retseptli pahlava shu paytgacha o'rgangan pishiriqlarim ichida eng eng ma'qul kelgani,eng mazalisi. Tayyorlab ko'rib bunga o'zingiz amin bo'lasiz. Eng nozikta'b mehmonga ham ma'qul tushadi. :)


        Masalliqlar:

 Hamiri : 
   6 ta tuxum sarig'i
  2 ta margarin (yoki 400 gramm saryog' )
  3,5 stakan un
  0,5 stakan suv
   yarim pachka razrixritel

   Belkoviy massa :
    6 ta tuxum oqi
    2 stakan shakar
    0,5 stakan yong'oq.
    1 ta plitka shokolad
     50  gramm kakao


    Krem:
    1 banka varyonniy moloko ( yoki oddiy sgushonka molokoni 2-3 soat qozonga suv solib,ustini yopib qaynating )
   1 ta oq va 1 ta qora shokolad ( shart emas,man solmiman kremiga shokolad.shundoq ham mazali bo'ladi )
300 gr saryog'.

   orasiga sepishga 1 stakan tozalangan yong'oq


    Boshladik:

Eng avval muzxonada muzlatilgan 2 ta margarinni olib tog'orachaga qirg'ichdan chiqarib olamiz. Muzlagan bo'lsa oson qirg'ichdan chiqadi. 0,5 stakan un bilan qo'lda nomiga uqalab olamiz. Ustidan razrixritel, 6ta tuxum sarig'ini solib,unning qolgan qismini solamiz, yarim piyola suvni ham solib hamir tayyorlab olamiz. Hamir u qadar qattiq va qo'lga yopishadigan bo'lmasin. Silliq bo'lishi kerak suv solingan hisobiga.

So'ng hamirni 3ta bo'lakka bo'lamiz. Katta, o'rtacha,kichkina. Ustini yopib qo'yamiz.

Kichkina zuvalani olib,qurtdek zuvalalarga bo'lib stolga qo'yib,har birini ustiga qo'lingiz bilan bosib pachoqlab chiqasiz. Listga terib usti qizarguncha pishirib olamiz.

Belkoviy kremni tayyorlaymiz.
Tuxum oqini toza,quruq tog'orachaga solib smivalka (venchik ham deyishadimi ) bilan asta ko'pirtirishni boshlaymiz oz ozdan shakar solib. Hohlaganlar mikserda ko'pirtirsa ham bo'ladi,manga qolsa smivalka yaxshiroq. Ko'pirtirib bo'lib, yarim stakan yong'oqni solamiz. Kakaoni , shokoladni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Qoshiqda pastdan tepaga qarab nomiga aralashtiramiz, kakao rangi aralashishi uchun
Belkoviy massa tayyor.


 Listga boyagi katta hamirni yoyamiz, Listdan 2 sm orttirib. Ustiga belkoviy massani yarmini solib,tekislab chiqamiz. Yong'oq, shokolad qirindisi sepamiz. Eng birinchi pachoqlab pishirib olgan hamirlarimizni ustidan terib chiqamiz. Ustidan yana belkoviy massani qolgan yarmini solib,yong'oq,shokolad qirindisi sepamiz. O'rtancha xamirni yoyib ustidan yopib,listdan orttirilgan hamirni tepaga ko'tarib yonlarini yopib chiqamiz. Ustini romb shaklida kesib chiqamiz ichidagi belkoviy massani yaxshi pishishi uchun.
Qizib turgan duhofkada  o'rta olovda 45 minut pishiramiz.

Pishguncha kremni tayyorlaymiz.
Xona haroratida erigan saryog'ni tog'orachaga solib mikserda 20 minut aralashtiramiz.oz ozdan varyonniy moloko solib aralashtiramiz mikserda. Holodilnikka qo'yiladi.

 Pahlava pishgach, sovutib olamiz. Issiqligida ustidan krem surtsak, krem erib ketadi. Shunchun sovushi kerak.
Krem surtib ustidan glazur, yoki qirg'ichdan chiqarilgan oq va qora shokolad sepib ta'bingizga ko'ra bezatasiz. :)


Muncha ko'p plitka shokolad ishlatilarkan,deb havotirlanmang. Man o'zi 1 ta plitka ishlataman. Yarmini belkoviy massaga solib aralashtiraman. Yarmi ustiga sepib bezatishga. Chorsu bozorda 1500 so'mlik konditerskiy plitka bor. Shundan olish mumkin. Rossiyskiy shokolad olib o'zingizni qiynamang. Boshida ozgina vaqtingizni oladi-yu,keyin o'ranib ketib 1 yarim soatda pishirib tashlaydigan bo'lasiz InshaAlloh. Yong'oqni ayamang.yong'oq bilan mazali aslida.
Tayyorlash jarayonida ba'zi ishlar tushunarsiz bo'lsa rasmga olib joylayman. Ko'rgan yaxshi baribir.
Lekin juda juda mazali pishiriq bu :)

Qayd etilgan


_IYMONA_  15 Dekabr 2012, 21:41:09

Malades!!!   : ) Ko'rinishi chiroyli chiqipti, mazasini esa pishirib ko'rganlar aytadi  :13

Qayd etilgan