Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483625 marta o'qilgan) Chop etish



Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:37:33

27-bob. Xonaki eshaklar go‘shti haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni xonaki zshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar»

Hazrat Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam Xaybar g‘azoti kuni muvaqqat (siyg‘a) nikohni bekor qilib, xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshaklar go‘shtini yemokdan qaytarib, ot go‘shtini yemoqqa ruxsat berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:37:45

Ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini harom, deb aytdilar».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoziq tishli barcha hayvonlar (sher, bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, fil, maymun va boshqalar) go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga bir kishi kelib: «Eshak go‘shti yedim»,— dedi, keyin yana bir kishi kelib: «Eshakni halok qildim (so‘ydim)»,— dedi. Shunda ul zot jarchiga buyurdilar, u odamlarga: «Darhaqiqat, Olloh taolo va uning rasuli sizlarni xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytarur, chunki eshak go‘shti iflosdur!» — deb e’lon qildi. Keyin, ichida eshak go‘shti qaynab turgan qozonlar ag‘darib tashlandi».

Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Amr bunday dedi: «Men Jobir ibn Zaydga: «Odamlarning ta’kidlashicha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytargan emishlar»,— deb aytdim. Jobir: «Hakam ibn Amr Basrada bizga shunday deb yurgan erdi, ammo bu gapni Bahr ibn Abbos tasdiqlamadi-da, «Menga nozil qilingan vahiyda ta’qiq topmadim, deb aytgil!» deb qiroat qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:37:57

28- bob. Qoziq tishli barcha hayvonlar go‘shtini yemaslik lozimligi haqida

Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday qoziq tishli hayvon go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:38:57

29-bob. O’limtik (harom o‘lgan) hayvonlar terisi xususida

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan qo‘y yonidan o‘tib ketayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» — dedilar. «U harom o‘lgan-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uning go‘shtini yemoqlik harom qilin-gan!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan echki yonidan o‘tib ketayotib: «Buning egalariga ne bo‘lgan o‘zi, terisidan foydalanishsa, bo‘lmaydimi?!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:39:21

30-bob. Mushk haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yo‘lida jarohatlangan kishi qiyomat kuni jarohatidan qon oqib turgan holda (mahsharga) keladi. Rangi — qon rangi, hidi — mushk hidi bo‘ladir!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Solih suhbatdosh birlan yomon suhbatdosh mushk tashuvchi kishi birlan o‘tda toblanayotgan temirga dam uruvchi kishiga o‘xshaydi. Mushk tashuvchi yo o‘zi senga mushkidan tuhfa qiladi yoki sen o‘zing uning mushkidan xarid qilasan yohud undan kelayotgan mushk hididan bahra olasan, temirga dam uruvchi kishi ersa yo kiyimingni kuydiradi yoki sen undan kelayotgan qo‘lansa hidni hidlaysan!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:40:03

31-bob. Quyon haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Qavm uni quva-quva charchadi. Keyin, men uni tutib Abu Talhaning oldiga olib bordim. Ul kishi uni so‘yib, ikki qo‘lini (yoki ikki sonini) Janob Rasulullohga yuborib erdi, oldilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:40:58

32-bob. Kaltakesak haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kaltakesak haqida: «Men uni yemayman ham, harom demayman ham!» — dedilar».

Abdulloh; ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid Janob Rasululloh birlan birga Maymunaning uyiga kirdi. Shunda ul zotning oldilariga qovurilgan kaltakesaklarni keltirib qo‘yishdi. Ul zot yeyman deb qo‘l uzatganlarida xotinlardan biri. «Nimani yemoqchi bo‘lganlarini ul zotga aytingizlar!» — dedi. Xotinlar: «Bu kaltakesakdur, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini tortdilar. Xolid bunday deydilar: «Men: «Kaltakesak harommi yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Yo‘q, lekin yer yuzida kaltakesakdan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim yo‘qdur, men ham undan jirkanaman!» — dedilar. Keyin, men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesakdan olib chaynab-chaynab yedim».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:41:12

33-bob. Quyuq (qotgan) yoqqa sichqon tushib qolsa?

Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yoqqa sichqon tushib o‘lib qoldi. Keyin, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘raldi. Ul zot: «Sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaveringizlar!» — dedilar».

Yunus raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qotgan yoki quyuq yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqon va boshqa jonivorlar xususida suhbatlashildi. Shunda Zuhriy bunday deb aytdi. «Bizga xabar qilishdiki, Janob Rasululloh yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaverish mumkinligini aytibdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:41:36

34-bob. Molning yuziga tamg‘a bosmoqlik va belgi qo‘ymoqlik xususida

Ibn Umar molning yuziga belgi qo‘ymoqlikni rad etib: «Janob Rasululloh molning yuziga tamga bosmoqdan qaytarganlar»,— deydilar.

Xanzala: «Molning yuziga tamga bosiladi»,—deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ukam birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, ukamning tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ysinlar, degan erdim. Qarasam, ul zot o‘z qo‘ralarida bir qo‘yni tamg‘alayotirlar». Xishom ibn Zayd: «Menimcha, Anas: «Qo‘yning quloqlarini tamg‘alayotirlar» —deb aytgandi»,— deydilar (demak, molning yuzidan bo‘lak yeriga tamg‘a bosish yoki belgi qo‘yish mumkin).

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:42:30

35-bob. (Chorvani) qavm o‘lja olgan bo‘lsa-yu, qavmning ba’zi kishilari o‘rtoqlarining buyrug‘isiz biror qo‘yni yoki tuyani so‘ysa, yeyilmaydi!

Tovus va Ikrima o‘gri so‘ygan jonlig haqida: «Uni tashlab (otib) yuboringizlar!» — deydilar.

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, ammo pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning ismi zikr qilinib qoni oqizilgan jonlig‘ni yeyaveringizlar, suyak va tirnoq (birlan qon oqizilgan) bo‘lmasa, bo‘ldi! Habash tilida «sinn» — «suyak» va «zufr» — «pichoq»dur»,— dedilar. Keyin, odamlar oldinga ilgarilab ketishdi-da, bir necha qo‘yni so‘yib qozonlarga solishdi. Janob Rasululloh odamlarning ortida kelayotgan erdilar, ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar. So‘ng, ularga o‘nta qo‘y va o‘nta qo‘y hisobida bitta tuya taqsim qildilar. Shunda boyagi tuya qochib ketdi. Quvib yetishga ot bo‘lmagani uchun bir kishi nayza otib uni o‘ldirdi. Janob Rasululloh: «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, ulardan qaysi biri sizga shu qiliqni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan