Qishlari ichimizni isitadigan shifobahsh ichimlik "Salep"  ( 3643 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2012, 16:02:54

 :asl3:

"Salep" so'zi Arabcha "Sahlab"dan olingan bolib, orxideya guli oilasiga mansub bazi gullarning tomirlaridan olingan moddadan tayyorlanar ekan.

Foydalari:

Ko'krak qismini yumshatadi;
Yo'tal, bronxitga qarshi kurashadi;
Ich qotishini oldini oladi;
Zehningizni ochadi;
Yurakka quvvat beradi;
Tananing isishida yordam beradi vhk:)


Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2012, 16:03:13

O'tgan yillarda tayyor qutichalarda olib, faqat qaynagan sutga solib ichardik Salepni. Bu yil ozimiz salep (original) sotib olib ichaylik, dedim va sofini narxini sorab, hayron qoldim:) chunki sof salepni narxi 1kg- 80 dollar atrofida edi:) Nimaga unda qutichalardagi arzon boladi, desam sotuvchi ularda kraxmal miqdori kopligini aytdi...Xullas arzonrogidan, ularni ham har xili bor ekan:) sotib oldik.

Men 3 kishiga tayyorladim:

3 stakan (600 ml) sut
1 qoshiq salep
3 qoshiq shakar
ustiga ezilgan dolchin, istakka qarab

Salep bilan shakarni aralashtirdim, sutga solib, qaynagandan keyin 15 daqiqa aralashtirib turdim...ustiga dolchinni sepdim...

Ishoning buni mazasi tayyor qutilardagidan umuman farq qilardi...osonlikcha sovumaydi, shuning uchun ham qishlari ichiladi:)

Agar siz ham Salep kukuni va hech bolmasa tayyor qutilardagidan topsangiz, albatta iching:)

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan