Zebra pirogi))  ( 16418 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


BilmasOY  19 Dekabr 2012, 09:50:39





Masalliqlar:
margarin - 100gr
shakar - 150gr
tuxum - 4ta
smetana (uyda smetana yo'qligi uchun men yog'li qatiq ishlatdim) 100gr
kabartma tozu(men soda soldim)  yarim qoshiqcha
kakao - 2 osh qoshiq
un - 1stakan
vanilin - 1paket


Boshladik:
Eng avval duxovkani 180 gradusga qizdiramiz.
Xona haroratida eritilgan margaringa shakar va vanilinni qo'shib yaxshilab aralashtiramiz.(mikserda bo'lmasayam bo'ladi, men vzbivalkada qildim)
Tuxumlarni alohida-alohida solib har birini solgandan keyin aralashtirib turamiz.
 Qatiqqa sodani solib ko'pirganidan keyin uni ham qo'shamiz. (Agar smetana solsangiz sodani o'rniga kabatma ishlataverasiz, unga aralashtirib)
Endi unni solib suyuq massa holiga keltiramiz.
 Tayyor xamirimizni ikki qismga bo'lib olamiz-da, bir qismiga kakaoni solib aralashtirib olamiz.
 Yog'langan qolipning o'rtasiga bir qoshiq oq, bir qoshiq qora xamirdan ketma-ket massamiz tugaguncha solaveramiz. O'rta olovda 30 minutlarda pishadi.
Pishib chiqqandan keyin ustini xohishga qarab bezatamiz.

Yoqimli ishtaha:))

Qayd etilgan